Sinf 9-a 9-b 9-V



Download 2,74 Mb.
bet82/116
Sana29.01.2022
Hajmi2,74 Mb.
#417421
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116
Bog'liq
9 sinf uzb kons 1 28 ta mavzu 9 yo

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:. Bo’lim yuzasidan savollar beriladi .

  1. Qozi va biy sudlarining saylanishi qanday tartibda kechgan?

  2. 1892-yildan boshlab 1916-yilga qadar Turkiston qanday holatida bo‘ldi.

III.Yangi mavzu bayoni:
Reja:

  1. Mustamlaka tartibotining kuchaytirilishi

  2. Iqtisodiyotning mustamlaka manfaatlariga bo‘ysundirilishi

Turkiston o‘lkasida mustamlaka tartiboti harbiy kuch va keng tarmoqlangan politsiya tizimiga asoslangan edi. Bu vaqtgacha mustamlakachilik urushlari olib borish uchun saqlab turilgan harbiy qismlardan endi podsho ma’muriyati tomonidan o‘rnatilgan mustamlaka tartiblarini himoya qilish quroli sifatida foydalanadigan bo‘ldi.O‘rta Osiyoga temiryo‘llarning o‘tkazilishi Rossiya iqtisodiyoti uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga harbiy-strategik maqsadlarni ham ko‘zlab qurilgan edi. Harbiy qo‘shinlar va qurol-aslahalarni Krasnovodskdan Qizilarvatga qadar Kavkazdan O‘rta Osiyoga tashish uchun temiryo‘l qurildi. So‘ngra temiryo‘l qurilishi Ashxobodgacha davom ettirildi. 1888-yili Samarqandga dastlabki poyezd keldi, 1899-yilda esa temiryo‘l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazildi.Rossiya harbiy qurolli kuchlarining asosiy bazalari Kavkazda joylashgan bo‘lib, u yerdan Kaspiy den gizi orqali kemada tez kechib o‘tish mumkin edi. Krasnovodskdan esa temiryo‘l bilan Samarqand, Toshkent va Andijonga yetib kelish oson bo‘ldi. Endi harbiy qismlarni Krasnovodskdan Andijongacha bo‘lgan 3 ming kilometrdan ziyod masofaga ko‘chirish muammo bo‘lmay qoldi.Turkistonda paxta ekini keng tarqa lishi va Rossiya kapitali joriy etilishi bi lan XX asr boshlarida temiryo‘llarning nafaqat harbiy, balki iqtisodiy aha miyati ham ko‘tarildi. 1905-yilda Orenburgdan Toshkentga qadar temiryo‘l qurib kelindi.


XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tomo nidan bosib olingan O‘rta Osiyo hududlarida
yashovchi xalqlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayo tida keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Shu bilan birga o‘lka iqtisodiyoti imperiya manfaatlariga to‘liq bo‘ysundirildi. Bu davrda o‘lkaga Rossiya kapitali, Yevropa mahsulotlari va yangi ishlab chiqarish texnologiyalarining kirib kelishi kengaydi. Ko‘plab bank va sanoat bo‘limlari ish boshladi.Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar imperiyaning o‘lkadagi manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ya’ni bir tomonlama olib borildi. Paxtani faqat tozalash va yog‘ ishlab chiqarish sohasigina yo‘lga qo‘yilib, paxta xomashyosidan tayyor mahsulot tayyorlash imperiyaning markaziy gubernalarida bajarilgan. O‘lkadan olingan boshqa xomashyolar, jumladan, jun va teriga ishlov berish ham shunday tarzda bo‘lgan.1867–1900-yillarda Turkiston general-guber natorligida ishga tushirilgan 175 ta sanoat korxonasi bo‘lib, ularning ak sa riyat ishlari qo‘l mehnati bilan bajarilgan. Mahalliy sanoat ishchilari xonavayron bo‘lgan dehqonlar yoki ishsiz qolgan hu nar mandlar hisobidan ortib borar edi. Korxonalarda ish kuni 16 soat bo‘lib, ishchilarning huquqini himoya qiladigan tashkilotlar bo‘lmagan, ish chilar shikoyat bilan hech kimga mu rojaat qila olmaganlar. Chorvachilikda yaylovlar uchunfoydalani ladigan yer larning paxta may - donlariga ay lan tirilishi, chorvachilikning va chorva mahsu lotlarining kamayishiga olib keldi. Bu hol, ayniqsa, Farg‘ona vodiysida yaqqol sezilib, bu yerga g‘alla va chorva mahsulotlari chetdan olib kelina boshlandi. G‘alla, chorva mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ularning narxlarini keskin oshi rib yubordi. Farg‘ona, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari paxta yetishtiriladigan eng muhim markazlar bo‘lgan. 1884-yilda Turkintonda yangi paxta navi (Ame rika navi) yetishtirila boshlandi. Bu nav mahalliy navlarga qaraganda ancha yuqori hosil berar edi.Podsho hukumati paxta maydon larining kengayishi va hosilning yaxshi bo‘lishi O‘rta Osiyo mintaqasida suv bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun irri gatsiya tarmoqlarini kengaytirishga harakat qilgan. 1911-yilda Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari boshlandi va 1913-yilga kelib tugallandi. Biroq Toshkent vohasi, Samarqand viloyati va Farg‘ona vodiysida sug‘orish sohasi bo‘yicha ishlarning ko‘pi bajarilmay qolib ketdi.Mustamlakachi hukumat uchun paxta o‘lkada neft va oltindan keyingi o‘rinda turuvchi yuqori daromadli sohaga aylandi.




Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish