- Sana:07.07.2020 Fan :Biologiya
Sinf :8 “A”, “B” Mavzu:Nerv faoliyati tiplari,nerv sistemasi gigiyenasi. - Reja:
- 1.Oliy nerv faoliyati tiplari.
- 2.Xolerik ,sangvivnik,flegmatik, melanxolik tiplar
- Darsning maqsadlari:
- Ta’limiy: O’quvchilarga oliy nerv faoliyati tiplarining turlari haqida ma’lumot berish.
- Tarbiyaviy:Axloqiy ,ekologik tarbiya berish,vatanga sadoqatli farzandlarni tarbiyalash.
- Rivojlantiruvchi: Nutq va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish.
- Darsning borishi:
- I -Tashkiliy qism-darsga tayyorgarlik ko’rish
- II-O’tilgan mavzuni takrorlash
- III-Yangi mavzu bayoni
- IV-Mavzuni mustahkamlash
- V- Uyga vazifa
- O’tilgan mavzuni takrorlash.Ushbu jadvalni to’ldiring
Refleks turlari
Shartli refleks
Shartsiz refleks
- Quyidagi jadvalga misollar keltirig.
Shatli refleks
Shartsiz refleks
I. P. Pavlov ko‘p yillik ilmiy kuzatishlari asosida miyaning nerv hujayralaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko‘ra, odam oliy nerv faoliyatini quyidagi 4 tiðga bo‘lgan. 1. Kuchli qo‘zg‘alish, tormozlanishdan ustun bo‘lgan muvozanatsiz tið (xolerik). Bu turga kiruvchi bolalar tinib-tinchimas, serharakat, boshqalar bilan tez o‘rtoqlashib, tez urishib qoladigan, arzimas narsaga yig‘lab, o‘zidan o‘zi kuladigan xususiyatga ega bo‘ladi. Bunday bolalarning zehni yaxshi bo‘ladi-yu, ammo xulq-atvori juda murakkab bo‘lib, ularning tarbiyasi ota-ona, o‘qituvchilar uchun ancha qiyinchilik tug‘diradi. 2. Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tið (sangvinik). Bu tezroq bajarishga intiladigan, atrofidagi kishilar va o‘rtoqlariga yaxshi munosabatda bo‘ladi. 3. Kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat tið (flegmatik). Bu tur vakillari qobiliyatli, zehnli, yuvosh bo‘ladi, har bir ishni nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan bajaradi, xulq-atvori, atrofdagi kishilar va o‘rtoqlari bilan munosabati yaxshi bo‘ladi 4. Kuchsiz, muvozanatlashmagan, tormozlanish qo‘zg‘alishdan ustun tið (melanxolik). Bu turdagi bolalar kamharakat, ishyoqmas, qo‘rqoq, mustaqil fikrga ega bo‘lmagan, fikrlash qobiliyati past bo‘ladi. Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko‘rsatilgan turlari tug‘ma, ya’ni nasldan naslga berilgan bo‘ladi. Bu belgilar, asosan, bolaning yoshlik davrlarida yaqqolroq ko‘rinadi, yoshi kattalashgan sari tashqi muhit, ota-ona, o‘qituvchilar va atrofdagi kishilarning tarbiyaviy ta’siri natijasida o‘zgaradi. - Yangi mavzuni mustahkamlash.Ushbu jadvaldagi tip vakillarining xususiyatlarini belgilang
Xolerik
Flematik
Melanxolik
Sangvinik
Uyga vazifa.51 Mavzuni o’qish.156 betdagi mantiqiy savolga javob yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |