Mavzu № 9 TARMOQLARARO STANDARTLAShTIRISh TIZIMLARI
Reja:
9. 1. Standartlashtirish tarmoqlararo tizimlari to‘g‘risida umumiy tushunchalar
9.2. Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi
9.3. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi
9.4. Mahsulot sifati ko‘rsatkichlari tizimi
9. 1. Standartlashtirish tarmoqlararo tizimlari to‘g‘risida umumiy tushunchalar
Ishlab chiqarish miqyosining kattalashgani sababli keng tarmoqlararo bog‘lanishlar umumtexnikaviy standartlarning kompleks tizimini yaratish zaruriyatini kelib chiqardi. Bu tizim keyinchalik standartlashtirish tarmoqlararo tizimi (STT) deb nom oldi.
STT ko‘p yillar davomida yaratila bordi va har bir tizimda mahsulot hayotiy siklining barcha bosqichlarini va inson faoliyatining barcha muhim sohalarini o‘z ichiga qamrab olgan o‘nlab va minglab standartlarni birlashtirgan. STT standartlashtirishda ilmiy-texnikaviy darajaning oshganligi bilan tavsiflanuvchi muhim bosqich bo‘ldi. Standartlashtirishda ilmiy-texnikaviy darajani oshirish zaruriyati O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ilmiy-texnikaviy istiqbol va rivojlanishi talablaridan kelib chiqdi26.
Quyida STT tizim sinfi, shartli belgilar va tizim nomi ko‘rsatilgan ro‘yxati keltirilgan.
Tizim sinfi
|
Tizimning shartli belgisi
|
Tizimning nomi
|
1
|
2
|
3
|
1
|
O‘z SDT
|
O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi
|
2
|
KHYaT
O‘z KHYaT
|
Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi O‘zbekiston konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi
|
3
|
THYaT
|
Texnologik hujjatlarining yagona tizimi
|
4
|
MSKT
|
Mahsulot sifati, puxtaligi va umrboqiyligi ko‘rsatkichlari tizimi
|
5
|
O‘z SMT
|
O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi
|
6
|
HBT
TKT
|
Hujjatlarning birxillashtirilgan tizimi. Iqtisodiy, hisobga olish, statistik, mol bilan qo‘shib jo‘natiladigan, iste’mol, tarnsport, bank, tashkiliy-boshqaruv va boshqa hujjatlar tizimi
O‘zbekiston texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotni tasniflash va kodlash yagona tizimi
|
7
|
AKNIT
|
Axborot, kutubxona, nashriyot ishlari bo‘yicha standartlar tizimi
|
8
|
O‘z O‘DT
|
O‘zbekiston o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi
|
9
|
ZEHYaT
|
Materiallar va buyumlarni zanglash va eskirishdan himoyalash yagona tizimi
|
10
|
|
Zahira
|
11
|
|
Zahira
|
12
|
MXST
|
Mehnatni ilmiy tashkillashtirish, sanoat sanitariyasi, gigienasi, mehnat xavfsizligi standartlari tizimi
|
13
|
-
|
Reprografiya, mikrografiya, kopirografiya
|
14
|
ITTT
|
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash yagona tizimi
|
15
|
MYaT
|
O‘zbekiston mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni tashkillashtirsh tizimi
|
16
|
O‘z AT
|
O‘zbekiston akkreditlash tizimi
|
17
|
TMST
|
Tabiat muhofaza va tabiiy boyliklardan foydalanishni yaxshilash doirasidagi standartlar tizimi
|
18
|
-
|
Zahira
|
19
|
DHT
|
Dasturiy hujjatlar yagona tizimi
|
20
|
O‘z MST
|
O‘zbekiston mahsulotni sinash tizimi
|
21
|
QLHT
|
Qurilishlar uchun loyihaviy hujjatlar tizimi
|
22
|
-
|
Zahira
|
23
|
-
|
Buyumlarning yoyilishbardoshligini ta’minlash
|
24
|
-
|
Boshqarishning avtomatik tizimi (BAT) uchun texnik hujjatlar tizimi
|
25
|
|
Mustahkamlikka hisoblash va sinashlar
|
26
|
|
Zahira
|
27
|
TP
|
Texnika puxtaligi
|
28
|
|
Zahira
|
29
|
|
Zahira
|
30
|
ETEST
|
Ergonomika va texnik estetika standartlari tizimi
|
31
|
|
Zahira
|
32
|
|
Axborot texnologiyalari
|
-
|
O‘z ST
|
O‘zbekiston sifat tizimi
|
-
|
-
|
O‘zbekiston xizmatlar sohasi
|
Ko‘rsatilgan STT lardan O‘zbekistonda quyidagilar dolzarblashgan (yoki) dolzarblash jarayoni ketmoqda va qo‘llanilmoqda: O‘z SDT, O‘z KHYaT, O‘z SMT, O‘z TKT, O‘z O‘DT, O‘Z MYaT, O‘z AT, O‘z MST, O‘z ST va O‘zbekiston xizmatlar sohasi.
9.2. Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi
KHYaT – quyidagi tasniflash guruhlari bo‘yicha talablarni o‘rnatuvchi o‘zaro bog‘langan standartlar majmuidir: 0 – asosiy nizomlar; 1 – umumiy nizomlar; 2 – Buyumlarni konstruktorlik hujjatlarida tasniflash va belgilash; 3 – chizmalarni bajarish umumiy qoidalari; 4 – mashinasozlik va priborsozlikda chizmalarni bajarish qoidalari; 5 – konstruktorlik hujjatlarining muomala (hisobga olish, saqlash, nus’halash, o‘zgartirishlar kiritish) qoidalari; 6 – foydalanish (ekspluatatsion) va ta’mirlash hujjatlarini bajarish qoidalari; 7 – sxemalarni bajarish qoidalari; 8 – kemasozlik hujjatlarini bajarish qoidalari; 9 – hokazo standartlar.
Jami 150 GOST, 15 O’z DSt. STT 2 sinfiga kiradi.
9.3. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi
THYaT – quyidagi tasniflash guruhlari bo‘yicha talablarni o‘rnatuvchi standartlar majmui: 0 – umumiy nizomlar; 1 –ishlab chiqish bosqichlari; turlari, rasmiylashtirish qoidalari, butligi; hujjatlarning turlari, atamalari va ta’riflar; 2 – belgilash, butlash, saqlash va qo‘llanish, hujjatlarni izlash tizimlari; 3 – detallar, tarkibiy qismlar va texnologik moslamalarning qo‘llanuvchanligini hisoblash metodlari; 4 – asosiy ishlab chiqarish hujjatlarini rasmiylashtirish qoidalari; 5 – tekshirish (o‘lchash, sinash, tahlil) hujjatlarini rasmiylashtirish qoidalari; 6 – yordamchi ishlab chiqarish hujjatlarini rasmiylashtirish qoidalari; 7 – metallarga ishlov berishda turli operatsiyalar (amallar) uchun operatsiyalarni va o‘tishlarni yozish qoidalari; 8 – zahira; 9 – me’yoriy va ma’lumotnoma hujjatlarini yaratish qoidalari.
Jami 41 GOST, STT 3 sinfiga kiradi.
9.4. Mahsulot sifati ko‘rsatkichlari tizimi
MSKT – mahsulotning bir turli guruhlari va muayyan turlari sifati ko‘rsatkichlarining nomenklaturasini, shuningdek mahsulot sifati ko‘rsatkichlari mezonlari va nomenklaturasining qo‘llanish doirasini o‘rnatkvchi standartlar majmui.
MSKT mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi tarmoqlarini qamraydi va umumiy qoidalar va me’yorlarni; atamalar va ta’riflarni; sifat ko‘rsatkichlarining nomenklaturasini; sinash metodlarini o‘rnatadi.
Jami 290 GOST, 1 O’z DSt. 4 sinfiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |