Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
1. Eng sodda ko’pburchak
A) uchburchak B) kesma C) chiziq deyiladi
2. Qaysi tasdiq noto’g’ri?
A) Teng tomonli uchburchak burchaklari teng
B) Teng yonli uchburchak burchaklari teng
C) To’g’ri burchakli uchburchak to’g’ri burchagi 900 ga teng
3. Qaysi tasdiq to’g’ri?
A) Ko’pburchak tomonlarining soni uning burchaklari soniga teng emas.
B) Siniq chiziq tomonlari uzunliklari yig’indisi uning perimetri deyiladi
C) Siniq chiziqni tashkil qilgan kesmalar uning uchlari deyiladi
4. Katet va gipotenuza tushunchalari qaysi uchburchakka tegishli?
A) teng yonli B) teng tomonli C) to’g’ri burchakli
D) o’tmas burchakli uchburchak
5. Teng yonli uchburchak to’g’ri burchakli ham bo’lishi mumkinmi?
A) ha B) yo’q C) aniqlab bo’lmaydi
6. Ixtiyoriy uchburchakning nechta asosi bor?
A) 2 B) 3 C) 4
7. Teng yonli uchburchakning nechta asosi bor?
A) 2 B) 3 C) 4
8. Uchburchak uchidan uning asosi yotgan to’g’ri chiziqqa tushurilgan perpendikulyar kesma uchburchakning
A) kateti B) gipotenuzasi C) balandligi deb ataladi
9. Uchburchakning balandligi
A) faqat ichki B) faqat tashqi C) ichki va tashqi bo’lishi mumkin
10. Uchburchakning balandliklari soni nechta?
A) 1 B) 2 C) 3
11. Uchburchakning uchi bilan unga qarshu tomon o’rtasini tutashtiruvchi kesma uchburchakning
A) asosi B) kateti C) medianasi deyiladi
12. Qaysi uchburchakning balandligi medianasi va bissektrisasi ustma-ust tushadi?
A) teng yonli B) to’g’ri burchakli C) teng tomonli
13. Uchburchakning medianasi uning
A) burchagini B) tomonini C) uchini teng ikkiga bo’ladi
14. Uchburchakning bissektrisasi uning
A) burchagini B) tomonini C) uchini teng ikkiga bo’ladi
15. Yopiq siniq chiziqda kesmalarning soni eng kamida nechta bo’lishi mumkin?
A) 2 B) 3 C) 4
5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |