Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Insonning qaysi huquqlari ijtimoiy- iqtisodiy huquqlar jumlasiga kiradi?
2.Mulkdor bo`lish inson hayotida qanday rol o`ynaydi?
3.Qaysi tartib sizga adolatli tuyuladi: mulkdor bo`lish huquqiga faqat bir guruh odamlar ega
bo`lgandami yoki har bir odam ega bo`lganda?
4.Qanday fikrdasiz, munosib turmush darajasini saqlab qolish uchun insonga nima zarur?
5.Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar qay tarzda o`zaro aloqada bo`ladi va bir-biriga ta`sir
ko`rsatadi?
6.Davlatning eng asosiy vazifasi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |