Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi



Download 8,3 Mb.
bet97/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

4.1.2 Standartlar
Gid ISO/IEC 2 standartni quyidagicha ta’riflaydi:
Standart - umumiy kelishuv bo‘yicha o‘rnatilgan, umum tomonidan ma’qullangan va tan olingan, ushbu kontekstda buyurtmalarning optimal darajasiga erishish uchun qaratilgan harakatlar yoki natijalar uchun umum foydalanish yoki takroriy foydalanish uchun qoidalar, tavsiyalar yoki o‘ziga xos xususiyatlarni ta’minlaydigan hujjatdir.
Eslatma:
Standartlar ilm-fan, texnologiyalar va tajribaning birlashtirilgan natijalariga asoslangan bo‘lishi va hamjamiyatning optimal afzalliklarini olg‘a siljitishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, standartlarga bo‘lgan ehtiyoj hujjat formasiga (qog‘ozda yoki elektron) shart emas. Standartlashtirishning yuqorida aytilgan ta’rifidan foydalanish bilan standartni quyidagicha ifodalash mumkin:
Standart – amaldagi yoki potensial muvofiqlik muammosining ularning ehtiyojlarini muvozanatlash bilan qatnashuvchi tomon yoki qatnashuvchi tomonlarning foydasiga ishlab chiqilgan, ma’lum bir davr davomida yechimlar ular uchun mo‘ljallangan tomonlarning ko‘p soni tomonidan ko‘p marotaba va uzduksiz foydalanishi uchun mo‘ljallangan va shundan umid qilish bilan, cheklangan yechimlar jamlanmasining ma’qullangan spesifikatsiyasidir.
4.2 Standartlashtirish arenasi
4.2.1 Standartlarga bo‘lgan marshrutlar
2.1 rasm kompaniya o‘zi muhtoj bo‘lgan standartni qanday qilib olishini ko‘rsatadi. Bu – soddalashtirilgan sxemadir; masalan, rentabellik tahlili, siz buni qilasizmi-yo‘qmi – bular hisobga olinmagan, shuningdek davlat standartlashtirish tashkilotlari (GSOs) ham hisobga olinmagan. Tushuntirishlar quyida beriladi, raqamlar tekstga kiritilgan38.
1. Zaruriy standart aniqlangandan keyin birinchi savol bunday standart kompaniyadan tashqarida yoki kompaniyaning o‘zida mavjudmi degan savoldan iborat bo‘ladi. Bu savolga javob berish osonday bo‘lib tuyuladi, biroq aslida bunday emas. Aksariyat kompaniyalarning siyosati hech qanday tashqi standart bo‘lmaganda yoki tashqi standartlar mavjud bo‘lgani holda – kompaniyaning ehtiyojlarini qanoatlantira olmagan taqdirda o‘zlariing standartlarini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Tashqi standartlardan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega:
- Bu g‘ildirakni qayta qurish va shu bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning oldini oladi.
- Bu boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik qilishda foydali bo‘ladi, masalan, yetkazib beruvchilar u bilan allaqachon tanish bo‘lishi mumkin.
- Kompaniya standartlarni boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida qayg‘urmasligi lozim: SDO boshqarish to‘g‘risida qayg‘uradi va, umuman olganda, vaqti-vaqti bilan ularga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida ham qayg‘uradi.
2. Agar hech qanday qoniqarli standart bo‘lmasa va yangisi ishlab chiqilishi zarur bo‘lsa, boshqa tomonlar bilan hamkorlik qilish kerak yoki kerak emasligi masalasini hal qilish zarur bo‘ladi. Standart boshqa manfaatlarga ega bo‘lgan boshqa tomonlarga tegib o‘tadigan bo‘lsa, kompaniya bu manfaatlarni hisobga olishi lozim. U boshqalarni o‘zi ko‘rsatgan standartdan foydalanishga majbur qilishi mumkin bo‘lgan vaziyat birdan-bir istisno bo‘lishi mumkin. 60-yillarda IBM da ro‘y bergan hodisa bunga misol bo‘la oladi: periferiya asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchilar yoki "IBM korporatsiyasi" tomonidan o‘rnatilgan texnik talablarga moslashishi yoki hech narsa sotmaslikni tanlashi lozim bo‘lgan. Standart boshqa tomonlarga tegib o‘tmaganda, biroq kompaniyaning muvofiqlik muammolari o‘sha tomonlarnikiga o‘xshash bo‘lganda, hamkorlikni rivojlantirish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.
3. Kompaniya bo‘yicha kompaniya standartlarining soni odatda tashqi standartlarning soniga qaraganda ko‘p bo‘ladi. Biroq ularni ko‘pincha standartlar deb emas, masalan, protseduralar, yo‘riqnomalar yoki texnik shartlar deb atashadi.
4. Kompaniya standartni ishlab chiqish uchun hamkorlik qilishi kerak bo‘lganda tug‘iladigan birinchi savol kim bilan hamkorlik qilish kerak degan savol bo‘ladi.
“Ulushlar” manfaatdor tomonlar o‘rtasida aniqlab olinishi va baholanishi lozim. Mos keluvchi tomonlar va ularning mos keluvchi manfaatlari ma’lum bo‘lganda, yoki hech bo‘lmaganda qisman ma’lum bo‘lganda, turli tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tekshirish boshqa harakat qatnashchilarining standartlashtirish masalasi bo‘yicha holatini aniqlashdan boshlanadi. Boshqacha qilib aytganda, “standartlashtirish arenasi” SDOs ni identifikatsiyalashni va ularning xizmatlarini (agar bor bo‘lsa) o‘z ichiga olish bilan “kartaga kiritilishi” lozim.
Yuqorida aytilganlar asosida quyidagilarni baholashga urinib ko‘rish mumkin:
- standartni yaratish uchun zarur bo‘ladigan harakatlar;
- standartni haqiqatan ham yaratish mumkinligi imkoniyatlari;
- bu kompaniyaning ehtiyojlarini qay darajada qanoatlantira olishining kutiladigan darajasi (standart ko‘pincha turli xil manfaatlarni aks ettiradigan kelishuv bo‘ladi) va bu bilan bog‘liq bo‘lgan afzalliklar;
- agar mos keluvchi muammo hal qilinmasa, kutiladigan yo‘qotishlar.
5. Standart ishlab chiqishga qaror qilingandan keyin keyingi masala kimni – barcha manfaatdor tomonlarnimi yoki faqatgina ulardan ba’zi birlarini jalb qilish kerakligi masalasi bo‘ladi.
6. Har ikkala holatda ham SDO taklif qiladigan platformadan foydalanish yoki faqatgina tanlab olingan tomonlar bilan ish ko‘rishni tanlash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Keyingi variantni tanlashni berilgan holat uchun amaldagi standartlashtirish, ya’ni SDO ning qo‘llab-quvvatlashisiz standartlashtirish deb atash mumkin.
7. Hamma manfaatdor tomonlar rozi bo‘lgan taqdirda FSOs yoki SDOs ni tanlash mumkin. FSOs NSOs ni o‘z ichiga oladi. Xalqaro darajada yoki Yevropa darajasida FSOs da ishtirok etish umuman olganda faqatgina NSOs orqali mumkin bo‘ladi. Boshqa SDOs lar tashkilotning bo‘limlarini, sektorli SDOs ni, professional assotsiatsiyalar va sanoat konsorsiumlarini o‘z ichiga oladi. Biroq ular ko‘pincha manfaatdor tomonlarning barcha kategoriyalariga ishtirok etish imkonini bermaydi. Shu sababli harakat qatnashchisini tanlash, kimni taklif qilish SDO ni tanlashga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu tanlash shuningdek quyidagilarga ham bog‘liq bo‘ladi:
- standartlashtirish bo‘yicha taklif qilingan xizmatlar portfeli;
- bu xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlari;
- bu xizmatlarning unumdorligining bahosi/darajasi;
- SDO ning obro‘si;
- standartlarning kutiladigan sifati.
Amaliyotda tanlash bu yerda taklif qilinganiga qaraganda anchagina murakkab, chunki harakatlarga to‘siq bo‘ladigan ko‘pgina tashkilotlar mavjud, siyosiy qarashlar ham tanlovga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kuchli ta’sirga ega bo‘lish uchun ko‘pincha xuddi o‘sha mavzuni muhokama qilayotgan bir nechta komitetlarga qo‘shilish zarur bo‘ladi.
8. Qanday platforma tanlanishidan qat’iy nazar, standartlashtirish har doim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- mos keluvchi muammo uchun yechimlarni loyihalash;
- bu yechimlar asosida qaror qabul qilish;
- yechimlarni yozish;
- manfaatdor tomonlarga ma’lum qilinadigan standartlarni yaratish;
- standartlarni tarqatish.



Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish