Mavzu: Yerning o’z o’qi atrofidan aylanishi va kattaligi.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy. O’quvchilarga sutka, yerning geografik qutblari, meridian va paralellar, geografik kenglik, uzunlik hamda yer haqidagi dastlabki ma’lumotlarni yetkazish.
Tarbiyaviy. O’quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi.O’quvchilarni topqirlik, hozirjavoblik qobiliyatini rivojlantirish. Ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini o’stirish.
2. “Aql charxi”. Quyida berilganlardan yulduz turkumlarini aniqlab yoniga belgi qo’ying va shartni bajaring.
1
Katta ayiq
5
Parizod
2
Qutb tulkisi
6
Oltin qoziq
3
Tarozu
7
Oltin cho’mich
4
Qavs
8
Chayon
III.Yangi mavzuning tashkil etilishi:
O’qituvchi ko’rgazmalar hamda slaydlar orqali yangi mavzuni tushintirib boradi. Dars davomida “Munozara” metodidan foydalaniladi.
Yangi mavzuning qisqacha bayoni:
Quyosh chiqib ,botgunga qadar ketgan vaqt kunduzi, botgundan chiqqunigacha o’tgan vaqt esa kechasi deyiladi. Bir kecha bilan bir kunduz sutka deb ataladi.
Yer bir sutkada , ya’ni 24 soatda o’z o’qi atrofida g’arbdan sharqqa tomon bir marotaba aylanib chiqadi.
Yer aylanish o’qining Yer yuzi bilan tutashgan ikki nuqtasi Yerning qutblari deb ataladi. Yer qutblari ikkita –Shimoliy va Janubiy qutblar. Yer yuzida qutblardan barobar uzoqlikda o’tkazilgan aylana chiziq ekvator deb ataladi. Ekvator Yerni ikkita yarimsharga Shimoliy va Janubiy yarimsharlarga ajratib turadi.
Shimoliy qutb bilan Janubiy qutbni tutashtiruvchi Yer yuzasidan o’tkazilgan yarim aylana chiziqlar meridianlar deyiladi. Yer ekvatoriga parallel qilib chizilgan aylana chiziqlar esa paralelllar deb yuritiladi.
Yerning kattaligi.
Yer Quyosh sistemasidagi sayyoralardan biri bo’lib, Quyoshga yaqin-uzoqligiga ko’ra Merkuriy va Venera sayyoralaridan keyin uchinchi o’rinda turadi.
Quyosh bilan Yer oralig’I o’rta hisobda 150 mln km. Soatiga 1000 km tezlikda uchadigan samolyot bu masofani 17 yilda bosib o’tadi. Raketa soatiga 39600 km tezlikda uchsa, Quyoshga 5 oydan ko’proq vaqtda “yetib boradi”.
Yerning shakli dumaloq , shar ko’rinishida. Uning o’rtacha diametri 12756 km, aylanasi esa 40000 km dan ortiqroq. Yerning qutblari salgina siqiqroq.
Globus va xaritalarda chizilgan parallel va meridianlar Yer yuzini to’rga o’xshab qoplab oladi. Bu to’r daraja to’ri deyiladi. Daraja to’ri yordamida Yer yuzidagi xohlagan nuqtaning o’rnini aniqlash mumkin. Bunga geografik kenglik va uzunlik yordam beradi.
Geografik kenglik deb meridianning ekvatordan berilgan nuqtagacha bo’lgan qismi yoyining daraja hisobidagi kattaligiga aytiladi. Ekvatordan shimol shimoliy kenglik, janub esa janubiy kenglik deb yuritiladi.
Geografik uzunlik deb Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo’lgan parallel yoyining daraja hisobidagi uzunligiga aytiladi. London shahri yaqinidagi Grinvich rasadxonasi meridian Bosh meridian deb qabul qilingan.
Yer yuzasidagi har bir nuqtaning kenglik va uzunligi uning geografik koordinatasi deb ataladi. Masalan, Toshkentning geografik koordinatasi 410 shimoliy kenglik va 69 0 sharqiy uzunlikni tashkil etadi.
IV. Mavzuni mustahkamlash.
“Qiziqarli masala”. Shimoliy qutbdan ekvatorgacha bo’lgan yoyning uzunligi 90 0 ga teng . Masofani aniqlang.
Yechish:
Izoh: 10 meridian yoy uzunligi taxmin 111 km ;
111km X 90 =9990 km Javob: 9990 km.
“Berilgan nuqtani top” oyini.
Quyidagi shaharlarning geografik koordinatalarini toping.