1-masala. Berilgan α = B burchakka teng B1 burchakni yasang.
Yasash. Sirkul yordamida markazi B va B1 nuqtalarda bo’lgan AB radiusli yoy chizamiz (276-rasm). Yoy α burchak tomonlarini A va C nuqtalarda kessa, boshi B1 nuqtada bo’lgan nurni C1 nuqtada kesadi. So’ngra markazi C1 nuqtada bo’lgan AC radiusli yoy chizamiz va ABC =A1B1C1 ni hosil qilamiz chunki ABC =A1B1C1 (uchburchaklar tengligining uchinchi alomatiga ko’ra).
Bu uchburchaklarning tengligidan ABC = A1B1C1 = α ekanligi ma’lum. Natijada transportirdan foydalanmasdan, sirkul va chiz’gich bilan kattaligi berilgan burchakka teng bo’lgan burchak yasaldi.
2-masala. Ikki tomoni va ular orasidagi burchagi bo’yicha uchburchak yasang.
Yasash. Dastlab berilgan burchakni yasab, so’ngra uning tomonlariga ma’lum kesmalarni qo’yiladi. So’ngra so’ralgan uchburchakning qolgan uchlari topiladi (277-rasm).
574. Tomonlarining uzunligi: 1) 10 sm, 4 sm va 7 sm; 2) 0,5 dm, 1 dm va 0,8 dm; 3) 40 sm, 45 sm va 10 sm bo’lgan uchburchak yasang.
575. Berilgan: 1) a = 3 sm, b = 3,5 sm, c = 2 sm; 2) a = 3,5 sm, b = 3 sm va c= =6 sm tomonlari bo’yicha uchburchak yasang.
Do'stlaringiz bilan baham: |