Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish;
Ko`rgazmalilik: 9 – sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r.
Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1.Fuqarolik nima? Insoniyat tarixida fuqarolik institute hamma vaqt mavjud bo`lganmi?
2.Fuqaro va davlat o`rtasida qanday o`zaro bog`liqlik vujudga keladi?
3.Hozirgi demokratik davlat fuqarosi qanday normalar himoyasi panohida bo`ladi?
4.O`zbekistonda fuqarolikka ega bo`lish uchun qanday qonuniy asoslar nazarda tutilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |