Asosiy tushunchalar – kohin, labirint, inklar, kipu, Pasxa oroli, Mikena, Mayya;
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu. Qadimgi sivilizatsiyalar
Miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda Kritda davlat tashkil topgan. Bu Yevropadagi birinchi davlat edi.
Mikena madaniyati: Bugungi Gretsiyaning janubida Peloponnes yarim oroli bor. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda bu yerda Mikena shahri qurilgan. Bronzadan yasalgan turli qurollar, oltindan ishlangan zeb-ziynatlar, sopoldan tayyorlangan idishlar qoldiqlari yaxshi saqlangan.
Mayya madaniyati: Markaziy Amerikaning Yukatan yarimorolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi. Milodning 1-ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Har bir shahar-davlatga “Ulug’ inson” hukmdorlik qilgan. mayya xalqining 300 belgidan iborat iyeroglifli yozuvi bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |