Sinf: 1 s mavzu
1-sinf Sher va sichqon dars ishlanma
-Demak, bugun “Sher va sichqon” ertagi bilan tanishamiz. Oqko’ngil sher bir kuni sichqonga yaxshilik qilgan edi. Oradan bir necha kunlar o’tib, sher tasodifan tuzoqqa tushib qoldi. Sherning yaxshiligini sichqon sedan chiqarmagan edi. U o’tkir tishlari bilan tuzoqni qirqib, o’z najotkorini qutqardi. -Qani ayting-chi, siz ingliz tili darsida qaysi hayvonlar bilan tanishgansiz? Unda sher va sichqon so’zlarini ingliz tiliga tarjima qilib bering-chi? (Dars ingliz tiliga bog’lanadi) Sher – lion Sichqon – mouse “Sher va sichqon” ertagi ekran orqali namoyish qilinadi. Savollar : Ertak nima haqida ekan? Ertakdan qanday ibrat oldingiz? Lug’at ishi: (Ekranda ko’rsatiladi) ( Ona tili faniga bog’lanib, ona tilimizning boy va sermazmun ekanligi o’quvchilarga aytib o’tiladi) Oq ko’ngil - mehribon tasodifan – to’satdan najotkor – ko’mak beruvchi O’qituvchi ertakni ifodali o’qib beradi, o’quvchilar kuzatib boradi. Darslikdagi maqol, hikmatli so’z, tez aytish bilan ishlash. (Darsda xalq og’zaki ijodidan unumli foydalaniladi) Hikmatli gap Yaxshining yaxshiligi tegar tor yerda, Yomonnning yomonligi tegar har yerda. Maqol Yaxshilik qilsang-yaxshilik ko’rasan. Topishmoq Toping-chi uning nomin, Sichqonning berar dodin? Tez aytish Qobil qozonda qovurdoq qovurdi, Qodir qag’allagan qarg’aga qaradi. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. “Davom ettir” o’yini. (Ona tili faniga bog’lanadi). O’quvchilarga ertakni so’z birikmasi tarzida o’qitiladi. Barcha o’quvchilar diqqat bilan kuzatib borishlari aytiladi. “Hamkorlikda qayta hikoyalash” mashqi. O’quvchilar to’rt kishilik kichik guruhga bo’linadi. Har bir o’quvchi bitta gapdan ichida takrorlab turadi. Tayyor guruh o’zlari tayyorlagan gapni ketma-ketlikda aytib, ertakni to’liq qayta hikoyalab beradilar. Oqko’ngil sher bir kuni sichqonga yaxshilik qilgan edi. Oradan bir necha kunlar o’tib, sher tasodifan tuzoqqa tushib qoldi. Sherning yaxshiligini sichqon esdan chiqarmagan edi. U o’tkir tishlari bilan tuzoqni qirqib, o’z najotkorini qutqardi. Dam olish daqiqasi “Pantomima” o’yini. Atrofimizdagi olam faniga bog’lanadi. Hayvonlarni parvarish qilish, ularni asrashni o’rgatish, kasbga yo’naltirish) O’quvchilar juftlikda bir-birlariga qarab, biri hayvonlarning harakatini ko’rsatganda, ikkinchisi uning nomini topishi kerak. V. Darsni yakunlash va baholash. Test topshiriqlari: Sher nimani qutqardi? a) sichqonni b) chumolini d) bo’rini e) olmaxonni 2. Sher nimaga ilindi? a) qarmoqqa b) qopqonga d) tuzoqqa e) to’rga 3. Nima yordamga keldi? a) bo’ri b) tulki d) sichqon e) olmaxon 4. Sichqon nima bilan to’rdan qutqardi? a) o’tkir tishlari bilan b) pichoq bilan d) qo’li bilan e) qaychi bilan O’qituvchi: -Aziz bolajonlar, mana bugun biz siz bilan “Sher va sichqon” ertagini o’rganib oldik. Demak, har birimiz hayvonlarni asrab-avaylashimiz,ularga g’amxo’rlik qilishimiz kerakligini tushundik. Ertakdan xulosa chiqarib, o’rtoqlarimizga qiynalib qolgan paytda yordamimizni ayamaslikni, yaxshilik hech qachon yerda qolmasligini, yaxshilikka yaxshilik qaytishini guvohi bo’ldik. Shunday ekan, biz har doim tabiatga nisbatan mehrli, bir-birimizga oqibatli bo’lishimiz kerak. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanad. ”Oqish fanining eng faol o’quvchisi” nominatsiyasi bo’yicha e’tirof etiladi. VI. Uyga vazifa. “Sher va sichqon” ertagini o’qib so’zlash, hikmatli gap, maqolni yod olish, ertak asosida rasm chizish. Download 3,45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |