Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi


NSO ning joriy xizmatlari



Download 8,3 Mb.
bet49/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

7.2. NSO ning joriy xizmatlari
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda Milliy Standartlashtirish Tashkilotlariga (NSOs) 20-asrning dastlabki o‘n yilliklarida muhandislar tashkilotlari, ba’zi bir mamlakatlarda esa – sanoatchilar tashkilotlari tomonidan asos solingan. Bu NSOs lar harakatlarga qo‘shilish va sanoatning har xil tarmoqlarida korxonalar va sektor stanlartlarining xuddi o‘sha muvofiqlik muammosini hal qilish uchun qilgan ishlarini takrorlashdan qochish uchun milliy standartlarni ishlab chiqishi lozim bo‘lgan. Xalqaro va regional standartlashtirish keyinroq – Ikkinchi Jahon urushidan keyin boshlangan. Biroq elektrotexnik va telekommunikatsion standartlashtirishda avval-boshdanoq xalqaro o‘lchovlar bo‘lgan, xalqaro standartlashtirish tashkilotlariga 1865-yilda (ITU, telekommunikatsiyalar) va 1906-yilda (IEC, elektrotexnologiyalar) asos solingan.
Bizning davrimizga kelib katta milliy standartlashtirish xalqaro va regional standartlashtirish bilan almashtirilgan. Shunga qaramasdan biz bu bobni NSO nig milliy standartlashtirish xizmatlaridan boshlaymiz, chunki hali bularning hammasi - NSO harakatlarining bir qismidir, chunki xalqaro va regional standartlashtirishda ularning rolini milliy standartlashtirish to‘g‘risidagi bilimlar asosida eng yaxshi tushuntirish mumkin bo‘ladi. 3.3 bo‘limda NSO ning rivojlanayotgan xalqaro yoki regional standartlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari tasvirlangan va 3.4 bo‘limning e’tibori NSO ning yanada aniqroq vaziyatiga – Xalqaro sekretariat yoki Yevropa sekretariati vazifasini bajarishga qaratilgan. 3.5 va 3.6 bo‘limlar boshqa asosiy xizmatlarni – standartlarni sotishni, standartlar va standartlashtirish to‘g‘risidagi informatsiyani taqdim qilishni tasvirlaydi. 3.7 bo‘lim ba’zi bir NSOs lar bajaradigan boshqa harakatlarni sanab o‘tadi. 3.8 bo‘lim NSO ning ishlarini yaxshilash tashabbuslariga e’tibor qaratadi, va 3.9 bo‘lim NSOs ning ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish bilan bobni yakunlaydi.


7.3 Rivojlanayotgan milliy standartlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari
Aksariyat NSOs lar milliy standartlarni ishlab chiqish imkonini taklif qiladi. Ba’zi bir mamlakatlarda ular faqatgina boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan standartlarga ruxsat beradi. Bu boshqalar orasidan Kanada, Yaponiya, Norvegiya, Shvesiya va Amerika Qo‘shma Shtatlariga taaalluqli bo‘ladi. Fransiya va Shveysariya kabi ba’zi bir mamlakatlarda aralash tizim mavjud, bunda NSO aloqador bo‘lgan tashkilotlarda ishlab chiqilgan standartlarga ham ruxsat beradi, ham o‘zining standartlarni ishlab chiqadigan komitetlariga ega. Ba’zi bir yirik mamlakatlarda NSO ga qo‘shimcha ravishda ko‘plab SDOs lar mavjud. Masalan, Germaniyada nemis NSO, DIN si 22,000 ta standartlarni tayyorlagani holda, 153 ta xususiy sektor tashkilotlari 15000 ta standartlarni tayyorlagan (Toth, 1997, 3-bet). Malayziya standartlashtirish harakatlarini NSO dan sektor tashkilotlarigacha demarkazlashtirgan. Sloveniya NSO sining siyosati milliy standartlarni ishlab chiqishdan iborat emas, uning siyosati xalqaro standartlashtirishda ishtirok etish va xalqaro hamda regional standartlarni qabul qilishdan iborat. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi ko‘pgina NSOs lar ISO ning standartlarini shunchaki qabul qiladi va resurslar yo‘qligi sababli ISO ning Texnik Komitetlarida (TCs) kam ishtirok etadi19.
Elektrotexnika sohasida uchta tashkiliy variant qo‘llaniladi:
1. Elektrotexnik NSO boshqa sektorlarda standartlashtirish uchun NSO ga qo‘shimcha bo‘lib hisoblanadi. Bu ayniqsa Yevropadagi sanoati rivojlangan mamlakatlarga taalluqli bo‘ladi. Chunki ularda elektrotexnik standartlashtirish boshqa sektorlardagi standartlashtirishga qaraganda oldin boshlangan. Bunga Avstriya, Belgiya, Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Italiya va Niderlandiya misol bo‘ladi. Bu elektrotexnik NSO lar IEC va CENELEC bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarga ega va ko‘pincha NSO bilan bog‘lanishda bo‘lgan ISO bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.
2. Elektrotexnik NSO plyus markaziy NSO da hamkorlik qiladigan boshqa sektor SDOs lar. Bu, masalan, Islandiya, Norvegiya va Shvesiyada qo‘llaniladi. Elektrotexnik NSO markaziy NSO a’zolarining sektor-komitetlaridan biri bo‘lib hisoblanadi;
Elektrotexnika instituti IEC va CENELEC bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarga ega; boshqa sektor institutlarining FSOs bilan faqatgina markaziy NSO orqali xalqaro (ISO) va regional (CENELEC) kontaktlari bor.
3 Elektrotexnik standartlashtirishni bitta NSO da to‘liq integratsiyalash. Bitta NSO ham ISO, ham IEC qatnashchisi bo‘lib hisoblanadi. Bu NSO da elektrotexnik komitet mavjud bo‘ladi. Bu sanoati yangi rivojlangan mamlakatlarga, ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarga, masalan Daniya va Gresiyaga taalluqli bo‘ladi.



Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish