KKIM – ketma-ketli interfeys moduli;
BM – bog’lanish moduli;
OEQQ – operativ eslab qoluvchi qurilma;
DEQQ – doimiy eslab qoluvchi qurilma;
AKM – analogli kirish moduli;
KCHM – kirish-chiqish moduli;
YUPM – yuritma protsessori moduli;
KIO’ – keng impulsli o’zgartirgich (shirotno-impulsnыy preobrazovatel).
Boshqarish qurilmasi strukturali sxemasidagi har bir modul konsruktiv tugallangan qurilma
bo’lib, modullar blokiga birlashtirilgan.
Markaziy protsessor bloki (MPB) K1801VM1 mikroprotsessori bazasida qurilgan.
Uning
komandalar tizimi mikroEHM «Elektronika -60» komandalar tizimining analogidan iborat.
Qolgan hamma modullar MPB bilan MA1 magistrali yordamida ulanadi.
Ketma-ketli interfeys qurilmasi MA1 magistralga mikroEHM periferik qurilmalarni
ulanish uchun xizmat qiladi. Bu modul to’rtta ketma-ketli kanaldan iborat bo’lib, unga YUMDJ,
VTQ va QBP ulangan. Turtinchi kanal yuqori darajadagi EHM bilan bog’lanish uchun xizmat
qiladi.
Operativ eslab qoluvchi qurilma (OEQQ) – boshqarish dasturlarini va o’zgaruvchi
ma’lumotlarni saqlab turish uchun xizmat qiladi.
Doimiy eslab qoluvchi qurilma (DEQQ) boshqarish qurilmasi (BQ) operatsion tizimi,
hamda robot o’zgarmas parametrlarini saqlab turish uchun xizmat qiladi.
Analogli kirish moduli (AKM) robotexnik majmuani ishga tushirishda teskari bog’lanish
datchiklarini boshlang’ich nol qiymatlarini o’rnatish uchun ishlatiladi.
Kirish – chiqish moduli robototexnik majmua texnologik
qurilmasi bilan elektr
avtomatikaning kirish-chiqish releli signallari blokini bog’laydi. Kirish-chiqishlarni ma’lum
qismi knopkali pult va indikatorli paneli bilan bog’langan.
Bog’lanish moduli (BM) MA1 va MA2 magistrallarini bog’laydi. MA2 magistraliga
perifereyik mikroprotsessorli boshqarish qurilmalari -yuritma protsessorlari moduli (YUPM)
ulanadi. RM-01 sanoat roboti boshqarish tizimida hammasi bo’lib oltita YUPM qatnashadi.
Biroq boshqarish tizimi konstuksiyasi MA2 magistraliga yana ikkita YUPM ulash imkoniyati
bor. Bu esa tizimning funksional imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
YUritma protsessori moduli (YUPM) o’z ichiga past darajadagi EHM mikroprotsessori,
hamda operativ va doimiy xotirani oladi. YUritmani boshqarish moduli (YUBM) MA3
magistrali orqali yuritma protsessori moduli bilan bog’langan bo’lib, teskari bog’lanishli impuls
datchiklari signallarini ikkilik
kodga aylantirish uchun, hamda yuritma xatolik kodlarini keng-
impulsli modulyasiya (shirotno-impulsnaya modulyasiya) signaliga aylantirish uchun xizmat
qiladi, bu signal esa o’z navbatida keng-impulsli o’zgartirgich (shirotno-impulsnыy
preobrazovatel) yordamida kuchaytirilib, ijrochi elektromotor yakori zanjiriga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: