Bu olmoshi XVIII-XIX asrlarda bul variantida ham qo’llangan. Uning tafsiloti quyiroqda beriladi.
Ul olmoshi so’zlovchiga masofa жihatdan uzoqroq bo’lgan predmet va uning belgisini ko’rsatish uchun qo’llangan va bu жihatdan bu olmoshi bilan zidlanishni (oppoziцiyani) hosil qilgan: G’amza birlә tөkti qanыm ul sanam (Lutfiy).
Ul olmoshining u varianti ham iste’molda bo’lgan: Mahsharda g’ālыbākim, u kүn kөrmәgәy azāb (Lutfiy).
Ilmiy adabiyotlarda ul (u) olmoshining ān varianti haqida fikr yuritiladi, aslida ān olmoshi fors tilidan o’zlashgan bo’lib, fonetik жihatdan ul olmoshiga aloqasi yo’q.
Ul olmoshining kelishiklar bilan turlanish xususiyatlari ul kishilik olmoshi bilan aynandir.
Ush so’zi haqida. Ilmiy adabiyotlarda bu so’z olmoshlar tarkibiga kiritiladi, lekin uning matndagi qo’llanish xususiyatlari boshqa olmoshlarga quyiladigan morfologik talablarga жavob bermaydi, ya’ni u kelishik va ko’plik affikslarini qabul qilmaydi, lekin ko’rsatish olmoshi semantikasiga mos kela oladi, demak, u grammatikaning asosiy talabi, ya’ni kategorial belgilarni qabul qilmas ekan, uni olmoshlar tarkibidagi masalada munozara mavжud.
Ush so’zi hozirgi o’zbek tilidagi mana so’ziga ekvivalentdir. Ma’lum bo’ladiki, mana so’zi olmosh deb e’tirof etilmayotgan ekan, ush so’zini ham olmosh deb qarash mumkin emas, lekin bu so’z XIII-XIV asr yodgorliklarda faol qo’llangan: Qadah evrүldi ush bostān ichindә (MN). Zulfuң dag’ы ul kāfur ush imān aladur-la (Lutfiy). Lekin bu so’z ushbu, oshul, oshal, shul olmoshlarining hosil bo’lishida qatnashgan.
Ushbu (ush+bu) olmoshi nutq momentidagi predmet va belgini ko’rsatadi: Ushbu dam erүr жānnың futuhi (MN). Lekin bu so’z o’zgarishlar yuz bergan, orttirma -n paydo bo’lgan, b tovush -m sonoriga o’tgan: Lutfiy — munda; YAqiniy — munuң-dek.
Oshul (ush//osh+ul) ko’rsatish olmoshi XV—XIX asrlar yozma manbalarida iste’molda bo’lgan, tinglovchiga oldindan ma’lum shaxs, narsa hodisalarni ko’rsatadi: Faryādыm oshul yergә yetibtur (Lutfiy). Oshul yerdә yattuq (SH. tar.).
Oshal (ush//osh+ul//al) olmoshi oshul olmoshining variantidir: Oshal kүnkim meni yazdān(olloh) yarattы (MN). Oshal suvlarnың aralarыnda oltururlar erdi (SH.tar.).
Osha, oshu olmoshlari ushbu, oshul, oshal olmoshlarining qisqargan shaklidir: Oshu sөz birlә (SHN). Osha үstүndә toң birlә muz bar turur (O’N).
Shul (ush/osh/sh+ul) olmoshi bu, u, oshul, oshal olmoshlarining fonetik o’zgargan va qisqargan shaklidir: SHul erүr aybыm Muqimiy, mardumi Farg’āna-men (Muq.). SHul zamānkim alur Urgәnchni ol/ salur, albatta, Xurāsān sarы yol (SHN).
Shul olmoshi bu olmoshining bul shaklida shakllanishiga ham sabab bo’lag, chunki shul-bul analogiyasi va oppoziцiyasi uchun u qulaylik tug’dirgan. Aksincha, bu olmoshi shul olmoshiga oppoziцiyada turib, uning ta’sirida shu variantini yuzaga keltirgan.
o’nә, mәnә, muna so’zlari ham semantik жihatdan olmosh funkцiyasiga yaqin turadi, lekin ular aslida ko’rsatuv undovlaridir. o’ne qaddu, әnә husnu, әnә xulq (Furqat). Muna sөziniң жāvabы tedi (SH.turk.).
Eski o’zbek tilida fors tilidan o’zlashgan va ulardan yarim kalьka qilingan olmoshlar ham qo’llangan. Ular quyidagilar:
Hamin olmoshi. U ham (ta’kid yuklamasi)+in (bu) tarkibidan iborat bo’lgan va ushbu olmoshi ma’nosiga ekvivalent bo’lgan: Bale, yalg’uz hamin ālamda sen-sen (Lutf.). Meniң haqыmda qыlur-sen hamin жafā havasin (Atoiy).
Hamān olmoshi ham ham+an(u) so’zlaridan tarkib topgan va eski o’zbek tilida hamin olmoshi kabi ushbu olmoshiga ekvivalnt bo’lgan, ayni zamonda, uning hamun varianti ham qo’llangan: Tag’ hamān allыda hamun-hamun (Navoiy). Lekin keyinchalik hamun varianti iste’moldan chiqib ketdi, hamān so’zi esa semantik o’zgarishga uchrab, ravish so’z turkumiga o’tgan.
Fors tilidan o’zlashgan yuqoridagi olmoshlar eski o’zbek tilida yarim kalьkalanib, hamul variantida (ham+ul) ham qo’llangan: Qoyar erdi hamul vādiy sarы yүz// Qыlыb qat’ allыda tag’ olsa, gar tүz (Nav.Xamsa).
Bu olmoshlar ham keyinchalik iste’moldan chiqib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |