Fan: Matematika Sinf: 6
Mavzu: Sonlarni ayirish
Kalit so’zlar: ishora, manfiy, musbat, qarama-qarshi son.
Soatlar soni: 1.
Dars ishlanmasini ishlab chiquvchi: Abdullayeva Gulshanoy
Dars ishlanmasi ishlangan sanasi: 14.03.2017 yil.
Ish joyi: Buloqboshi tumani 11-umumiy o`rta ta’lim maktabi.
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi (Davlat ta’lim standartlariga muvofiq):
Musbat va manfiy sonlar o`rtasida ayirish ta’rifi, ular ustida misollar yechish;.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Usul: interfaol.
Shakl: noan’anaviy.
Vositalar (texnik va didaktik): Tarqatma materiallar, slayd.
Nazorat: savol-javob.
Baholash: 5 ballik reyting tizimi.
|
Darsning maqsad va vazifalari
|
Maqsadlar:
ta’limiy: o’quvchilarga musbat va manfiy sonlarni ayirishni tushuntirish; misollar yechish ko’nikmasini shakllantirish;
tarbiyaviy: o’quvchilarga do’stlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik kabi tushunchalarni singdirish;
rivojlantiruvchi: fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tasavvurini boyitish.
|
Vazifalar:
ta’limiy: musbat va manfiy sonlarni ayira olish;
tarbiyaviy: bir- biriga yordam berish, do’stona munosabatda bo’lish, mehnatsevar bo’lish;
rivojlantiruvchi: tez fikrlay olish, qarama-qarshi (manfiy va musbat) sonlarni tasavvur qila olish.
|
Kutilayotgan natijalar:
|
Dars yakunida o’quvchi biladi (Bilim): Sonlarni ayirish ta’rifini biladi.
|
Qaysi savollar beriladi: Sonlarni ayirish ta’rifini ayting. 0 ga qarama-qarshi son qaysi?
|
Dars yakunida o’quvchi tushunadi (Ko’nikma): Sonlarni ayirishni koordinatalar o’qida tasvirlay oladi.
|
Qaysi savollar beriladi: Sonlarni ayirishda berilgan nuqtadan qaysi tomonga harakatlanadi?
|
Dars yakunida o’quvchi bajara oladi (Malaka): Sonlarni ayira oladi.
|
Qanday topshiriqlar beriladi: Sonlarni ayirish qoidasini ayting.
|
Dars jarayoni va uning bosqichlari:
|
Dars bosqichlari
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Usul
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomatni aniqlash; o’quvchilar diqqatini jalb qilish.
|
Suhbat, “O’chirilgan raqamni topish” o’yini
|
|
O’tilganlarni takrorlash (Refleksiya)
|
Savol-javob o’tkazish; uy vazifalarini tekshirish va baholash.
|
“Jumlani davom ettir” o’yini
|
|
Yangi mavzu bayoni
|
Sonlarni ayirish ta’rifini, sonlarni ayirishni tushuntirish.
|
“Aqliy hujum”, yangi bilim berish
|
|
Mustahkamlash
|
Mavzuga doir misollarni bajarish: 954-961- misollar.
|
“Xotira mashqi”, mustaqil ish, amaliy.
|
|
Xulosalash
|
Darsga xulosa yasash; o’quvchilarni baholash; uyga vazifalarni berish.
|
Taqdimot
|
|