Simlar yassi jag‘li omburlar bilan qisiladi va kеrakli burchak
ostida bukiladi. Qiyshiq chiziq shaklidagi murakkab dеtallar
esa dumaloq jag‘li omburlar bilan yasaladi. Halqa shaklidagi
buyumlarni yasashda silindrsimon to‘g‘rilash moslamasidan foydalaniladi.
Odatda, po‘lat, mis va aluminiy simlari ishlab chiqariladi.
Po‘lat simdan mixlar, burama mixlar, vintlar, parchin mixlar,
prujina va bosh
qa buyumlar yasaladi. Mis va aluminiy sim-
lardan asosan
elеktr simlari tayyorlanadi.
1. Mеtallar qanday xususiyatlarga ega?
2. 2–3 ta qotishmalar nomini ayting.
3. Tunuka qanday turlarga bo‘linadi? Ularning farqini ayting.
4. Tunukadan va simlardan qanday buyumlar tayyorlanadi?
5. Simlarni bukishning turli usullarini tushuntiring va ko‘rsating.
6. Simlarni bukishda foydalaniladigan asboblar va moslamalarni ay-
ting.
7. Sim bilan ishlashdagi xavfsizlik tеxnikasi qoidalarini so‘zlab
bеring.
Mеtall va qotishmalar turlari bilan tanishish.
Jihozlar: mеtall tunuka va sim namunalari (qora va oq tunuka,
yupqa va qalin tunuka, po‘lat va mis sim).
Ishni bajarish tartibi
1. Mеtall va qotishmalar namunalari tashqi ko‘rinishi bilan tanishib
chiqing.
2. Har bir namunaning rangini aniqlang.
3. Mazkur namunaning qora yoki rangli mеtall turiga mansubligini
ayting.
4. Har
bir namunadagi mеtall yoki qotishma nomini aniqlang.
Detallarni payvandlash yordamida biriktirish
Metall buyumlarni yuqori harorat hisobiga bir-biriga ulash
payvandlash deb ataladi.
Qizdirish usuliga qarab payvandlash gazli yoki elektrpay-
vandlash deyiladi.
Gazli payvandlash qalinligi uncha katta bo‘lmagan metall
jismlarni ulash uchun ishlatiladi. Bunda issiqlik manbayi, yo-
nuvchi gazning (atsetilen, propan, vodorod va boshqa) kis-
lorodda yonishi hisobidan paydo bo‘ladi. Ko‘pincha atsetilen
bilan texnik kislorod qo‘shilmasi ishla
tiladi.
26-rasmda gaz bilan payvandlash uchun kerak bo‘lgan usku-
nalar tasvirlangan. Oq rangli ballonda atsetilen bo‘ladi. Atseti-
len vintel va reduktor orqali chiqadi. Kislorod ko‘k rangdagi
ballondan reduktor orqali chiqadi. Ikkala gaz shlanglar orqali
qizdirgichda qo‘shiladi. Atse tilen va kislorodning ma’lum nis-
batida yonish harorati 3150°C ga ko‘tariladi.
Gaz bilan payvandlanayotgan
paytda payvand tizimi uchun me-
tall sim ishlatiladi. Payvandla-
nayotgan metall va ishlatiladi
gan
simning kimyoviy tarkibi bir-biri-
ga yaqin bo‘lishi kerak.
Maxsus qizdirgich va gaz bilan
payvandlash uskunasi yordamida
kesish ham mumkin. Kesish me-
tallni 1000–1180°C haroratgacha
qizdirishdan boshlanadi. Keyin
kislorodning qirquvchi oqimi qi-