Sifat darajalari.
Sifat darajalarining turkiy tillarga xos har uchala turi va har bir turning ifodalanish usullari bu davr tilida ham mavжud.
Hozirgi va o’tmish lingvistik adabiyotlarda sifatning oddiy, qiyosiy va orttirma daraжalari haqida fikr yuritib kelingan va unda rus tili qolipidan kelib chiqilgan. O’zbek tilidagi sifatlar esa bu qolipga tushmaydi, balki oddiy daraжa, belgining kamligi darajasi va belgining ortiqligi – kuchaytiruv darajasini farqlash imkoniyatini beradi.
Oddiy daraжa. Boshqa daraжalarning hosil bo’lishi uchun negiz vazifasini baжaradi va belgi neytral daraжada bo’ladi. Bu shakl “nolь” shakl bo’lib, unda affiks qatnashmaydi.
Belgining kamligi esa bir necha affikslar orqali hosil qilinadi:
-raq/-rәk.
Kim ki ulug’raq, aңa xыdmat kerәk
Ul ki kichikrәk, aңa shafqat kerәk.
(Xamsa).
-mtul. Qыzыmtul, qaramtul, yashыmtul (Maboinul-lug’at).
Belgining kamligi daraжasida sifatga xos bo’lgan asosiy belgining kamligini bildirmaydi, balki boshqa belgida sifat ifoda qilayotgan belgidan qisman mavжudligini anglatadi.
Belgining ortiqligi va kuchliligi daraжasi. Bu daraжa sifatlarni to’liq va to’liqsiz takrorlash hamda sifat oldidan ravishlarni keltirish orqali hosil qilinadi.
To’la takror: Meңizlәri gүl-gүl, qabag’larы keң-keң (Navoiy). Ba’zan bunday sifatlarning birinchi qismida chiqish kelishigi affiksi ham qatnashadi va ma’noning yanada kuchaytirilishiga xizmat qiladi: Zāhirim avqātы yamandыn-yaman (Navoiy).
To’liqsiz takror. Bunda birinchi bo’g’in p, m undoshlari ishtirokida takrorlanadi: ap-achыg’, ap-aq, yup-yumalaq, chup-chuqur, yәm-yәshil (Navoiy ML.).
Sifat oldidan ravish so’zlari keltiriladi: Bag’ayat biyik kishi (Navoiy), asru keң (Bobir).
Ta’kidlash zarurki, -raq/-rәk affiksli shakllarda qiyos ma’nosi yo’q emas, balki belgining kamligi ma’nosi bosh ma’nodir.
Sanoq sonlar. Eski o’zbek tilida sanoq sonlar kishi, narsa hamda hodisalarning sanog’ini bildirgan, sanoq sonlarning birlik, o’nlik, yuzlik, minglik va boshqa formalari qo’llangan. Sanoq sonlar sodda va murakkab formalar orqali ifodalangan, arab, fors-toжik, hind tillaridan o’zlashgan sanoq sonlar ham uchraydi.
Eski o’zbek tilida qadimgi turkiy tildagiga nisbatan sonlar jiddiy o’zgarishga uchragan emas, lekin o’ziga xos tizim hosil qilgan. Ayniqsa, murakkab sonlar hozirgi normalarga yaqinlashgan. Bu davr tilida tөrt yigirmi (14), altы elig (46), otuz artuqы uch (33) kabi murakkab sonlar qo’llanishdan chiqqan.
Sodda sanoq sonlar eski o’zbek tilida tanglay garmoniyasi talabiga ko’ra qattiq va yumshoq variantlarda qo’llangan.Sodda sanoq sonlar quyidagicha ko’rinishga ega: bir soni, asosan, yumshoq talaffuz qilingan: bir birigә qatыla berdilәr (Amiriy). Biri birigә baqmay (BN).
XVIII —XIX asr yozma manbalarida bir sonini qattiq talaffuz qilish holatlari ham uchraydi: Bыr-bыrыg’a namahram et (Uvaysiy).
Ikki soni oldidagi unli -e yoki -i tovushlari orqali: eki, -ikki tarzida talaffuz kilingan. SHu bilan birga, iki soni tarkibidagi -k undoshi ba’zan tashdid orqali ifodalangan: eki, ekki, iki, ikki kabi. Bunday xilma-xillik she’riyatda aruzning talabi bilan yuz bergan.
XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda altы soni alta, yetti soni yette formasida uchraydi.
«Boburnoma»da, Gulxaniy, Munis asarlarida bir toqquz,toqquz- toqquz iborasi qo’llangan, har narsaning to’qqiztalik songa ega ma’nosini anglatgan: Bir toquz et va bir toquz parcha kelturәdi (BN). Meңә g’amdыn t o q u z-t o q u z tuhfa (Munis).
Yigirmә soni uch xil fonetik variantda iste’mol etilgan: yigirmә (BN); yigirmi (Navoiy, MN); igirmi (SH. tar.).
Do'stlaringiz bilan baham: |