6.5. Standartning oxirgi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlashga berish
4-bosqich
Ishlab chiquvchi-tashkilot standart loyihasini tasdiqlashga quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etadi:
– ilova xati;
– standart loyihasining oxirgi tahririga tushuntirish yozuvi;
– asosiy tadbirlar rejasining loyihasi;
– standart loyihasi 4 nus’hada, bundan ikkitasi birinchi bo‘lishi lozim;
– standart loyihasining kelishishganligini tasdiqlovchi asl hujjatlar;
– standart loyihasiga fikr-mulohazalar to‘plami;
– kelishmovchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
– elektron versiya;
6.6. Standart loyihasini tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Standartni tasdiqlagan idoraning qarori bilan standart teadiqlanadi va amalga kiritiladi.
O‘zstandart Agentligi standartni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Eksport uchun mo‘ljallangan mahsulotga qo‘shiыcha talablar davlat ro‘yxatidan o‘tkzzilmaydi.
Standart davlat ro‘yxatiga 4 nus’hada taqdim etiladi: asliyat, ikkinchi nus’ha {dublikat) va ikkita nus’ha.
Standartning ikkinchi nus’hasi standart asliyatiga o‘xshash bo‘lishi va undan zarur sifatli nus’ha olishni ta’minlashi kerak.
Standart davlat ruyxatiga ikki tilda: davlat va rus tillarida taqdim etilishi lozim.
Standartga zarur bo‘lganda kiritiladigan tuzatishlar qo‘ldan qora tush, pasta, siyoh bilan aniq yozilishi, birinchi varaqning orqa betida izohlangan va rahbar (rahbar muovini) imzosi va ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etgan idora (tashkilot) ning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Standart davlat ro‘yxatidan ko‘pi bilan 5 kun muddatda o‘tkaziladi.
Standartni belgilash, standartni tasdiqlagan tashkilotdan qat’iy nazar, O‘zstandart Agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Standart belgisi quyidegilardan iborat bo‘ladi:
– hujjat indeksi – O’z DSt
– ro‘yxatga olingan tartib raqami;
– ikki nuqta bilan ayirilgan tasdiqlash yilining to‘rtta raqami: masalan, O’z DSt 789:1997
Standart asliyati, ikkinchi nus’hasi va ikkita nus’hasining birinchi betlarida ro‘yxatga oluvchi idora ro‘yxatga olgan idora nomi, sana va davlat ro‘yxatidan o‘tgan nomeri ko‘rsatilgan shtamp bosadi.
Standartning ikkinchi nus’hasi va bir nus’ha O‘zstandart Agentligida qoladi.
Standart asliyati va nus’haning ikkinchisi ishlab chiquvchiga qaytariladi.
Adabiyotlar
1. Henk J. de Vries Standardization: A Business Approach to the Role of National Standardization Organizations. Springer Science+Business Media, LLC, New York All Rights Reserved © 2000 Springer, 330 p.
2. Dr. Peter Hatto Standards and Standardization. Handbook. EUROPEAN COMMISSION, Directorate-General for Research Industrial Technologies Pictures © Shutterstock, 2010, 24 p.
3. Role of standards. A guide for small and medium-sized enterprises. Working paper. United nations industrial development organization, Vienna, 2006, 56 p.
4. Abduvaliev A.A., Latipov V.B., Umarov A.S., Alimov M.N., Boyko S.R., Xakimov O.Sh., Xvan V.I. Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, SMSITI, 2008. – 267 b.
5. Ismatullaev P.R., Matyakubova P.M., Turaev Sh.A. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Darslik. «Lisson-Press». Toshkent, 2015. -423 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |