Ohang usul: Тarkibidagi birinchi yoki ikkinchi unlini cho‘zish yo‘li bilan:
achchiq — a:chchiq, uzun — u:zun; chiroyli — chiro:yli kabi;
Leksik usul: Sifat oldidan juda, eng, bog’oyatda, g‘oyat, nihoyatda, behad singari so‘zlarni qo‘shish yo‘li bilan: yaxshi-juda (behad, g‘oyat, nihoyatda) yaxshi kabi.
1. Hamma yoq top-toza. 2. Yomg‘irda cho’ milgan ko‘z ilg‘amas ulkan bog‘, qizil qum sepilgan xiyobonlar, hilol va yulduz shaklidagi gulzorlar yanada go‘zalroq, yanada so‘limroq ko'rinardi. 3. Dunyoda eng orzumand xalq o‘zbek bo‘lsa ajabmas. 4. Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko‘ngilchan, zahmatkash ayol
Ozaytirma darja: Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi shakl sifatning ozaytirma daraja shakli hisoblanadi.
Leksik usul: sifat oldidan sal, picha, ozgina, xiyol, biroz kabi so‘zlarni keltirish yo‘li bilan: to‘la — sal to‘la, achchiq — ozgina achchiq;
Sintaktik usul : sifat oxiriga — roq, — (i)sh, (i)mtir qo‘shimchalarini qo‘shish orqali: sariq— sariqroq (sarg‘ish, sarg‘imtir) kabi.
Bular ichida — roq qo‘shimchasi biroz, sal, ba’zan nim, och so‘zlari bilan sinonim bo‘lib keladi. Shuning uchun ularni ko‘pincha birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin bo‘ladi. Masalan, qizilroq — sal qizil, biroz qizil, och qizil kabi.
Shamning qizg‘ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. 2. Maxsum kichkinagina, ozg‘in, siyrak soqoli-yu qop-qora yuzidan yoshini chamal- ab bo'lmaydigan bir odam edi. 3. Shunda ulg‘aydi bo‘yi, Ko‘ring bo‘ldi yigitcha. Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko‘z, Sarg'ish soch-u oppoq yuz.
ASLIY VA NISBIY SIFATLAR
Belgini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalaydigan va uni darajalab ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: go‘zal, chiroyli, shirin, oq, aqlli, yuzaki.
Belgini to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi: qishki, ко ‘chma, derazali, devoriy.
mazali, go‘zal, chiroyli, ro‘molli, sermeva, erksevar, paxtali, tonggi, so‘nggi, kuzgi, chillaki, yuzaki, qora, qizil, qishki, soyaki, xushbichim, do‘ppili, beor,
serg‘alva, devsifat, devoriy
Asliy va nisbiy sifatlaming tagiga chizing, ularni izohlang.
Hovlimizda ko‘cha eshikdan kiraverishda kichkina, g'ishtin uycha bor. 2. Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo'lgan buyuk shaxs edi. 3. Uning jussasi kichkina bo‘lsa ham yuzlari jiddiy, boqishlari o'tkir, ovozi esa jarangdor.
Yonbag‘irlarda rango-rang tovlanib, xushbo‘y atrini taratayotgan gullarga nazar tashlayman. 5. U oltmishlarga borib qolgan bo‘lsa-da, yoshlardek ikki beti qip-qizil, serg‘ayrat va tavakkalchi odam edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |