Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi


Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha kompleks standartlar



Download 8,3 Mb.
bet73/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

9.5. Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha kompleks standartlar


Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi hukumati qabul qilgan qonnular, qarorlarga muvofiq tuziladi.


Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha standartlashtirish uchta kompleks standartlashtirishdan tashkil topgan. Bular GOST tizimida 12 kod bilan belgilangan “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST)”, 17 kod bilan belgilangan “Tabiatni muhofazalash va tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash sohasidagi standartlar tizimi (TMST)” va 22 kod bilan belgilangan “Favqulotda holatlarda xavfsizlik (FHX)” tizimlaridan iborat27.
Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) ishlab chiarishda va turmushda insonlarning sog‘lig‘ini muhofazalash maqsadida avariya va baxtsiz holatlarni oldini olish bo‘yicha muhim ijtimoiy vazifani bajaradi. Unda 350 dan ortiq standartlar mavjuddir.
Bu tizim dorasida mehnat xavfsizligi bo‘yicha barcha mavjud me’yoriy va me’yoriy-texnikaviy hujjatlarni, shuningdek tarmoq uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha ko‘plab me’yor va qoidalarni tizimlashtirilishi va o‘zaro aloqadorlikda amalga oshiriladi. MXST o‘zida mehnat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ko‘pdarajali o‘zaro aloqador standartlar tizimini namoyon etadi.
MXST tizimi (GOST 12.0.001 standati bo‘yicha) quyidagi guruhlardan tarkib topgan:
0 – Tashkiliy-uslubiy standartlar;
1 – Xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlarining turlari bo‘yicha talab va me’yorlariga standartlar;
2 – Ishlab chiqarish qurilmalariga xavfsizlik talablari standartlari;
3 – Ishlab chiqarish jarayonlariga xavfsizlik talablari standartlari;
4 – Ishchilarning himoya vositalariga talablar standartlari.
0” guruhi standartlari quyidagilarni o‘rnatadi:

  • mehnat xavfsizligi sohasida standartlashtirishning tashkiliy-uslubiy asoslarini (tizimning maqsadi, vazifasi va tuzilmasi, MXST standartlarini joriy qilish va rioya etilishi ustidan nazorat, mehnat xavfsizligi sohasidagi atamalar, ishlab chiqarishning xavfli va zararli faktorlarini sinflanishi va h.k.);

  • mehnat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ishlarni tashkillashtirishga (qoidalar) talablar (ishlovchilarni mehnat xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish, xodimlarni attestatsiyalash, mehnat xavfsizlik holatlarini baholash usullari va h.k.).

1” guruh standartlari quyidagilarni o‘rnatadi:

  • ishlab chiqarishning xavfli va zararli faktorlarining turlari bo‘yicha talablarni, ularning parametrlarini ruxsat etilgan qiymatlari va tavsiflarini;

  • ishlab chiqarishning xavfli va zararli faktorlarining me’yorlanadigan parametrlari va tavsiflarini nazorat qilish usullarini;

  • ishlovchilarni ishlab chiqarishning xavfli va zararli faktorlaridan himoyalash usullarini.

2” guruh standartlari quyidagilarni o‘rnatadi:

  • ishlab chiqarish qurilmalariga xavfsizlikning umumiy talablarini;

  • ishlab chiqarish qurilmalarining alohida guruhi (turi)ga xavfsizlik talablarini;

  • xavfsizlik talablarining bajarilishini nazorat qilish usullarini.

3” guruh standartlari quiydagilarni o‘rnatadi:

  • ishlab chiqarish jarayonlariga xavfsizlikning umumiy talablarini;

  • texnologik jarayonlarning alohida guruhi (turi)ga xavfsizlik talablarini;

  • xavfsizlik talablarining bajarilishini nazorat qilish usullarini.

4” guruh standartlari quyidagilarni o‘rnatadi:

  • himoya vositalarning turlari va xillari hamda alohida sinflariga talablarni;

  • himoyalash vositalarigi tekshirish usullarini;

  • himoyalash vositalarining sinflanishini.

Mehnat xavfsizligi sohasidagi standartlashtirish xalq xo‘jaligining barcha darajadagi boshqaruvlarini qamrab oladi. Bundan tashqari barcha toifadagi standartlarda va mateiallar, moddalar, ishlab chiqarish qurilmalarining texnik shartlarida hamda ishlab chiqarish jarayonlari, binolari, inshoatlari agarda ular xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining manbalari bo‘lib hisoblansa, “Texnika xavfsizligi” bo‘lim alohida holda majburiy ravishda bajarilishi nazarda tutilgan.
Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi korxonalarda MXST standartlari asosida MXST standartlarini ishlab chiqish, nazorat qilish va rioya qilish, ishlarni tashkillashtirish tartibi hamda mehnat xavfsizligi bo‘yicha boshqa me’yoriy hujjatlar, yong‘in va portlash xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish tartibini belgilovchi mehnat xavfsizligi bo‘yicha korxona stadartlari ishlab chiqiladi.
MXST standartlari talablari va me’yorlari majburiy ravishda barcha turdagi konstruktorlik, texnologik, loyiha hujjatlariga hamda mehnatni muhofazalash bo‘yicha yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarda keltiriladi. MXST standartlarining asosiy qoidalari davlat standartlashtirish tizimining tarmoq standartlarida keltirilgan.
Ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi, jarayonlar, mahsulotlar va xizmatlarning xavfsizligi hozirgi vaqtda ishlab chiqarish ob’ektlarini majburiy sertifikatlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham MXSTning standartlari majburiy sertifikatlashtirish tizimining asosiy me’yoriy bazasi bo‘lib hisoblanadi.
Xalqaro standartlashtirishda xavfsizlik masalalariga katta e’tibor qaratiladi. ISO va IEC tashkilotlari xavfsizlik talablari keltirilgan xalqaro standartlarni qo‘llash yo‘li bilan xavfsizlikni ta’minlashga intilishadi. Bular faqat xavfsizlik talablaridan yoki boshqa texnikaviy talablar bilan bir qatorda xavfsizlik talablaridan tarkib topgan standartlar bo‘lishi mumkin. Xavfsizlik standartlarini tayyorlashda mahsulotning har bir tavsifi bo‘yicha xavfsizlikni o‘rnatish usullari va atrof-muhit, insonga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan standartlashtirish ob’ektlari tavsiflari sifatini aniqlanadi. Ammo xavfsizlik sohasida standartlashtirishning asosiy maqsadi turli xildagi xavflardan saqlanishni qidirishdan iborat.
Masalan, IEC tashkiloti quyidagi faoliyat sohalarida: jarohat xavfizligi, elektrtoki urishi xavfi, texnik xavf, yong‘in xavfi, portlash xavfi, kimyoviy xavf, biologik xavf, qurilmalardan nurlanish xavflari (tovush, infraqizil, radiochastotali, ultrabinafsha, ionlashuvchi, radiatsion va h.k.) masalalari bo‘yicha faol shug‘ullanuvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritadi.

Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish