Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Bularni barcha guruh bajaradi. Guruhning faol ishtirokiga qarab ball qo‘yiladi.
O‘qituvchi sardorlar uchun asar matni yuzasidan quyidagi savol-topshiriqlarni tuzib keladi: Bu savol-topshiriqlar konvertlarga solinib guruhlarga beriladi.
«Qorparcha»: -guruhi uchun. Ayozbobo deraza oynalariga qanday qilib naqshlar chizadi? — Qiyomiga kelib — birikmasining ma'nosini izohlab bering, (ayni me'yoriga, maromiga yetgan normal holga kelgan).
Bahoroyning gullari nomini sanab bering?
«Qish»: -guruhi uchun. Falak, libos so'zini qaysi so‘zlar bilan almashtirish mumkin? (falak — osmon gumbazi, osmon, ko‘k; libos — kiyim, ust-bosh) . Shitob so‘zining ma'nosini bilasizmi? (harakatning bajarilishidagi tezlik). — Saraton qaysi payt ekanini ayting.
“Qorbobo” -guruhi uchun. Bahor tabiatida yuz beradigan hodisalarni ayting? — Za'far, zarg‘aldoq ranglar qanday rang? Ranglar ichidan olib ko‘rsating. (zarg‘aldoq — to‘q sariq rang; za'far — sap-sariq, somon rang). Qish chillasi necha kun va unga qaysi vaqt kiradi? — Ertakda badiiy vositalardan nima ko‘proq qo‘llangan? (jonlantirish).....
Aziz bolajonlar, darsimizni yana ham bayramona ruhda o‘tkizish uchun archamizni bezatib olamiz.
1-guruh “QORPARCHALAR”
2-guruh “Qish”
3-guruh “qor”
Har bir guruhga o‘z nomiga mos shaklli tarqatma materiallar beriladi. Undagi savolga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchi archaga o‘z o‘yinchog‘ini osadi.
Savollar:
Matnning muallifi kim?
Matn nima haqida yozilgan?
Yangi yil qanday bayram?
Yangi yilda qanday ertak qahramonlarini uchratasiz?
Shoir qorni qanday ta’riflagan?
Siz yangi yilni qanday nishonlaysiz?
Mana yangi yil archasini ham yasatib oldik. Bayramimizga tashrif buyuradigan ertak qahramonlarining nechtaligini bilib olish uchun matematik topishmoqni topamiz.
Ko‘m-ko‘k archa ostida qurdik belanchak,
Belanchakda uchmoqqa hayvonlar lak-lak.
To‘planishib navbatda turishar bir-bir,
Sakkiz malla tulki-yu, beshta bo‘richa.
Yetti ayiq bolasi, bir juft quyoncha.
Aytinglarchi bolalar , hammasi nechta?
Maqol ustida ishlash. Izohlab ma’nosini tushuntirish.
Maqol:
Baraka – inoqlikda,
Boqiylik – quvnoqlikda.
Topishmoqni o‘qish va javobini topish.
D arsni yakunlash va tarbiyaviy xulosa chiqarish.
1. Dars sizga yoqdimi?
2. Nimasi yoqdi?
3. Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?
4. Siz qishda tabiatni, tabiat ehsonlarini asrash uchun nimalar qilyapsiz?
Guruhlarning umumiy ballarini e'lon qilish.
“Eng bilimdon guruh”
“Eng zukko guruh”
“Eng chaqqon guruh” naminasiyalari bo‘yicha o‘quvchilarni taqdirlash.
U yga vazifa: Ertak matnini ifodali qilib o‘qishga, unga reja tuzib, shu reja asosida qayta hikoyalashga tayyorlanib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |