Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Saylov jarayonida saylovchi qanday rol o`ynaydi?
2. Saylov kompaniyasi davrida ommaviy axborot vositalarining vazifasi nimalardan iborat?
3.Siz bo`lajak saylovchi sifatida nimalarni o`rgandingiz?
4. Maktab kengashiga o`tkazilgan saylov jarayonida o`zingizning va o`z sinfdoshlaringizning
ishtirokini qanday baholaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |