Simvolli matematika dasturlaridan foydalanib, matematika o’qitishni
takomillashtirish
Ta’lim tizimida informatika va axborot texnologiyalari fanining o’qitilishi va tashkil etilishi, uning
mazmuni mutaxassislik ta’lim yo’nalishiga qarab tuzilishi maqsadga muvofiqdir.
Informatika va
axborot texnologiyalarini ta’lim sohasining turli yo’nalishlari bo’yicha o’qitishda tinglovchilarga
bilim berishning samaradorligini oshirishning asosini ulardagi mazmun tinglovchining egallashi
lozim bo’lgan mutaxassisliklarini e’tiborga olgan holda tuzilishi zamon talabi darajasidagi bilimni
o’zlashtirishlariga imkon beradi. Shu bois O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001
yil 23 mayda “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish,
“INTERNET” ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishni ta’minlash dasturini ishlab
chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 230-sonli qarori qabul qilindi.
Respublikamizda axborotlashtirish masalasiga dolzarb
vazifa sifatida yondoshib
kelinmoqda. Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya tarmoqlari,
ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish, hamda internet xizmatlaridan foydalanish davr talabi sifatida
qabul qilinmoqda.
Jamiyatni kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni
hal
etish
uchun
2002 yil 30 mayda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Prezident Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi. Qabul
qilingan hujjatlarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash va
ularni qayta tayyorlashni rivojlantirish va takomillashtirishning aniq vazifasi qo’yilgan. Jumladan,
umumta’lim maktablarining barcha o‘quvchilarini kompyuter va axborot texnologiyalari bilan
ishlashga keng ko‘lamda o‘qitishni ta’minlash vazifasi qo‘yilgan.
Ana shunga javoban biz pedagoglar davr talabiga mos tarzda faoliyatimizni o‘zgartirgan
holda, ilg‘or pedagogik
tajribalardan foydalanib, yangi pedagogik texnologiyalar, Axborot
komunikatsiya texnologiyalarini bugungi hayotga tadbiq etishimiz lozim.
Shu o’rinda axborot texnologiyalarining ta’lim tizimidaga o’rni haqida to’xtalib o’tish
joizdir.
XXI asrda texnik rivojlangan davlatlarda axborotlarning asosiy qismi qog’ozsiz ko’rinishda
– EHM xotirasida saqlanadi. Bu bilan XXI asr boshida ushbu axborotdan foydalana olmagan kishi
XX asr boshidagi o’qishni ham, yozishni ham bilmaydigan kishiga o’xshab qoladi.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek :”Albatta, ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin
ayni vaqtda ong darajasi va unung rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini
shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir”.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga tadbiq etish,
iqtisodiy samara berishi
bilan bir qatorda, o’quv jarayonida yangi o’qitish uslublarini qo’llashga keng imkoniyatlar ochadi.
Ta’lim tizimida fizika-matematika, informatika, boshlang’ich ta’lim yo’nalishlari bo’yicha
bilim olayotgan tinglovchilarga zamonaviy dastur vositalari va tizimlari muhitida ishlashni o’rgatish
tinglovchilar bilimini axborot texnologiyalari bo’yicha oshishiga olib keladi. Shunday zamonaviy
tizimlar
qatoriga MATsad, MATlab, Maple va boshqalarni keltirib o’tish mumkin. Maple
matematikada va amaliy fanlarda uchraydigan matematik masalalarni, nafaqat simvolli, balki sonli
hisoblashlar va grafiklar bilan ishlash, elektron hujjatlar tayyorlash va shunga o`xshash ishlarni tez
va samarali bajarish uchun qulay vositadir.
Ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bilim olayotgan tinglovchilarini Maple tizimi muhitida
ishlashga o’rgatish samarali hisoblanadi. Maple tizimida ishlashni o’rgatish undagi boshlang’ich
tushunchalar, ya’ni Maple elementlaridan boshlanadi. Mapleda ob’ektlar, o’zgaruvchilar va ifodalar
asosiy tushunchalar hisoblanadi. Ob’ekt va o’zgaruvchilardan mumkin bo’lgan matematik amallar
yordamida ifodalar tuziladi. Mapleda sonlar, o’zgarmaslar va satrlar kabi oddiy ob’ektlar bilan
ishlash mumkin.
O’rta maktabda dasturlash asoslarining mazmuni va o’qitish uslublarining
rivojlanishida
A.P.Yershov, A.A.Abramov, M.P. Lapchik, A.A.Abduqodirov, T. Azlarov, Y.K. Kuznetsov va
boshqa
juda
ko’p
kishilarning
ilmiy
tekshirishlari
qimmatli
rol
o’ynaydi.
Biroq, ularning ilmiy tekshirishlari va ishlarida matematika o’qitishda simvolli matematika
dasturlaridan foydalanish yetarli darajada qaralmagan.
Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida informatika, matematika
kursini o’qitishda simvolli matematika dasturini qo’llash jarayoni , ularni amaliyotga joriy etish va
foydalanish kerak.
Maple
inglizcha so`z bo`lib, u mepl deb o`qiladi. Kompyuterli matematika 1980
yillarda
Vaterlo (Waterloo) tadqiqot loyihasi sifatida ishlab chiqilgan. U C dasturlash tilida yozilgan va
asosiy operatsion sistemalar bilan ishlashga moslab yaratilgan.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: