Elik soni tarkibidagi -l undoshi dastlab ikkilanmagan, keyinchalik geminaцiyaga uchrab tashdid orqali ifodalangan: Elik (Navoiy, MN), ellik (BN).
XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarga arab, fors-toжik hamda hind tillaridan ba’zi sanoq sonlar o’zlashgan, o’zlashgan sanoq sonlar o’z formalarida qo’llangan. Fors-toжikcha: s a d h a z a r (Lutfiy); y a k –yak(Ogahiy); du bara (Muqimiy).
Hindcha lәk soni XVI—XIX asrlarga oid yozma manbalarda qo’llangan: Yuz mыңnы l ә k derlәr (BN); mың lәk somnы (Muqimiy).
«Boburnoma»da hindcha k ө r u r — (o’n million), arb (bir milliard), kөrb (yuz milliard), nayl (o’n trillion), padam (milli-trillion), saң (eng yuqori sanoq son) sanoq sonlari qo’llangan.
Dona sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda dona sonlar ifodalovchi formalar kam rivoжlangan, dona sonlar funkцiyasini turli son formalari baжargan. Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub», «Sab’ai sayyor», Muhammad Solihning «SHayboniynoma» asarlarida bir, ikki sanoq soniga –tә affiksi qo’shilib dona son hosil bo’lgan: birtә yarmag’ ikki bөlүb (Navoiy MQ); birtә өtmәkni iki bөlүb (Navoiy MQ).
XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda sanoq sonlar dona sonlar ma’nosida qo’llangan: Y e t i ag’zы anың otlar sachыb (Navoiy HA). Yүz mың baytы bar va bir qasida aytыbdur (Navoiy MN).
Numerativ so’zlar. Numerativ so’zlar XV—XIX asr yozma manbalari tilida ham deyarli sanoq sonlar bilan qo’llangan, bu davr yozma manbalari tilida numerativ so’zlarni qo’llash qadimgi turkiy hamda XI—XIV asr yozma manbalari tiliga nisbatan kengaygan. Eski o’zbek tilida ham numerativ so’zlar xarakteriga ko’ra turlicha ma’nolarni anglatgan. Numerativ so’zlar sanoq son bilan aniqlanayotgan so’zlar orasida qo’llanib, aniqlanmish so’zga nisbatan qo’shimcha aniqlik daraжasini oshirgan. SHuningdek, numerativ so’zlar ulush, miqdor, haжm, vosita birligi, masofa, to’da, o’lchov birligi, guruh, dona kabi qator ma’nolarni anglatgan.
Tartib sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalar tilida tartib sonlar asosan sanoq sonlarga affikslar qo’shilishi orqali hosil qilingan. Arab, fors-toжik tillaridan o’zlashgan sonlar leksik-semantik usul bilan ham tartib son ma’nosini anglatgan, ba’zan o’zlashgan tartib sonlar formasi ham qo’llangan.
-ьnchы,-inchi,-unchы,-unchi,-nchы,-nchi affiksi variantlari asosida tartib sonlar hosil qilish keng qo’llangan. -ьnchы, -inchi,-unchы, -үnchi affiksi undosh tovushlar bilan tugagan sanoq sonlarga, unli tovush bilan tugagan sanoq sonlarga -nchi, -nchы affiksi varianti qo’shilgan: ikkinchi, yetinchi,үchүnchi, tөrtүnchi, altыnchы, onunchы.
Tartib sonning birinchi formasi sostavli tartib sonlar tarkibida uchraydi: yigirmi birinchi fasl (Navoiy MQ); birinchi maqalat (Navoiy HA).
-lanchы (la-\-nchы),-lәnchi(lә-\-nchi) affiksi sanoq sonlarning qattiq, yumshoqligiga ko’ra qo’shilib, tartib sonlar hosil qilingan, bu affiks bilan tartib son hosil qilish Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub» asarida uchraydi, XVII asrdan boshlab -lanchы, -lәnchi affiksi orqali tartib son hosil qilish kengaygan: altыlanchы fasl (MQ), sekizlәnchi fasl (MQ), yetilәnchi arqada (SH tar.), beshlәnchi oqlы (SH. tar).
Avval so’zi birinchi tartib soni ma’nosida qo’llangan: Ul avval qыldы Gul vasfыnы āg’āz (Lutfiy ), Avval ayag’ыg’a tүshүb pәst bol (Navoiy HA).
Qadimgi turkiy yozma manbalarida ham tartib sonlar -nch, -ыnch, -inch, -unch, -үnch hamda -ntы, -nti, -ndы, -ndi affiksi variantlari orqali ifodalangan; -nti, -ndi formasi ikki soniga qo’shilgan. Birinchi tartib soni o’rnida ilk, ilki/ iliki so’zi ham qo’llangan: Ilki sү: birinchi askar.
«Devonu lug’otit turk» yozma obidasida tartib sonlar asosan -nch, -ыnch, -inch, -unch, -үnch hamda -ndi affikslari bilan ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |