Ekskursiya – ta‘lim va tarbiya ishlarining shunday turidirki, bu usul bilan o’rganilayotgan narsa va hodisalarni tabiiy sharoitda (zavod, fabrika, dala, tabiatni kuzatishga) yoki maxsus muassasalarga (muzey, ko’rgazma va h.k.larga) tashkiliy ravishda olib boriladi. Ekskursiya usuli asosan o’qituvchi yoki ekskursiya o’tkazishga mas‘ul bo’lgan shaxsning kuzatilayotgan ob‘ektni bayon qilishi, tushuntirishi orqali olib boriladi. Ekskursiya oxirida, albatta yakunlovchi dars o’tkaziladi va unda o’quvchi-talabalar tomonidan tayyorlangan chizma, rasm, taassurotlar kabi materiallardan foydalaniladi. O’qituvchi mulohaza va fikrlarni umulashtirib, xulosa chiqaradi va mashg’ulotni yakunlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |