TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
“ TEMIR YO’LLAR ELEKTR TAMINOTI ” kafedrasi
ET-712 guruh talabasi ATOYEV AKBARning yozgi amaliyot bo’yicha “SIGNALIZATSIYA, ALOQA VA HISOBLASH TEXNIKASINING
INSHOOT VA QURILMALARI “ mavzusida yozgan
HISOBOTI
Tayyorladi: ET-712 guruh talabasi
ATOYEV AKBAR
Tekshirdi: QUBONOV ISLOM
MAVZU: SIGNALIZATSIYA, ALOQA VA HISOBLASH TEXNIKASINING
INSHOOT VA QURILMALARI
REJA:
Texnika xavfsizlik qoidalari.
Signallar va strelkalar.
Stansiya blokirovkalari.
Aloqa, SSB va aloqa liniyalari.
Biz talabalar o’quv amaliyotiga kirishishimizdan oldin texnika xavfsizlik qoidalarini diqqat bialn o’rganishimiz lozim. Va bu qoidalarni o’rganmasdan turib ishga kirishishimiz qatiyan taqiqlanadi.
Texnika xavfsizligi bo'yicha ko'rsatma olgan talabalar qaydlar jurnaliga imzo qo'yishlari kerak.
1000V gacha bo'lgan elektr uskunalarda olingan jarohatlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, ko'pchilik baxtsiz hodisalar texnika xavfsizligining elementar qoidalarini buzish oqibatida va tok urish masalasiga ehtiyotsizlik bilan qarash oqibatida sodir bo'ladi.
Tokning inson a'zolariga ta'siri murakkab va o'ziga xos shakllarda namoyon bo'ladi. Ular quyidagilarga bo'linadi: 1) ELEKTR ZARBA - bu tok o'tganda butun a'zolarning jarohat olishi; 2) ELEKTR JAROHATLAR - bu tashqi mahalliy jarohatlardir (kuyish, terini metallanishi, elektr belgisi va boshqalar).
Ko'proq elektr zarbalar xavf tug'diradi. Tokning inson a'zolariga ta'sirini tushuntiruvchi qator nazariyalar mavjud. Miya markazlarining elektr tug'yonlanishi nazariyasi eng ishonchli nazariyalardan biri hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko'ra, tok miya markaziga, yurak va nafas olishni boshqarish markazlariga ta'sirlari yurakning bir maromda ishlashiga to'sqinlik qiladi va nafas olishning to'xtashiga olib keladi. Bular tok urishining asosiy alomatlari hisoblanadi.
Ko'plab tadqiqotlar natijasida, hamda inson organizmining shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib, 0,01-0,02 A gacha tok inson uchun xavfsiz hisoblanadi. Lekin, 0,05 A tok xayot uchun xavfli, chunki uning ta'siri hushdan ketishga olib kelishi mumkin. 0,1 A va undan ortiq miqdordagi tok esa inson o'limiga sabab bo'lishi mumkin. Inson tok ta'sirida qancha ko'proq bo'lsa, u shuncha ko'proq jarohat oladi va uni qutqarilishiga imkoniyat shuncha kam bo'ladi.
Kuchlanish ta'sirida bo'lgan apparatlar tok o'tkazuvchi qismlarini, har xil qutbli tok o'tkazgichlarni, tok o'tkazgich va yerlatgichlarni qo'l bilan ushlash XAYoT UChUN XAVFLIDIR.
Elektr sxemaga o'zgartirishlar kiritish u manbadan ajratilgan holatda amalga oshiriladi. Qurilmada kuchlanish mavjud emasligini albatta tekshirib ko'rish lozim. Sxema kuchlanish ta'sirida bo'lganda uni o'zgartirish TA'QIQLANADI.
Apparatlar, asboblar metall korpuslari, tok va kuchlanish o'lchash transformatorlarining ikkilamchi chulg'amlari doimiy ishonchli himoya yerlatgichiga ega bo'lishi talab etiladi. Tok transformatorlarining ikkilamchi chulg'amlari o'lchash asboblariga ulanmagan holatda albatta qisqa tutashtirilgan bo'lishi lozim.
Uzgich-ulagichni zudlik bilan ajratish - elektr toki bilan jarohatlangan insonga yordam berishdagi dastlabki harakatdir. Har bir talaba elektr toki bilan jarohatlangan insonga birinchi yordam ko'rsatishni eplay olishi lozim.
Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik qimmatbaho elektr uskuna, asbob va stendlarni ishdan chiqishiga ham olib kelishi mumkin.
3.2. 1000 V dan ortiq kuchlanishda elektr xavfsizlik qoidalari
Hozirgi kunda elektr xavfsizlik nuqtai nazaridan elektr uskunalarning kuchlanishlar bo'yicha tasniflanishi mavjud: 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uskunalar texnika xavfsizligi bo'yicha texnik tadbirlar 1000 V gacha kuchlanishli elektr uskunalarnikidan ancha farq qiladi.
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uskuna joylashgan xonalar eng xavfli xonalar turiga kiradi.
50 Gs sanoat chastotali sinusoidal o'zgaruvchan tok xavfliroq hisoblanadi. U inson asab tizimiga qattiq ta'sir ko'rsatadi va mushaklarni kuchli qisqarishiga olib keladi, bu esa, o'z navbatida, odamni kuchlanish ostida bo'lgan elektr uskuna qismi bilan kontaktda ushlab turadi va, natijada, jarohatlanuvchi mustaqil ravishda tokli qismlardan o'zini xalos qila olmaydi. Chastota ortishi bilan o'zgaruvchan tokning xavfli ta'siri kamayishi mumkin.
Mast va qattiq hayajondagi odam hamda yurak, o'pka kasalligi bilan kasallanganlar tok ta'siridan ko'proq jarohat oladilar.
Inson tanasini teri-dielektrik bilan o'ralgan o'tkazgich sifatida qarash mumkin. Terini ionlanishi dielektriknikidek tanadan tok o'tishini ta'minlaydi.
Inson tanasidan o'tayotgan tok taxminan quyidagi munosabat bilan ifodalanishi mumkin:
bunda U - kuchlanish; Ro - tana qarshiligi; k- tana qismini elektr uskuna qismi bilan kontaktlanish sharoiti va kuchlanish kattaligiga bog'liq daraja.
Tokdan jarohatlanish tarmoq kuchlanishi va tok yo'lidagi qarshiliklarga bog'liq. Qator tajribalardan kelib chiqib aytish mumkinki, tananing o'rtacha qarshiligi 1000 Om ga teng.
Teri kuchlanishning ma'lum qiymatigacha himoya qobig'i vazifasini bajarishi mumkin. O'rtacha quruq terining qarshiligi epidermis qadoq qatlamining qalinligiga bog'liq va 100000 Om/sm2 ga teng; nam terida esa 1000 Om/sm2 gacha kamayadi.
Epidermis qadoq qatlamining qalinligi va kuchlanish kattaligiga qarab terini teshilishiga sekundni bir necha ulushidan bir necha daqiqagacha vaqt kerak bo'ladi.
Kuchlanish qancha katta bo'lsa, tokning kattaligi ham shuncha katta bo'ladi. Terining qarshiligi qancha kam bo'lsa, shikastlanish xavfi shuncha katta bo'ladi. 12 V kuchlanishni xavfsiz deb hisoblash mumkin, xamda bunday kuchlanish issiq, nam va poli tok o'tkazuvchan binolarda ishlatiladi. Quruq binolarda 42 V deyarli xavfsizdir.
3 fazali tok 220/380 va 220/127 V, o'zgarmas tok kuchlanishi 120/140 V. Lekin shuni unutmaslik kerakki, noqulay sharoitlarda teri qarshiligi 800-1000 Om bo'lishi mumkin, shunda odam uchun 40-50 V ham xavfli hisoblanadi.
Sxema rezina taglik ustida turib izolyasiyasi buzilmagan egiluvchan o'tkazgichlar yordamida yig'ilishi lozim. O'tkazgichlarning uch qismlari 20-30 mm gacha klemmalarga ulash uchun tozalanadi. Klemma mahkam qotirilgan bo'lishi kerak. O'tkazgichlarning izolyasiyasi buzilgan bo'lsa, ishlash qat'iyan TA'QIQLANADI.
Saqlagichlar (himoya vositalari) tok kattaligiga mos bo'lishi kerak. Kuygan saqlagichlar uzgich-ulagich o'chirilgan holatda almashtirilishi kerak. Qo'lbola saqlagichlarni ishlatish TA'QIQLANADI.
O'zgarmas tok o'zgaruvchan tokka nisbatan biroz kamroq xavf tug'diradi. Mutaxassis olimlarning fikricha 0,025 A tok insonda falaj holatini, 0,1-0,25 A tok esa o'lim holatini keltirib chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |