Сифат анализи усулларининг синфланиши



Download 1,33 Mb.
bet35/44
Sana02.07.2022
Hajmi1,33 Mb.
#733348
TuriАнализ
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44
Bog'liq
1-mavzu

Kimyoviy usul. Plastinkalar reaktivlar bilan purkaladi (purkagich 
yordamida) va rangli dog‘lar hosil bo‘ladi. Plastinkalardagi dog‘lami yodning 
bug‘lari bilan ishlash yordamida ham aniqlash mumkin. 
Fizikaviy usul. Ba‘zi moddalar o‘z tarkibida xromofor guruhlarni saqlagani 
uchun 
UB-nurda 
tovlanadi 
(flyuoressensiyalanadi). 
Agar 
moddalar 
tovlanmaydigan bo‘lsa, unda sorbent tayyorlanayotganda flyuoressen indikatori 
yoki ZnS qo‘shiladi. Ba‘zida, masalan radioaktiv modda dog‘larini aniqlashda, 
sorbent qatlamidan erituvchi uchib ketganidan keyin unga fotosezgir plenka yoki 
qog‘oz yopishtiriladi, ma‘lum vaqt o‘tgandan keyin plenka yoki qog‘ozda 
radioaktiv moddalarning qora dog‘i hosil bo‘ladi. 
YQX usulida sifat tahlilini o‘tkazishda standart moddalardan yoki 
moddaning R
r
qiymatidan foydalaniladi. Dori moddalar tarkibidagi vol 
birikmalarni aniqlashda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yot moddalarning nusxalaridan 
(guvoh) foydalaniladi. 
YQX usulida miqdoriy tahlil olib borishda aniqlanuvchi modda plastinkaga 
aniq miqdorda tomiziladi. Plastinka xromatografiyalanadi. dog‘lar o‘rni 
belgilanadi va erituvchilar yordamida sorbent eritilib, tarkibidagi modda miqdori 
kimyoviy (hajmiy) yoki fizikaviy (SF. FEK) usullar yordamida aniqlanadi (25-
rasm). 
Ba‘zida moddalar miqdorini xromatografiyalashda hosil bo‘lgan dog‘lar 
yuzasini hisoblash (densitometriya) orqali ham aniqlanadi. 

Sorbentning yupqa qatlamida bajariladigan xromatografiya 


a—silikagel qatlami bilan qoplangan plastinka; b—plastinkaga eritmani tomizish: 
d—plastinkaning xromatografiyalash kamerasidagi holati: e—moddalarning 
xromatografiya jarayonida ajralishi. 

Do‘lana gullari tarkibidagi giperozidning chinligi va miqdorini


yupqa qatlam xromatografiyasi usulida aniqlash 
 
Chinligini aniqlash 0,5 g maydalangan xom ashyo 15 minut 5 ml 95% 
spirtda qaynatiladi. Aralashma sovitilganidan keyin ajratma dekantatsiyalanadi va 
―Silufol‖ plastinkasiga(15xl5 sm) mikropipetka yordamida 0,05 ml eritma 1 sm 
uzunlikda chiziqsimon ko‘rinishda tomiziladi, yoniga nuqta shaklida 0,005 ml 
0,1% li giperozidning Davlat standart namunasi (DSN) eritmasidan tomiziladi. 
Plastinka quritiladi (5 minut) va xloroform-metil spirti (8:2) solingan kameraga 
joylashtiriladi. 
Xromatografiyalash yuqoriga yo‘nalgan usulda olib boriladi. Erituvchilar 
aralashmasi plastinkaning yuqorisiga yetganida plastinka kameradan olinadi, 2 
minut havoda quritiladi va UB-lampa ostida (λ = 300 nm) ko‘riladi.Giperozid 

DSN dog‘ining balandligida to‘q-jigar rangdagi chiziq holida dog‘ bo‘lishi kerak. 


Keyin plastinkaga aluminiy xloridning 5% li spirtli eritmasidan purkaladi va 2—3 
minut quritish uskunasida 100-105
0
C da qizdiriladi. Bunda dog‘ UB-nurda 
ko‘rilganda sariq- yashil bo‘lib tovlanuvchi to‘q sariq rangga bo‘yaladi. 
Miqdorini aniqlash 3 mm kattalikda maydalangan 2 g (aniq tortma) 
o‘simlik xom ashyosi 250 ml hajmli og‘zi mahkam berkiladigan (shlifli) 
kolbaga solinib, ustiga 100 ml 95% spirt solib ±0,01 g aniqlikda tortiladi. 
Kolbaning og‘ziga vertikal sovitgich o‘matilib, suv hammomid a 1 soat 
davomida qizdiriladi. Havo haroratigacha sovitilib, kolbaning og‘irligi 
avvalgisiga (birinchi)siga yetguniga qadar 95% li spirt qo‘shiladi. 
Kolbadagi aralashma diametri 7 sm, 0,5 sm qalinlikdagi namlangan paxta 
solingan voronka orqali suziladi (filtrlanadi). Birinchi 30 ml filtrat tashlab 
yuboriladi, keyingi 50 ml esa tagi yumaloq, og‘zi yaxshi yopiladigan 
(shlifli) 100 ml hajmli kolbaga solinib, 2—3 ml eritma qolguniga qadar 
rotorli bug‘latgichda bug‘latiladi. Kolbadagi qoldiq 10 ml li o‘lchov 
kolbasiga o‘tkaziladi va belgisigacha 95% spirt bilan yetkaziladi, 
aralashtiriladi va amorf cho‘kma cho‘kishi uchun tindirib qo‘yiladi. 
―Silufol‖ (15x15 sm) plastinkaning start chizig‘iga (chetidan 1,5 m 
ichida) cho‘kma ustidagi suyuqlikdan 0,08 ml 5 sm uzunlikda chiziqsimon 
ko‘rinishda tomiziladi. Yoniga0,08 ml 0,1% giperozidning DSN 
eritmasidan tomiziladi. Plastinka quritiladi va xloroform-metil spirti (8:2) 
solingan kameraga joylashtiriladi. Erituvchilar aralashmasi plastinkaning 
chetiga yetganida, plastinka kameradan olinadi, quritiladi va ikkinchi 
marta qayta xromatografiyalanadi. 
Plastinka UB-nuri oqimida ko‘rilib, giperozidning tekshirilayotgan 
eritma va standart namunadagi dog‘lar o‘mi belgilanadi. Belgilangan 
dog‘lar va shu dog‘lar kattaligidagi plastinkaning bo‘sh qismi maydalab 
kesiladi (nazorat tajriba uchun). Plastinkaning kesilgan bo‘lakchalari 50 ml 
og‘zi mahkam berkitiladigan kolbalarga solinadi, ustiga 10 ml dan 
dioksan- suv (1:1) aralashmasidan quyib, og‘zi mahkam berkitilib, 1 soat 
davomida chayqatiladi. 
Kolbalardagi aralashma probirkalarga o‘tkaziladi va 1000 ayl/min tezlikda 5 
minut davomida sentrifugalanadi. Olingan elyuatlarning optik zichligi 
spektrofotometrda nazorat tajribasining elyuatiga nisbatan, qalinligi 10 mm 
bo‘lgan kyuvetalarda, 1=364 nm da o‘lchanadi. 
Giperozidning quruq xomashvoganisbatan miqdori foizlardaquyidagi 
formula yordamida hisobalnadi: 

Bu yerda — tekshirilayotgan modda elyuatining optik zichligi;


D
0
 — giperozid DSN elyuatining optik zichligi; 
m


Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish