Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi


Hududiy standartlashtirish tashkilotlari



Download 8,3 Mb.
bet109/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

1. Hududiy standartlashtirish tashkilotlari
2.Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashi xaqida ma’lumot bering.

6- AMALIY MAShG‘ULOTI. O`zDSt 1.0 DAVLAT STANDARTI TAHLILI. O‘z SDT ASOSIY QOIDALAR


Reja:

  1. O`zDSt 1.0 davlat standartining mazmuni

  2. Standartlashtirishning maqsad va vazifalari

  3. O‘zstandart agentligining vazifalari

Kalit so‘zlar: standart, standartlashtirish, o‘zaro almashinuvchanlik, mahsulotning sifati va raqobatbardoshligi, tabiiy va texnogen halokatlar.


Zamonaviy pedtexnologiya elementlaridan, masalan interaktiv metodini qo‘llab dars o‘tiladi.


Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi (kodoskop, proektor, plakat va hokazo).
Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar.
Talabalar mustaqil fikrlashi uchun to‘la sharoit yaratiladi.

Asosiy qoidalar O‘zbekistonda standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish va olib borishga umumiy talablarni o‘rnatadi, O‘z SDT ning me’yoriy hujjatlari majmuida asos bo‘ladi va O’z DSt 1.0:1998 bilan reglamentlanadi.


Asosiy qoidalarda keltirilgan asosiy maqsadlar “Standartlashtirish to‘g‘risida” Qonunda o‘rnatilganlarga o‘xshaydi.
Standartlashtirish tarmoklararo tizimining davlat va rus tillarida qisqartirilgan nomlari belgilangan:
O’z StDT – O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimi – (GSS Uz – gosudarstvennaya sistema standartizatsii Uzbekistana);
Asosiy qoidalarda standartlashtirishning asosiy vazifalari keltirilgan: iste’molchilar va davlat manfaatlarini ko‘zlab, chiqariladigan mahsulotning sifati va nomenklaturasiga maqbul talablarni o‘rnatish; parametrik va xil o‘lchamlari qatorlarini, asos konstruksiyalarni, konstruktiv-birxillashtirilgan buyumlarning blok-modul tarkibiy qismlarini belgilash va qo‘llanish asosida birxillashtirish; mahsulot, uning elementlari, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallarning ko‘rsatkichlari va tafsilotlarini kelishib olish va o‘zaro muvofiqlashtirish; metrologik me’yorlar, qoidalar, nizomlar, talablarni o‘rnatish va b.
Standartlashtirishning asosiy prinsiplari ifodalangan, jumladan: standartlashtirishning maqsadga muvofiqligi; standartlashtirishning kompleksligi; barcha darajadagi me’yoriy hujjatlarning o‘zaro bir-biriga bog‘likligi va kelishilganligi; o‘xshash standartlashtirish ob’ektlariga boshqaruvning turli darajalarida me’yoriy hujjatlarni takror ishlab chiqishga yo‘l qo‘ymaslik va h.k.
Standartlashtirishning tashkiliy asoslari o‘rnatilgan. Standartlashtirish bo‘yicha milliy idora – O‘zstandart Agentligining vazifalari belgilandi:
– standartlashtirish sohasida milliy siyosatni shakllantiradi va amalga oshiradi;
– davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralarining standartlashtirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
– standartlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish umumiy tashkiliy-metodik qoidalarini o‘rnatadi;
– me’yoriy hujjatlar, shu jumladan majburiy talablarni o‘z ichiga olgan hujjatlar ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi;
– standartlashtirish sohasida kadrlarni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkillashtiradi va olib boradi.
Davarxitekturaqurilish, Davtabiatqo‘mita, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari o‘z vakolatlari doirasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi.
Standartlashtirish va me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarga metodik jihatdan rahbarlik qilish uchun xos boshqaruv idoralar O‘zstandart Agentligi bilan hamkorlikda standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar va tayanch tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda esa -standartlashtirish xizmatlarini tashkil etadi.
Barcha darajalardagi standartlashtirish ob’ektlarining batafsil ro‘yxati keltirilgan:

  • Davlatlararo standartlashtirish ob’ektlari quyidagilardan iborat:

– umumtexnikaviy me’yorlar va talablar, shu jumladan umummashinasozlikda qo‘llaniladigan buyumlarning (podshipniklar, reduktorlar, mahkamlash buyumlari va boshqalar) yagona texnik tili, xil o‘lchamlari qatori va namunaviy konstruksiyalari, axborot texnologiyalarining mos keluvchi dasturiy va texnik vositalari, materiallar va moddalarning xossalari to‘g‘risida ma’lumotnoma ma’lumotlari, mahsulotni tasniflash va kodlash;
– yirik sanoat va xo‘jalik majmuilarining ob’ektlari (transport, energetika, aloqa va b.);
– yirik davlatlararo ijtimoiy-iqdisodiy va ilmiy-texnikaviy dasturlarning ob’ektlari, jumladan aholini ichimlik suv bilan ta’minlash, odamlar yashaydigan muhitni tekshirish tizimini yaratish, radioelektron vositalarining elektromagnit mos keluvchanligi, aholi va xalq xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ehtimolni hisobga olgan holda ta’minlash;
– qator davlatlarda chiqariladigan, o‘zaro yetkazib beriladigan mahsulot.
Asos bo‘luvchi davlatlararo standartlar faoliyatning ma’lum sohasi uchun umumiy tashkiliy-metodik qoidalarni, shuningdek mahsulotni yaratish va foydalanishda turli fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro tushunishini, texnikaviy birliligini va o‘zaro aloqalarini, atrof muhitni muhofazalashni, mehnatni muhofazalashni va boshqa umumtexnikaviy talablarni ta’minlaydigan umumtexnikaviy talablarni (me’yorlar, qoidalarni) o‘rnatadi.

  • Davlat standartlashtirish ob’ektlari quyidagilardan iborat:

a) tashkiliy-metodik va umumtexnikaviy me’yorlar va talablar, jumladan:
– standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish va o‘tkazish;
– bilim va faoliyatning turli sohalarida terminologik tizimlar;
– texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlash;
– xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofazalash, mehnat gigienasi, ergonomika, texnikaviy estetika talablari;
b) mahsulotga majburiy talablar;
v) tarmoqlararo ehtiyojga mo‘ljallangan mahsulot;
g) davlat ahamiyatidagi xo‘jalik ob’ektlarining elementlari, shu jumladan bank tizimi, transport, aloqa, energetik tizim, mudofaa va h.k
d) davlat ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy dasturlarning ob’ektlari (elementlari);

  • Tarmoq standartlashtirish ob’ektlariga tarmoqni tashkil etish va boshqarish, sifatni ta’minlash, tarmoqqa mo‘ljallangan mahsulot me’yorlari va qoidalari; kiradi.

  • Ma’muriy-hududiy standartlashtirish ob’ektlariga hududni boshqarish, hudud uchun xos mahsulot sifatini ta’minlash buyicha me’yorlar va qoidalar kirishi mumkin.

  • Korxonalarda standartlashtirish ob’ektlariga quyidagilar kiradi:

– chet iste’molchilarga xaridga chiqariladigan mahsulot;
– ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha me’yorlar va qoidalar;
– sifatni boshqarish;
– faqat ushbu korxonada tayyorlanadigan va ishlatiladigan detallar va yig‘ma birliklar;
– texnologik jixoz va asboblar, texnologik me’yorlar, talablar.va ushbu korxonadagi namunaviy texnologik jarayonlar;
– ko‘rsatiladigan xizmatlar.
O‘zbekistonda qo‘llaniladigan me’yoriy hujjatlar:
– davlatlararo standartlar;
– O‘zbekiston davlat standartlari;
– tarmoqlar standartlari;
– texnik shartlar;
– ma’muriy-hududiy standartlar;
– korxonalarning standartlari.
Standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga shuningdek rahbariy hujjatlar, me’yorlar va qoidalar (qurilish, sanitariya, ekologik qoidalar va b.), tavsiyalar, texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborot tasniflagichlari ham kiradi.
Xalqaro va hududiy standartlar O’z DSt ISO/IEC 21:2001 bo‘yicha O‘zbekiston davlat standartlariga qayta rasmiylashtirilib qo‘llaniladi.
Chet el standartlari – O’z DSt 1.7:1998 bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.
Uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekiston davlat standartlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ixtiyoriy me’yoriy hujjatlarni qo‘llanish (amal qilish) maqsadida respublikada texnik reglament mavjud bo‘lganda qo‘llanilishi majburiy bo‘lmagan me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi.
Me’yoriy hujjatlarni belgilash tartibi o‘rnatilgan:
a) davlat ahamiyatidagi me’yoriy xujjatlar:
– O‘zbekiston davlat standarti – O’z DSt;
– O‘zbekiston umumdavlat tasniflagichi – O’z DT
– O‘zbekiston rahbariy hujjati – O’z RH
– O‘zbekiston tavsiyanomalari – O’z T.
b) tarmoq darajasidagi me’yoriy hujjatlar:
– tarmoq standarti – TSt;
– tarmoq tasniflagichi – TT;
– texnik shartlar – TSh;
– rahbariy hujjat – RH;
– tavsiyalar – T.
v) ma’muriy-hududiy axamiyatdagi me’yoriy hujjatlar:
– ma’muriy-hududiy standart – MNSt ;
– tavsiyanomalar – T.
g) korxona ahamiyatidagi me’yoriy hujjatlar:
– texnik shartlar – TSh;
– korxona standarti – KSt.
Demak, barcha darajadagi me’yoriy hujjatlarning belgisi hujjat matnining qaysi tilda yozilganligidan qat’iy nazar, davlat tilida lotin yozuvidagi qisqartmalar (abbreviaturalar) bilan belgilanadi.
Davlatlararo standart belgisi (GOST) russ tilida saqlanadi. Standartlar darajasi, ularning tasdiqlash darajalari va O‘z SDT standartlarining turlari 1-rasmdagi sxemada keltirilgan.


\


Sinov-nazorat savollari

  1. Standartlashtirishning asosiy maqsadi nimadan iborat?

  2. O‘zstandart agentligiga yuklatilgan vazifalar nimalardan iborat?

  3. Davlat nazorati idoralari qanday huquqga ega?

  4. Respublikada qo‘llaniladigan me’yoriy hujjatlar toifalari.

3-AMALIY MAShG‘ULOT. XORIJIY MAMLAKATLARDA STANDARTLAShTIRISh


Reja:
1. Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa komiteti (SEN).


2. Elektrotexnikada standartlashtirish bo‘yicha Yevropa komiteti (SENELEK) va boshqalar.
3. AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda standartlashtirish faoliyati.

1. Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa komiteti (SEN)


YeIU doirasida birlashgan bozorni yaratish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish munosabati bilan “texnik to‘siqlarni” bartaraf etish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Bunday texnik to‘siqlar buyumlarga standartlardagi farq, ulardan foydalanish qoidalarining zidligi, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha farqlanuvchi me’yorlar, sog‘liqni saqlash va tabiatni asrash me’yorlaridagi farqlar hisobiga paydo bo‘ladi.


Bu muammoni hal qilishda yevropa standartlashtirishiga birinchi navbatda ahamiyat beriladi.
YeIU va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EESA) vakillarining 23 mart 1961 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan majlisida SEN ning tashkil etilganligi e’lon qilindi (SEN 1970 – yilgacha Standartlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi, deb atalgan). SEN a’zolari YeIU va YeESA ning 18 mamlakati: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gresiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, GFR, Fransiya, Shvesiya va Shvesariya standartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlaridan iborat. Bu – yopiq tashkilot bo‘lib, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining yuqorida keltirilgan iqtisodiy guruh a’zolarini birlashtiradi.
SEN ning birinchi majlisidayoq Ustav va protsedura Qoidalari tasdiqlandi. 1970 – yilda SEN Ustavi qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda Ustavga ma’lum o‘zgartirishlar bilan birga yevropa standartlari (EN) ni majburiy yaratish ham kiritilgan.
Standartlarni yaratish bo‘yicha barcha ishlar texnik qo‘mitalar tomonidan olib boriladi. Bunday texnik qo‘mitalarda texnik sekretariatlar iqtisodiy guruh mamlakatlaridan biri tomonidan boshqariladi.
SEN doirasida 140 dan ortiq TQ tuzilgan. TQ bilan bir qatorda, alohida masalalarni hal etish uchun maslahat guruhlari tashkil etilgan.

1-rasm SEN ning tashkiliy tuzilmasi

SEN vazifasi quyidagilar vositasida xizmatlar savdosini va almashinishni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat:


– SEN a’zo-mamlakatlarida yaratilagan standartlarni uyg‘unlashtirish va yevropa standartlarini ishlab chiqish;
– o‘zlarining direktivalarida va boshqa rasmiy hujjatlarida havola qila olishlari uchun yevropa standartlarini YeIU, YeESA ga, shuningdek boshqa hukumatlararo tashkilotlarga taqdim etish;
– elektrotexnikada standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi va standartlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa ilmiy-texnik va iqtisodiy hududiy hukumat tashkilotlari bilan hamkorlik;
– ISO va MEK orqali xalqaro standartlashtirishga va Yevropada ISO standartlarini va boshqa xalqaro standartlar va tavsiyanomalarni bir xilda qo‘llanishga ko‘maklashish;
– yevropa standartlari asosida sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni berish.
SEN da standartlashtirish bo‘yicha ishlar ko‘p jihatdan ISO da erishilgan natijalalarga asoslanadi yoki ularni to‘ldiradi.
SEN quyidagi sohalarda standartlar yaratadi: aviatsiya jihozlari, suv isitish gaz priborlari, gaz ballonlari, ko‘tarish mexanizmlarining detallari, oshxona gaz plitalari, liftlar va yuk ko‘targichlar, payvandlash va qirqish, quvurlar va truboprovodlar, nasos stansiyalari (foydalanish va xizmat ko‘rsatish), stekloplastikadan tayyorlangan sisternalar va boshqalar.


2. Elektrotexnikada standartlashtirish bo‘yicha Yevropa komiteti (SENELEK) va boshqalar.


SENELEK 1972 – yilda ikkita tashkilot – YeESA (SENEL) a’zolari-mamlakatlarining elektrotexnik standartlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi va YeIU mamlakatlarining elektrotexnik standartlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SENELQOM) ning bir-biriga qo‘shilishi natijasida tuzildi.


SENELEK a’zolari 17 yevropa davlatlari: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gresiya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya, GFR, Shvesariya, Shvesiyaning milliy elektrotexnik qo‘mitalaridan iborat. Bu davlatlar (Lyuksemburgdan boshqalari) bir vaqtda MEK a’zosi hisoblanadi.
SENELEK ning rasmiy tili inglizcha, fransuzcha va nemischa.

2-rasm. SENELEK ning tashkilish tuzilmasi

SENELEK ning asosiy maqsadlari YeIU bilan yaqin hamkorlikda elektrotexnik standartlar to‘plamini yaratish, shuningdek Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi Sekretariatining yordamida bu hudud mamlakatlarida mollar va xizmatlarning yagona bozorini ta’minlashdan iborat. SENELEK a’zo – milliy qo‘mitalarning to‘liq o‘zaro kelishuvi bilan yaratilgan standartlarga bu vazifani ta’minlash uchun muhim vosita sifatida qaraladi. SENELEK ning asosiy faoliyati a’zo-mamlakatlar milliy standartlari o‘rtasidagi va buyumlarning standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirish protseduralari o‘rtasidagi barcha texnik farqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Bunday faoliyat savdoda texnik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur. Bu ish mollarning g‘arbiy yevropa darajasida erkin yurishi uchun zarur kafolat deb hisoblanadi.


Nazorat-savollari

1. Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa komiteti (SEN).


2. Elektrotexnikada standartlashtirish bo‘yicha Yevropa komiteti (SENELEK) va boshqalar xaqida ma’lumot bering.
3. AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda standartlashtirish faoliyatini tushuntiring.
4-AMALIY MAShG‘ULOT. BUTUNJAHON SAVDO TAShKILOTINING TUZILIShI VA UNING FAOLIYaTI
Reja:
1.Butunjahon Savdo Tashkilotining tuzilishi
2.Butunjahon Savdo Tashkilotiga A’zo Bo‘lishning Dolzarbligi
Kalit so‘zlar: Savdo va tariflar bo‘yicha bosh kelishuv, Butunjahon savdo tashkiloti, diskriminatsiya, Urugvay raundi, Memorandum,texnik jihatdan tartibga solish, savdodagi texnik to‘siqlar.
Zamonaviy pedtexnologiya elementlaridan, masalan interaktiv metodini qo‘llab dars o‘tiladi.
Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi (kodoskop, proektor, plakat va hokazo).
Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar.
Talabalar mustaqil fikrlashi uchun to‘la sharoit yaratiladi.


Savdo va tariflar bo‘yicha bosh kelishuv (GATT) xalqaro savdoning boj tarif jihatlarini tartibga soluvchi eng muhim tuzilmadir. Prezidentimiz aytganlaridek Butunjahon savdo tashkiloti jahon savdosining hozirgi tizimini boshqarishda markaziy o‘rinni egallab turibdi. Savdo va tariflar bo‘yicha bosh kelishuv (GATT) 1948 yil 1 yanvardan boshlab faoliyat yuritib davlatlararo tovar aylanmasi hajmining kengaytirish maqsadida xalqaro savdoning barqaror foydalarini qaror toptirish eng asosiy qoidasi diskriminatsiya qilmaslik tamoyilidir.
Savdo va tariflar bo‘yicha bosh kelishuv (GATT) Butunjahon savdo tashkiloti (BST) o‘z faoliyatini ko‘p tomonlama davra uchrashuvlarini tashkil etish orqali o‘tkazadi. Har bir davra uchrashuvi xalqaro savdoni rivojlantirishga qaratilib, ma’lum bir global masalani yechishga qaratilgan bo‘ladi. Butunjahon savdo tashkiloti tashkil etilgandan beri o‘tgan davr ichida shunday davra uchrashuvlaridan 8 tasi o‘tkazildi. Misol uchun birinchi davra uchrashuvi 1947 yil Jeneva shahrida tashkil etilib, bu uchrashuvda boj tariflarini pasaytirish masalasi hal qilindi. Ikkinchi uchrashuv ana shu masalani hal qilishni davom ettirishga qaratilgan bo‘lib, Fransiyaning Annesiya shahrida 1949 yil bo‘lib o‘tdi. Boj tariflarini pasaytirish masalasi shu tashkilotga a’zo bo‘lgan mamlakatlarni tashqi savdosi uchun dolzarb masalalardan biri bo‘lgani uchun hali bu masalani yechish GATTning keyingi raundlarida ham davom ettirilgan. Xususan 1950 yili Angliyaning Tokki shahridagi raundida, 1956 yili Jeneva shahridagi raundda 1960-1961 yillardagi Jenevadagi Dillond raundlarida shu masala hal qilindi.
Butunjahon savdo tashkilotining 1964-1967 yillarda Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan Kennedi raundida dempingga qarshi boj kodeksi ishlab chiqildi. 1973-1979 yillarda Tokioda boshlangan va Jenevada davom ettirilgan Tokio raundida esa notarif to‘siqlar masalasida GATT vakolatlarini kuchaytirish va kengaytirish masalasi ko‘rilgan. Va nihoyat 1986 yilda Urugvay mamlakatini Puntadel Este shahrida boshlanib, Jeneva shahrida davom ettirilgan Urugvay raundida boj to‘siqlarini kamaytirish, GATT mexanizmini yaxshilash, Butunjahon savdo tashkilotini tuzish haqida kelishuv xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh kelishuv ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda dunyodagi 153 mamlakat Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lib, ular Urugvay raundi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq ish ko‘radilar. Hozirda yana 30 mamlakat Butunjahon Savdo Tashkilotiga kuzatuvchi maqomini qo‘lga kiritganlar va ular ham a’zolikka da’vogardirlar.
Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi uchun bu tashkilotning quyidagi 15 ta kelishuvida aks ettirilgan majburiyatlarni bajarishi lozim. Bu kelishular quyidagilar:

  1. Tarif va savdo bo‘yicha bosh kelishuv

  2. Xizmat savdosi bo‘yicha bosh kelishuv

  3. Savdo bilan bog‘liq inteliktual mulk xususiyatlari aspektlari bo‘yicha kelishuv

  4. Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha kelishuv.

  5. Sanitar va fitosanitar choralarini qo‘llash bo‘yicha kelishuv.

  6. Tekistil va kiyim - kechak tovarlari bo‘yicha kelishuv.

  7. Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha kelishuv.

  8. Savdo bilan bog‘liq investitsion shartlar bo‘yicha kelishuv.

  9. Tovarlarni bojxona qiymatini hisoblab chiqarish bo‘yicha kelishuv.

  10. Dempingga qarshi boj masalalari bo‘yicha kelishuv.

  11. Yuklarni oldi nazorati bo‘yicha kelishuv.

  12. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash bo‘yicha kelishuv.

  13. Importni tovarlarini litsenziyalash qoidalari bo‘yicha kelishuv.

  14. Subsidiyalar va kompensatsion choralar bo‘yicha kelishuv.

  15. Himoya choralari to‘g‘risidagi kelishuv.



Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish ancha uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, uch bosqichdan iborat. Uning birinchi bosqichida da’vogar mamlakatlar hukumatlari tomonidan BST ga kuzatish makomini qo‘lga kiritish uchun ariza topshirsalar, ikkinchi bosqichda tashkilotga teng huquqli a’zo bo‘lib kirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etadilar. A’zo bo‘lish jarayoning ushbu bosqichi hukumatlar tomonidan BST ga maxsus Memorandumning taqdim etilishini nazarda tutadi.
Memorandumda mamlakatlarning BST bitimi talablari doirasidagi savdo iqtisodiy siyosatiga tegishli asosiy jihatlar o‘z aksini topadi. Aynan shu orqali mamlakatlarning a’zolikka da’vogarlik shartlari atroflicha o‘rganilib chiqiladi. Uchinchi bosqichda esa mamlakatlarning BST ga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tashkil etiladi. Ishchi guruh majlislarida da’vogar mamlakatlar ma’lum bir tovarlar va xizmatlar turlari bo‘yicha berilishi mumkin bo‘lgan imtiyozlar va majburiyatlar xususida BST ga a’zo mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama muzokaralar olib boradilar. Muzokaralar jarayonida o‘rnatilgan tartiblarning amalda ijro etilishi mamlakatlar uchun majburiy hisoblanadi va ularning istagan vaqtda o‘zgartirilishi man etiladi. A’zolikka da’vogar mamlakatlarning savdo rejimlarini o‘rganish va uni bozorga kirib borish to‘g‘risidagi muzokaralar o‘z yakuniga yetgandan so‘ng, ishchi guruh tomonidan a’zolikka qabul qilish to‘g‘risidagi asosiy shart- sharoitlar ishlab chiqiladi. Majlis natijalariga ko‘ra, maxsus bayonnoma tayyorlanadi va u Bosh yig‘in yoki vazirlar Konfrensiyasida BST a’zolarining 2/3 qismi tomonidan qo‘llab – quvvatlangan taqdirdagina imzolangan va tasdiqlangan deb hisoblanadi. Mamlakatlar BSTga a’zo bo‘lganlaridan so‘ng, Urugvay raundi doirasida imzolangan bitimlarning barchasini qabul qilishlari va uni amalga oshirishlari shart hisoblanadi.
BST tizimining ustunliklari, unda yirik savdogar davlatlarning a’zo bo‘lganliklari emas, balki uning erkin tovar almanishuvi jarayonida mamlakatlar uchun turli xil iqtisodiy manfaatdorlikni ta’minlashi bilan izohlanadi. Bu tizim a’zo mamlakatlar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvolga, shuningdek fuqarolar farovonligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rasatadi. BST savdo tashkiloti tizimi mamlakatlar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvolda, shuningdek alohida fuqarolar va umuman jahon hamjamiyati doirasida o‘z ustunliklarini namoyon etadi.
BST ga azolikning ustunliklari yana shu bilan izohlanadiki, bunda iste’molchilar uchun tovar va xizmatlarga bo‘lgan tanlov imkoniyatlari kengayadi. Chunki, tayyor xorijiy mahsulotlardan tashqari, import qilinadigan xom ashyolar, butlovchi qismlar va jihozlar baholarining arzonlashishi hisobiga ishlab chiqariladigan mahalliy tovar va xizmatlar turlari ham ko‘payib boradi. Import raqobati ta’sirida mahalliy ishlab chiqarish maksimal darajada rivojlanadi va ichki baholarning pasayishiga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Tovarlar almashinuvi jarayonining faollashuvi esa innovatsiyaning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HALQARO XAMKORLIK MUNOSABATLARINI O‘RNATIShDA BUTUNJAHON SAVDO TAShKILOTIGA A’ZO BO‘LIShNING DOLZARBLIGI


Mamlakatimizda mahsulot ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, kichik biznes sub’ektlari va tadbirkorlar tomonidan mahsulotlar tayyorlanishida, xizmatlar ko‘rsatilishida hamda ichki va tashqi savdo munosabatlarida tug‘ilishi mumkin bo‘lgan texnik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik asoslarini yaratishga alohida e’tibor qilinmoqda.


Bu o‘rinda Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 10 noyabrdagi «Butunjahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo kengashni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan va Senat tomonidan joriy yilning 27 martida ma’qullangan «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunni alohida qayd etish lozim. Qonun amaldagi standartlashtirish davlat tizimini takomillashtirish, xalqaro standart talablarga uyg‘unlashish, texnik jihatdan yagona qonunchilik asoslarini yaratish, tartibga solish sohasida davlat siyosatining maqsad va yo‘nalishlarini aniqlash hamda savdoda mavjud to‘siqlarni bartaraf etishni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, ushbu qonunning ijtimoiy hayotga tatbiq etilishi hozirgi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularni ichki va tashqi bozorga olib kirishda muayyan afzalliklarni yaratadi.
Tovarlar, kapitallar va odamlarning erkin o‘tkazish yo‘lida chegaralarni yo‘q qilish yo‘li bilan yagona global bozorning shakllantirish jarayoni savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishni talab qiladi.
Texnik me’yorlashtirishning xalqaro tajribasida alohida etibor mahsulot, ish va xizmatlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona, uyg‘unlashgan talablar o‘rnatilishiga berilmoqda, bu esa savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishning muhim sharti hisoblanadi.
Pirovardida Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotining “ISO” – “Barcha joyda tan olinadigan bitta standart, bitta sinov” formulasi ro‘yobga chiqarilmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston 1994 yilning iyun oyida BSTda kuzatuvchilik maqomini qo‘lga kiritgan edi. 1994 yilning dekabrida esa O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan O‘zbekistonning BSTga teng huquqli a’zosi bo‘lib kirishi to‘g‘risida ariza topshirildi. 1995 yilning yanvarida esa O‘zbekistonning BSTga qo‘shilishi bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasining rasmiy delegatsiyalari BSTning Singapur (1996), Jeneva (1998) va Sietl (1999) da bo‘lib o‘tgan vazirlar darajasidagi konferensiyalarda ishtirok etdilar. 1998 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston hukumati BST Kotibiyatiga respublikaning tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi Memorandumini taqdim etdi va uning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu yuzasidan Avstraliya, Yevropa ittifoqi, Yangi zelendiya va AQSh hukumatlarining savolnomalari olindi va shunga muvofiq BST Kotibiyatiga javoblar tayinlandi.
2002 yilning 17 iyulida esa Shveysariyaning Jeneva shahrida O‘zbekistonning BSTga a’zo bo‘lib kirishi bo‘yicha majlisi bo‘lib o‘tdi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi Memorandumining yangi tahriri ko‘rib chiqildi. Mazkur majlis natijalari bo‘yicha bir qator mamlakatlar tomonidan Memorandum bo‘yicha yozma sharx va savolnomalar takdim etildi. O‘zbekistonning BSTga a’zo bo‘lib kirishi bo‘yicha ishchi guruhining birinchi majlisi davomida kelib tushgan savolnomalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, respublikamizga qo‘yilgan asosiy talablar a’zolikka davogar mamlakatlar qo‘yilgan umumiy talablarga to‘liq mos keladi.
BST bilan samarali faoliyat tashkil qilish maqsadida, mamlakatda BST bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya tuzildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 14 dekabridagi 520-sonli Qaroriga muvofiq uning tarkibi tasdiqlandi. Unga TIAA, Iqtisodiyot Vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qumitasi va boshqa vazirlik hamda idoralardan vakillar kiritildilar. BST bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya kotibiyati vazifasini bajarish TIAA zimmasiga yuklatildi. BSTga kirish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida respublikaning vazirliklar va idoralarida ishchi guruhlar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Butunjahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi quyidagi afzalliklar bilan bevosita bog‘liqdir:
1. Chet el bozorlariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lish
2. Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘z zimmalariga olgan majburiyatlardan chekinish imkoniyatlari chegaralanganligi sababli a’zo mamlakatlar orasida nisbatan barqaror tashqi savdo muhiti qaror topadi. Bu mamlakatning tashqi savdo siyosati istiqbollarini ishlab chiqish uchun qulay bo‘lib uning barqarorligini oshiradi.
3. Butunjahon savdo tashkiloti qoidalar, subsidiyalar, demping kabi tashqi savdoning nopok vositalarini taqiqlab ulardan himoyalanish maqsadida tegishli choralar ko‘rish imkoniyatini beradi.
4. Chet el investorlariga O‘zbekiston Respublikasining Butunjahon savdo tashkilotiga a’zoligi ularning O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan o‘z mahsulotlarini to‘siqlarsiz jahon bozoriga olib chiqish va o‘z faoliyatlari uchun jahon bozoridan to‘siqsiz mahsulot, asbob-uskuna va texnologiyalarni olib kirish imkoniyatini yaratadi.
5. Chet el bozorlariga to‘siqsiz chiqish imkoniyati O‘zbekiston Respublikasi tovar va xizmatlarining eksporti hajmini oshiradi va o‘z o‘rnida iste’molchilarning jahon bozoridagi arzon tovarlarga bo‘lgan extiyojini samaralirok kondirish imkoniyatini beradi.
6. Nizolarni hal etishning samarali yo‘liga kirish. Ya’ni biror bir mamlakat tomonidan Butunjahon savdo tashkiloti qoidalari buzilishi oqibatida zarar ko‘rgan holda O‘zbekiston Respublikasi bu tashkilotning nizolarini hal etish oralig‘ida nizolarni adolatli va samarali hal etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
7. Ko‘p tomonlama savdo tizimiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lish. Bu imkoniyat O‘zbekiston Respublikasining Butunjahon savdo tashkiloti doirasida o‘tkazilgan ko‘ptaraflama savdo muzokaralarida ishtirok etib o‘z manfaatlarini ifoda etish imkoniyatidan kelib chiqadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hukumati BSTga a’zo bo‘lib kirishni jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvning asosiy shakllaridan biri sifatida qarab kelmoqda va mazkur tashkilotga teng huquqli a’zo bo‘lib kirish borasida dadil qadamlar tashlanmoqda.
O‘zbekistonning BSTga a’zo bo‘lib kirishi mamlakat hukumati va olib borilayotgan iqtisodiy siyosatga jahon hamjamiyati va salohiyatli investorlar ishonchini yanada oshiradi va savdoning rivojlanishi, investitsiyalar oqimining ko‘payishi, shuningdek, tezkor iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkonini beradi. Iqtisodiyotni imkoniyat darajasida qayta qurish, tarmoqlarning qo‘shilgan qiymati yaratishi bilan bog‘liq yuksak taraqqiyot darajasini ta’minlash, BSTga a’zo mamlakatlar bozorlariga kirib borishning muhim kafolati bo‘lib hisoblanadi.

Nazorat savollari



  1. BST kachon va kaerda tashkil topgan ?

  2. BSTga a’zo bulishning afzalliklari ?

  3. Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish necha bosqichdan iborat ?



5-AMALIY MAShG‘ULOT. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992 YIL 2 MARTDAGI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA STANDARTLAShTIRISh BO‘YIChA IShLARNI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA” GI QARORINI TAHLIL QILISh VA MUNOZARA YuRITISh





  1. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 2 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida” gi Qarori qabul qilinishining zarurati.

  2. Mazkur Qaror haqida ma’lumot.

  3. Qaror bandlarini tahlil qilish va munozara yuritish.

  4. Umumiy xulosa.

Kalit (tayanch) so‘zlar. Me’yoriy-texnikaviy hujjat, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, davlatlararo standart, respublika standarti, texnikaviy shartlar.


Zamonaviy pedtexnologiya elementlaridan, masalan interaktiv metodini qo‘llab dars o‘tiladi.


Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi (kodoskop, proektor, plakat va hokazo).
Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar.
Talabalar mustaqil fikrlashi uchun to‘la sharoit yaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilingandan so‘ng, hamma sohada bo‘lganidek, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida ham o‘ziga xos milliy respublika tizimini yaratish zaruriyati yuzaga keldi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari o‘rtasidagi xo‘jalik, savdo, ilmiy-texnikaviy va boshqa munosabatlarni saqlab qolish, jahon mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, uni rivojlantirishdagi texnikaviy to‘siqlarni bartaraf etish masalasi yuzaga keldi. Xuddi shu maqsadda 1992 yil 2 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarning Mahkamasi №93-sonli “O‘zbekiston Respublikasida standartlash ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” gi Qarori qabul qilindi.


Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida standartlashtirish ob’ektlariga nisbatan talablarni belgilovchi me’yoriy-texnikaviy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:

  • Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarining davlatlararo standartlari (DST);

  • O‘zbekiston Respublikasining standartlari (O‘zRST);

  • O‘zbekiston Respublikasining texnikaviy shartlari (O‘zTS’H);

  • korxonalar, birlashmalar, firmalar, konsernlar va boshqa xo‘jalik sub’ektlarining standartlari (O‘z KST);

  • xorijiy mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari (ISO, MEK va boshqalar).

Respublika manfaatlarini ko‘zlab, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni shakllantirish, shuningdek, bu sohadagi ishlarga umumiy metodologik rahbarlikni ta’minlash uchun birlashma bazasida Sobiq Ittifoq Davlat standartining respublika hududida joylashgan tashkilotlari imkoniyatlarini birlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi (“O‘zdavstandart”) tashkil etildi va uning zimmasiga O‘zbekiston Respublikasining standartlash, metrologiya va sertifikasiyalash masalalari bo‘yicha milliy organi funksiyasi yuklatildi.

Sinov-nazorat savollari





  1. Standartlashtirishning mahsulot ishlab chiqarishdagi roli nimadan iborat?

  2. Ushbu Qaror qabul qilinishidan maqsad nima edi?

  3. O‘zbekiston Respublikasi hududida me’yoriy-texnikaviy hujjatlarning qanday toifalari amal qiladi?

  4. Ushbu Qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining standartlash, metrologiya va sertifikasiyalash masalalari bo‘yicha milliy organi funksiyasi qaysi tashkilotga yuklatildi?




Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish