О‘SIMLIKLARNING YASHASH SHAROITIGA
MOSLASHISHLARI
О‘simliklarning ekologik guruhlari .
О‘simliklarni tashqi muhitning biror faktoriga bо‘lgan aloqasiga
qarab ekologik guruhlar ajratiladi. О‘simliklarning tuzilishiga
tuproqning namligi, havo va yorug‘lik kabi muhim faktorlar ta’sir
etadi. Bu faktorlarga о‘simliklar turlicha moslashadi, shuning uchun
kserofitlar (soya sevar о‘simliklar) tashqi – gabitusi va ichki
tuzilishlari bilan farq qiladilar. Ular turli hayotiy shakllarga ega.
О‘simliklarning hayotiy shakli yoki biomorfi (yunon. bios – hayot,
morfo – shakl) deganda о‘simliklarning ontogenez davrida aniq
ekologik sharoitga moslashib shakllangan о‘ziga xos tashqi qiyofasi
tushuniladi. Gabitus birinchi nabdatda о‘simliklarni yer ustki va yer
ostki kabi vegetativ organlarning о‘ziga xos о‘sish xususiyatlariga
bog‘liq.
О‘simliklarni namlikka bо‘lgan munosabatiga ko‘ra quyidagi
guruhlarga bо‘linadi.
1) Kserofitlar (kseros – quruq; fiton – о‘simlik) – tuproq va havoda
doimiy yoki vaqtinchalik suv tanqisligiga moslashgan о‘simliklar.
2) Mezofitlar (mezos – о‘rtacha) namlik deyarlik yetadigan joylarda
о‘sadigan о‘simliklar.
3) Gigrofitlar (gigra – nam) tuproqda havo namligiga nisbatan
kо‘proq nam bо‘lgan yerlarda о‘sadigan о‘simliklar.
4) Gidrofitlar (gidro-suv) suv muhitiga moslashgan о‘simliklar. Bu
о‘simliklar suvga yarim botib yashaydilar о‘simliklardir.
5) Gidatofitlar – butunlay suvga botib yashovchi о‘simliklar.
Gidatofitlarga elodeya, vallisneriya, suv ayiqtavonlari kabi о‘simliklar
kiradi. Bu о‘simliklarning ba’zilarining ildizlari xovuzlarning tubidagi
loylarda yopishib о‘sadi, ba’zilari suvda suzib yuradi. Faqat gullash
vaqtida tо‘pgullari suv yuzasiga chiqadi.
Gidatofitlarda gaz almashinish suvda erigan kislorodning
kamligidan qiyinlashadi. Suvda kislorod qancha kam bо‘lsa shuncha
suvning harorati baland bо‘ladi. Shuning uchun gidatofitlarning
organlarini yuzasi umumiy massasidan ko‘p bо‘ladi. masalan
elodeyaning barglari yupqa bо‘lib 2 qator hujayralardan tashkil
topgan, kо‘p vaqtda ipsimon bо‘laklarga bо‘lingan bо‘ladi.
Suvda botib о‘sadigan о‘simliklarga yorug‘lik kamroq yetib boradi,
shuning uchun gidatofitlarda soyasevarlik xususiyatlari ham bor.
Epidermasida kutikula bо‘lmaydi yoki juda yupqa bо‘lib suv
kirishga halaqit bermaydi. Shuning uchun suvda yashovchi
о‘simliklarni, suvdan chiqazganda suvini butunlayiga yо‘qotib bir
necha minutda qurib qoladi.
Suv havoga qaraganda zichroq shuning uchun suv о‘simliklarni
ushlab turadi. Bu guruh о‘simliklarning tо‘qimalarida yirik hujayra
oraliqlari mavjud bо‘lib havo bilan tо‘lib yaxshi kо‘rinadigan
airenxima to‘qimasini hosil qiladi. Shuning uchun suvda yashovchi
о‘simliklar suvda bemalol botib yashaydi, ular hech qanday mexanik
tо‘qimaga muhtoj emas. О‘tkazuvchi naylari mutlaqo bо‘lmaydi yoki
juda sust rivojlangan. О‘simliklar suvni butun tanasi bilan shimadi.
Hujayra oraliqlari faqat suvda suzishini ta’minlabgina qolmasdan gaz
almashinish joyi hamdir. Kunduzi fotosintez vaqtida ular kislorod
bilan tо‘ladi, qorong‘ida esa tо‘qimalarning nafas olishi uchun xizmat
qiladi. nafas olganda ajralib chiqqan karbonat angidridi tunda hujayra
oraliqlariga tо‘planadi, kunduz fotosintezga qatnashadi. Kо‘pchilik
gidatofitlar vegetativ yо‘l bilan kо‘payadi.
Aerogidatofitlar. Oraliq gruppa о‘simliklari hisoblanadi. Bular
ham gidatofitlar bо‘lib, barglarning bir qismi suv yuzasida suzib hayot
kechiradi (ryaska, kuvshinka). Kubishkaning barglaridagi og‘izchalar
atmosferaga yaqin faqat bargning ustki epidermasida (1 mm2 da 650
dona) bо‘ladi. Mezofillida palisad parenxima juda yaxshi rivojlangan.
Og‘izchalar va keng hujayra oraliqlaridan kislorod ildizpoya va
ildizga boradi.
Gidrofitlar. Bu guruh о‘simliklari hovuzlar atrofida о‘sadi
(qamish, shakar qamishi, qirqbо‘g‘im). Bu о‘simliklarning
ildizpoyalari hovuzlar tubida va kо‘psonli qо‘shimcha ildizlarni hosil
qiladi. Suvning yuzasidan ularning barglari hatto poyalari suvdan
yuqoriga chiqib turadi (168-rasm).
Gidrofitlarning barcha organlarida hujayra oraliqlari mavjud bо‘lib,
suvga botib turgan organlarini kislorod bilan taminlaydi. Kо‘pchilik
gidatofitlarning barglarida о‘ziga xos turlicha tuzilishlar paydo
bо‘ladi. Masalan, suvda yashovchi nayzabarg о‘simligining suv ustiga
chiqib turgan barg plastinkalarida va barg bandida havo yо‘llari
bо‘ladi. Suvga botgan barglarda barg plastinkasi va barg bandining
о‘rniga ingichka lentasimon barglar paydo bо‘lib ichki tuzilishi.
gidatofit о‘simliklar barglari tuzilishga о‘xshash bо‘ladi. Xullas, bitta
о‘simlikda oraliq shakldagi barglarni ham uchratish mumkin.
Gigrofitlar. Bu guruh о‘simliklar nam yetarli bо‘lgan yerlarda
о‘sadi ya’ni botqoqlarda, zax, о‘rmonlarda. Bu о‘simliklar suvga
muhtoj emas. Shuning uchun ularda transpirasiyaning pasaytiruvchi
ayrim moslashish belgilari bо‘lmaydi. Masalan: medunisa
о‘simligining barglari epidermasi yupqa pо‘stli va yupqa kutikula
bilan qoplangan.
Og‘izchalar epiderma hujayralari bilan bir tekisda yoki ulardan
balandroq joylashgan va siyrak tuklar bilan qoplangan. Nam
atmosferada transpirasiyaning jadalligi poya bо‘ylab moddalarning
harakatini yaxshilaydi.
О‘rmonda о‘sadigan о‘simliklarning tuzilishi soyasevar о‘simliklar
tuzilishiga о‘xshash bо‘ladi.
Kserofitlar. Bu guruh о‘simliklar tuproq va havoda namlikning
tanqisligiga qarab turlicha moslashish belgilarini hosil qilgan. Bu
moslamalar transpirasiya jarayonida kam suv bug‘latishga qaratilgan. Kserofitlar morfologik jihatdan turli hayotiy shakllar ega bо‘lgan
о‘simliklar bо‘lib ular orasida bargli va poyali sukkulent о‘simliklar
ham uchrab kо‘p vaqtlar tanasida suv saqlab turishga moslashgan. Bu
guruh о‘simliklari barglarini turlicha turlicha shaklga o‘zgartirilgan
(bargsiz, mayda bargli, barg о‘rniga va poya о‘rniga tikonlarning hosil
bо‘lishi ya’ni kladodii, filloklodiy, fillodiyalar kabi).
Kserofitlarning kо‘pchiligining barglari dag‘al qalin kutikulali
bо‘lib sklerofitlar (yunon. skleros – dag‘al) deyiladi yoki
sklerofillashgan о‘simliklar deyiladi. Bu о‘simliklarning barglari va
poyalari qalin tuk bilan qoplangan bо‘ladi. Anatomik tuzilishlari
transpirasiyani kamaytirishga moslashgan .
Galofitlar. Shо‘r tuproqlarda о‘sadigan о‘simliklarni galofitlar
deyiladi (galos – sol). Bu ham kseromorf tuzilishga ega.
Galofitlarning osmotik bosimi kuchli bо‘lganligidan shо‘r
tuproqlarning suvidan foydalana olmaydi. Hayotiy shakli jihatidan
galofitlarning ba’zilari sukkulentlardir, masalan shо‘ralar. Boshqa
galofitlar mayda, dag‘al barglarga ega, ba’zilari barglarning ustiga
kristallarni ajratadi (Masalan tamariks, sho‘radoshlar oilasi vakllari
169-rasm).
Yuksak о‘simliklarning geterotrof ovqatlanishga moslashish.
Yuksak о‘simliklar avtotrof ovqatlanadilar – (ya’ni fotosintez
jarayonida, tuproqdan olinadigan mineral moddalar, azot bilan
birgalikda о‘simliklarning oziqlanishi). Haqiqiy geterotrof
organizmlar organik moddalarning qoldiqlari bilan (saprofitlar)
oziqlanadi. Bularga zamburug‘lar va bakteriyalar misol bо‘ladi.
Ba’zi yuksak о‘simliklar faqat mineral moddalar emas organik
moddalar bilan ham oziqlanishga moslashganlar. Bunday о‘simliklar
yoki epifit hayot kechiruvchilar yoki kuchli ishqorli tuproqlarda, torfli
tuproqlarda о‘sishi mumkin. Bunday joylarda yashagan yuksak gulli
о‘simliklar yashil barglarga ega bо‘lib, fotosintez qilishga qodir, lekin
qо‘shimcha azotli oziqlarni zamburug‘lar bakteriyalar bilan simbioz
yashab ulardan oladi. Bunday о‘simliklarni simbiotroflar deyiladi.
Obligat о‘simliklarga ya’ni mikoriza hosil qiluvchi daraxtlar, о‘tloq
va botqoqliklarda о‘sadigan о‘tsimon о‘simlik kiradi. Mikoriza
о‘simliklar urug‘laridan о‘sib chiqqan vaqtdan boshlab paydo bо‘la
boshlaydi va zamburug‘larsiz maysa о‘sa olmaydi, hatto arxid oilalar
vakillarida zamburug‘lar murtak rivojlangan vaqtida uning ichiga
kirib boradi.
Ba’zida geterotrof ovqatlanuvchi organizmlar organik moddalar
bilan ovqatlanishga shunday moslashganlarki, hatto yashil pigmentini
yо‘qotib, fotosintez ham qilmaydi. Natijada antosian ta’sirida qizg‘ish,
qо‘ng‘ir, sariq, oq ranglarga kirib qoladi. Barglari etdor hatto qisqarib
tangacha barglarga aylanib qoladi.
Zamburug‘lar ta’sirida ildizlari uzunasiga о‘sishdan tо‘xtab eniga
о‘sadi – korallasimon shaklga kiradi. Bu simbiozlarning butunlayga
parazitlik hayotga о‘tgan gulli о‘simliklardir (Neottia nidus – avis, -
Epipodon – nadborodnik).
Ba’zi yuksak о‘simliklar butunlayiga parazitlikka о‘tib, boshqa
organizmlar hisobiga ovqatlanadi. Ularning ildiz va barglari qisqarib
shakllari о‘zgargan. Ildizlarining о‘rniga sо‘ruvchi – gaustroiyalar
hosil bо‘lib, о‘simliklarning tanasiga botib о‘tkazuvchi sistemalari
bilan tutashib ketadi. (Orobancha), kungaboqarlarda parazitlik
qiluvchi Petrov krest (Lathraea squamaria). Zarpechak turlari о‘t
о‘simliklarga mansub bо‘lib, poyalari chirmashib о‘sadi, ildizlari
mutlaqo rivojlanmaydi .
Bulardan tashqari yarim parazit о‘simliklar ham mavjud bо‘lib, ular
yashil poyalarini saqlab qolib ildizlarida mayda ildizlar о‘rniga
sо‘ruvchi sо‘rg‘ichlar hosil qilib, boshqa о‘simliklarning ildizlariga
yoki poyalariga sо‘rg‘ichlarini botirib oziqlanadi. Omela (Viscum
album) (Rhinanthus – Melampyrum nemorosum).
Botqoqlarda azot yetishmaganligidan hasharotlar bilan
ovqatlanadigan hasharotxо‘r yirtqich о‘simliklar ham uchrab, ularda
hasharotlarni ushlaydigan moslamalar paydo bо‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |