Kompazitsion usul (sintaksis)
Mustaqil so’zlarni o’zaro bir-biriga qo’shish orqali yangi sifat yasaladi. Bodomqovoq (ot+ot); tezpishar (ravish+fe’l): umumbashariy (olmosh+sifat);
beshotar, ishyoqmas, kamquvvat, hozirjavob, osmono’par, shirinso’z, mehnatsevar,
qorasoch, mehmondo’st, toshbag’ir, jonkuyar, bodamqovoq, sheryurak, mallasoch, qirg’iyko’z, qorasoch
SIFATLARNING OTLASHUVI
Sifat bogianib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning ma’nosi ham sifatga yuklanadi. Natijada sifat otlashib, egalik, kelishik, ko‘plik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘ladi va ot bajargan sintaktik vazifalarda keladi.
1. Sinfimizda a’lochi o‘quvchilar soni tobora ortib bormoqda. 2.Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega boiadilar. 3. Oramizda bilimdon o‘quvchilar ko‘p.
Dangasa odamning bahonasi ko‘p.
Otlashgan so’zlarni tagiga chizing: 1. Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan — dog‘. 2. Ilg‘orlaiga mukofotlar topshirildi. Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari bo‘lsa, olovdan uzoq- roq o‘tirishar edi. 3. Dono, aqllilar hech qachon yo‘ldan adashmaydi. 4. Endi senlar o‘qib, oq- qorani taninglar, — deydi Xoliyor amaki. — Hozir dunyo ilmli odamlarniki 5. Bilimli biladi bilim hurmatin, Bilimsiz ne bilgay bilim qiymatin. 6. Yomon-u yaxshini xulqidin anglag‘il, Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil. 7. To'g'ri o'zadi, egri to‘zadi. 8 To‘g‘rining gapi sariyog', egrining gapi to‘mtog. 9.Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lsang, Yomondan burun
o‘lasan. Yaxshi bilan sirdosh bo‘lsang, Yaxshilik bilan unasan. 10. Dono — durdan a’lo. 11. Baxilning qo lida oy bo‘lsa, olamni yoritmas. 12. Kattaga katta bo‘l, kichikka — kichik. 13. Hunarli o‘lmas, hunarsiz kun ko‘rmas. 14. Achchiqni achchiq kesar
SIFATLARNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI
SODDA SIFAT: Bir asosdan iborat bo‘lgan sifatlar sodda sifatlar sanaladi.
tub sifat: sifat yasovchi qo’shimchalar bo’lmatdi: qizil, sariq, shirin, go’zal, qizg’ish, oqish, katta, kattaroq, qoramtir
yasama sifat: sifat ysaovchi qo’shimcha bo’ladi: sershovqin, mevali, erkin, qochoq, oysimon, achchiq..
QO‘SHMA SIFAT: Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar
qo’shma sifatlar hisoblanadi.
Qo‘shma sifatlar, asosan, qo‘shib yoziladi. Erksevar, ochko‘z, kulrang, mehmondo‘st, devqomat, sheryurak.
JUFT SIFATLAR: O‘zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat juft sifat hisoblanadi. Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi. Qing'ir-qiyshiq, g‘adir-budur, egri-bugri, katta- kichik
Do'stlaringiz bilan baham: |