Sana: 29.10.2021-yil
Sinf: 4-“V” sinf
Fan: O‘qish
Mavzu: Rangin qorlar
Darsning maqsadi: ta`limiy: O‘quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini boyitish. Matn ustida ishlashga o‘rgatish ; shoirning qishning xususiyatlarini she'r orqali tasvirlashdagi mahoratini ochib berish; o‘quvchilarning qishning xususiyatlari, qorning hayot uchun foydasi haqidagi tushunchalarini boyitish.
Tarbiyaviy:Tabiatdan zavq olishga, unga zarar keltirmaslikka o‘rgatish, tasviriy ifodalarni kiritish.
Rivojlantiruvchi:Ularni mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish, xotirasini mustahkamlash.O‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish, lug‘atini so‘zlar bilan boyitish. O‘quvchilarning mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish. Tabiatni sevish, uning ehsonlarini qadrlashga o‘rgatish.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi, matn o‘qish darsi.
Darsning metodi. Izohli o‘qish, mustaqil ish metodi, tarmoqlash metodi. guruhlarda ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |