Signalizatsiya, aloqa va hisoblash texnikasining inshoot va qurilmalari



Download 25,84 Kb.
bet8/10
Sana12.06.2022
Hajmi25,84 Kb.
#656877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ET-712 guruh Atoyev Akbar amaliyotdan hisoboti

Aloqa
41. Barcha uchastkalarda poezd dispetcherlik, stansiyalararo poezd, stansiya bo‟yicha, yo‟l-liniya, strelka aloqalari bo‟lishi kerak.
Avtoblokirovka, markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarda va barcha elektrlashtirilgan uchastkalarda energodispetcherlik va peregon aloqasi bo‟lishi kerak.
Kabel aloqa liniyalari bo‟lgan uchastkalar SSB va aloqa elektrmexaniklarining xizmat aloqasiga va energodispetcherlik aloqasiga ega bo‟lishi kerak.
Bundan tashqari, yo‟llarda poezdlar harakatini, biletlarni sotish va joylardagi korxonalar ishini boshqarish uchun magistral, yo‟l, yo‟l boshqaruv, bilet-dispetcherlik, vagon-dispetcherlik, axborot-hisoblash, mahalliy hamda telefon va telegraf aloqaning boshqa turlari bo‟lishi kerak.
42. Temir yo‟lning barcha uchastkalari poezd radio aloqasi bilan jihozlanishi kerak.
Poezd radio aloqasi poezd lokomotivlari, motorvagon poezdlari, maxsus o‟ziyurar harakat tarkiblari mashinistlarining: dispetcherlik uchastkasi ichida poezd dispetcheri bilan; peregonlarni chegaralovchi stansiya navbatchilari bilan; bir peregonda bo‟lgan ketma-ket yoki qarama-qarshi kelayotgan lokomotiv, motorvagon poezdi, maxsus o‟ziyurar harakat tarkibi mashinistlari bilan; temir yo‟l kesishmalari va depo navbatchilari bilan; ta‟mirlash ishlari rahbarlari va signalistlar bilan; poezd va ob‟ektlardagi harbiylashtirilgan qo‟riqlash o‟qchilari bilan; kabinadan tashqariga chiqqan mashinist yordamchisi bilan; yo‟lovchi poezd boshlig‟i (mexanik-brigadiri) bilan; vagon ta‟mirlovchi-qarovchilari bilan ishonchli ikki taraflama aloqani ta‟minlashi kerak.
Peregonlarning uzunligi, stansiyalarning berkitilishi yoki stansiya navbatchilarining navbatchiligini bekor qilinishi natijasida 15 km dan ortsa, poezd radio aloqasining yangi tizimi joriy qilinguniga qadar, peregonda ketib borayotgan poezd lokomotivlari, motorvagon poezdlari va maxsus o‟ziyurar harakat tarkiblari mashinistlarining eng yaqin stansiya navbatchisi bilan aloqasiga, poezd dispetcheri bilan ishonchli aloqa mavjud bo‟lgan holda yo‟l qo‟yiladi. Bunda, poezlar harakati xavfsizligini ta‟minlovchi mashinistlar, poezd dispetcheri va stansiya navbatchilarining o‟zaro hamkorlikdagi harakatlari tartibi va bunday peregonlar ro‟yxati DATK boshgaruvi raisi tomonidan o„rnatiladi.
Temir yo‟llarning o‟ta jadal poezd harakatlanishi va markazlashtirilgan dispetcherlik mavjud bo‟lgan uchastkalarida tatbiq qilinayotgan yangi poezd radio aloqasi tizimlari, mazkur bandda ko‟rsatilgan xodimlarning o‟zaro ikki tomonlama ishonchli aloqasini, peregonlar uzunligining qanday bo‟lishidan qat‟iy nazar, ta‟minlashi kerak.
Poezd radio aloqasining texnik normativlari va foydalanish qoidalari DATK boshgaruvi raisi tomonidan o„rnatiladi, poezd radio aloqasining nosozligi vaqtida harakat xavfsizligini ta‟minlash tartibi esa, O‟zbekiston Respublikasi temir yo‟llarida poezd harakati va manevr ishlari bo‟yicha yo‟riqnomada ko‟zda tutilgan.
43. Stansiyalarda texnologik talablardan kelib chiqib stansiya radio aloqasi, ikki taraflama park aloqasi va yo‟lovchilar uchun axborot aloqasi qo‟llanilishi kerak.
Stansiya radio aloqasi: manyovr va tepalik radio aloqasi, stansiya texnologik markazlari radio aloqasi, vagon va lokomotivlarga texnik xizmat ko‟rsatish punktlari, vagonlarni tijorat ko‟rikdan o‟tkazish punktalari radio aloqasi, konteyner maydonchalar radio aloqasi, texnik vositalar (SSB, aloqa, yo‟l, kontakt tarmog‟i va boshqalar) ni ta‟mirlash va ularga xizmat ko‟rsatish brigadalari, harbiylashtirilgan qo‟riqlash bo‟linmalari radio aloqasi tarmoqlarida, ikki taraflama aloqani ta‟minlashi kerak.
Bir stansiya ichida har xil manyovr rayonlari uchun bir xil radiochastotalarni qo‟llash mumkin emas. Stansiyaning har bir manyovr rayoni uchun va unga xizmat ko‟rsatuvchi lokomotivlar uchun alohida radiochastota ajratiladi.
Ikki taraflama park aloqasi qurilmalari park chegarasida yaxshi eshitilishni ta‟minlashi kerak. Bu qurilmalar temir yo‟l hududidan tashqarida shovqinni kamaytirishga yo‟naltirilgan ish olib borishi kerak.
Poezd va manyovr ishlari xaqida ko‟rsatmalarni uzatishda, shuningdek, yo‟lovchilarni axborot bilan ta‟minlashda qo‟llaniladigan ikki taraflama park aloqasi qurilmalari doimo ish holatida bo‟lishi, aloqa kanallarining uzluksiz ishlashini ta‟minlashi, yoqiqlilik holati nazoratiga ega bo‟lishi kerak.
44. Stansiyalar va dispercherlik uchastkalaridagi poezd va stansiya radio aloqasi qurilmalari (DATK boshgaruvi raisi belgilagan ro‟yxatga binoan) so‟zlashishlarning hujjatlashtirilgan qayd qilish tizimi bilan jihozlanishi kerak.
So‟zlashishlarning hujjatlashtirilgan qayd qilish tizimidan foydalanish tartibi DATK boshgaruvi raisi tomonidan o„rnatiladi.
45. Peregonlar va yuk tashish hajmi katta liniyalar stansiyalarida ta‟mirlash ishlarini boshqarish uchun ta‟mirlash bo‟linmalarining ish boshqaruvchi bilan, ish boshqaruvchining lokomotiv mashinistlari va tegishli xizmatning navbatchi apparati bilan ikki taraflama ishonchli aloqasini ta‟minlash uchun ko‟zda tutilgan ta‟mir-tezkor radio aloqa qo‟llanilishi kerak.
Bu aloqa bilan jihozlanuvchi uchastkalar ro‟yxati DATK boshgaruvi raisi tomonidan tasdiglanadi.
46. Poezdlar harakati bilan bog‟liq bo‟lmagan masalalar bo‟yicha poezd dispetcherlik va strelka aloqasidan foydalanish man etiladi.
Markazlashtirilgan ijro postlari, strelka postlari va stansiya navbatchisining telefonlaridan boshqa telefonlarni strelka aloqasi tarmog‟iga ulash taqiqlanadi.
Poezd dispetcherlik aloqasiga faqatgina stansiya navbatchilari, manyovr dispetcherlari, operatorlari, lokomotiv depo va almashtirish punkti navbatchilari, energodispetcherlar va lokomotiv dispetcherlari, signalizatsiya va aloqa distansiyasi muhandis navbatchilari, davlatlararo TXP (texnik xizmat ko‟rsatish punkti) va TKP (tijorat ko‟rigi punkt) lari navbatchilarining telefonlarini ulashga ruxsat beriladi. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchatskalarida poezd dispetcherlik aloqasiga DATK boshgaruvi raisi ruxsati bilan pereezdlar navbatchilarining telefonlarini ulashga ham yo‟l qo‟yiladi.
Shtatida tashishlarni tashkil qilish boshqarmasining navbatchi xodimlari bo‟lmagan yoki bo‟lsa ham ularning kecha-kunduz navbatchilik qilishi ko‟zda tutilmagan stansiyalarda stansiya boshlig‟i, SSB elektrmexanigi va elektrmonterlari xonadonlarida o‟rnatilgan telefonlarni poezd dispetcherlik aloqasiga ulashga ruxsat etiladi.
Xonadonlarda o‟rnatilgan telefonlarni poezd dispetcheri, maxsus pribor orqali faqatgina so‟zlashuv uchun ketadigan vaqtga ulaydi.
Peregonlarda poezd dispetcherlik aloqasi simlariga drezina haydovchilari (majburiy to‟xtash vaqtida), tiklash va o‟t o‟chirish poezdi boshliqlari, SSB elektrmexaniklari, tiklash, yo‟l ishlari va elektr ta‟minot qurilmalari bo‟yicha ishlarning ish boshqaruvchisi ko‟chma telefonlarini vaqtincha ulashga ruxsat beriladi.
Stansiyalararo poezd aloqasiga faqatgina stansiya navbatchilarining telefonlarini, avtoblokirovkali uchastkalarda, bundan tashqari, peregon aloqa telefonlari va pereezd navbatchilarining telefonlarini ulashga ruxsat beriladi.

Download 25,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish