Sinf: 6 Mavzu



Download 0,63 Mb.
bet2/3
Sana26.02.2022
Hajmi0,63 Mb.
#470276
1   2   3
Bog'liq
Abdullayeva-G-Sonlarni-ayirish

Tashkiliy qism
Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash. Diqqatni jalb qilish, darsda psixologik muhit yaratish maqsadida “O’chirilgan raqamni topish” o’yinini o’tkazish. Buning uchun bir o’quvchi doskaga chaqiriladi. O’qituvchi doskaga qaramasdan unga quyidagi topshiriqlarni beradi: 6 xonali son yozing; raqamlari yig’indisini hisoblang; 6 xonali sondan uning raqamlari yig’indisini ayiring; hosil bo’lgan sonning raqamlari ichidan istalgan birini o’chiring; natijadagi qolgan raqamlarni qo’shib, chiqqan sonni menga ayting.
O’qituvchi bu sonni eshitib, qaysi raqam o’chirilganini aytib beradi. Masalan, 638119 sonining raqamlari yig’indisi 28; 638119-28=638091, natijadan 8 ni o’chirib, qolganlarini qo’shamiz: 6+3+0+9+1=19. O’qituvchiga 19 deb aytadi. O’qituvchi esa, 19 ni eshitib, 8 ni o’chirgansiz deydi.
O’yin siri: har qanday ko’p xonali sondan uning raqamlari yig’indisi ayrilsa, natijada 9 ga karrali son hosil bo’ladi. Bitta raqami o’chirilib, qolganlarining yig’indisi topilgani uchun 9 ga bo’linish belgisidan foydalanib, “sizga aytilgan songa qaysi sonni qo’shganda 9 ga karrali son hosil bo’lishini toping”. Yuqoridagi misolda 19 dan katta 9 ga karrali eng kichik son 27 bo’lgani uchun, 27-19=8 ni topish kerak. O’yin siri o’quvchilarga aytilmaydi, uni topish mustaqil topshiriq sifatida qoldiriladi.


Takroriy qism
O’tilgan mavzularni takrorlash maqsadida “Jumlani davom ettir” o’yinidan foydalanish:
1) {…;-2;-1;0;1;2;...} sonlar to’plamiga…
Javob: butun sonlar to’plami deyiladi.
2) Noldan katta barcha sonlar…
Javob: musbat sonlar deyiladi.
3) Noldan kichik barcha sonlar…
Javob: manfiy sonlar deyiladi.
4) Manfiy ham, musbat ham emas, bu son…
Javob: 0 soni.
5) Nuqtaga mos keluvchi son…
Javob: nuqtaning koordinatasi deyiladi
6) Sanoq boshi,yo’nalish,birlik kesmaga ega o’q…
Javob: son o’qi deyiladi.
7) Eng katta butun manfiy son…
Javob: -1.
8) Eng kichik butun musbat son…
Javob: 1.
9) -5; -2,2; -81; -0,005;… sonlar…
Javob: manfiy sonlardir.
10) “Nol” lotincha “nullus”- …
Javob: “hech nima” degan ma’noni bildiradi.
Vazifalarni tekshirish uchun har bir o’quvchi o’z partadoshi bilan daftarini almashtiradi. O’qituvchi vazifaga berilgan mashqlar javoblarini va baholash mezonini aytadi. O’quvchilar daftarlarni tekshirib, baholaydilar. Daftarlar almashtiriladi. O’z daftarini olgach, o’quvchilar xato va kamchiliklarni ko’rib (agar bo’lsa), xulosa chiqaradilar (2 minut).



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish