SIFAT-SO`Z TURKUMINI O`QITISH USULLARI Mundarija Kirish I BOB. Boshlang’ich sinflada sifat so’z turkumining o’rganilishi. 1.1. Sifat yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosini o‘tish.
1.2. Sifatni o’rganish metodikasi.
II BOB. Sifat so`z turkumini o`qitish usullari 2.1. Boshlang’ich sinflarda sifat so’z turkumini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish.
2.2. Sifat so’z turkumini o‘rganishda interfaol usullarni qo’llash.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Yangi pedagogik bilimlar ko‘lami Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida kengayib bormoqda, tadqiqot yo‘nalishlari erkin shaxsni shakllantirish muammolariga qaratilyapti. Bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonida ta'limning turli o‘qitish metodlaridan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Ona tili darslari innovatsion texnologiya asosida tashkil qilinganda, asosan, o‘quvchilarda hamkorlikda ishlash ko‘nikmasi shakllanadi, umumiy vazifalar yechimini topishda bir-birlariga ko‘mak beradilar, o‘quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlash malakalari tarkib topadi, o‘quvchilar o‘z ishlari natijasiga, o‘qishga, ta’lim olishga shaxsan mas’ullikni his qiladilar.
Ayni paytda har qanday o‘quv maskanlarida muammoli o‘qitish texnologiyasi samarador hisoblanadi. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish bo‘lib u ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi.
Kurs ishini maqsadi: Sifat so’z turkumini o’qitishda interfaol metodlar asosida o’qitilishi haqidagi fikrlar bayon qilingan. Qo’llanilgan interfaol metodlar haqidagi nazariy ma’lumotlar berilmasdan, aynan sifat so’z turkumining o’qitishga qaratilganligi bilan dolzarbdir. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarga sifat-so’z turkumi haqidagi bilim berishda interfaol metodlar bilan ishlash yaxshi natija beradi.
Kurs ishini vazifasi: O’quvchilarning so’z boyligini oshirish ona tili mashg’ulotlarining asosiy vazifalaridan biri ekan, ularni so’z turkumlari bilan tanishtirish, nutqda ulardan to’g’ri foydalanish malakalarini shakllantirish muhim masala hisoblanadi.
Sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O’qituvchi atrofimizni o’rab olgan predmetlarning o’z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi.
O’quvchilarni o’z fikrini aniq va ta’sirchan ifodalashga o’rgatishda belgi bildirgan so’zlar – sifatlarni o’rgatishda ”Davra suhbati”metodi alohida o’rin tutadi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida sifatning rang, shakl, maza, hajm, xususiyat bildiruvchi ma’no turlari o’rganiladi. Biz mazkur maqolamizda rang bildiruvchi so’zlar ustida ishlash orqali o’quvchilar lug’atini boyitish yuzasidan olib borgan tajribalarimiz bilan o’rtoqlashishni maqsad qilib oldik.
Bir qaraganda rang bildiruvchi sifatlardan o’quvchilar bemalol va kerakli o’rinda foydalanadigandek ko’rinadi. Aslida esa boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darsliklarida uchragan rang bildiruvchi sifatlarning badiiy nutqda qo’llanadigan turlaridan o’quvchilar nutqda foydalanmayaptilar. Chunki rang bildiruvchi sifatlarning ma’nosini – qanday rangni bildishini o’rgatishga e’tibor berilmaydi. SHu sababli o’quvchilar ko’p hollarda ayrim so’zlarning ot yoki sifat ekanini farqlamaydilar.