Сифат анализи усулларининг синфланиши


-Mavzu YUQX - suyuq xromatografiyaning planar turi. Tarixi, aniqlash



Download 1,33 Mb.
bet34/44
Sana02.07.2022
Hajmi1,33 Mb.
#733348
TuriАнализ
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Bog'liq
1-mavzu

8-Mavzu YUQX - suyuq xromatografiyaning planar turi. Tarixi, aniqlash 
xatoliklari. Moddalarning ajralishida omillarning ta‟siri. YUSYUQX.
Reja: 
1. Yupqa qatlam xromatografiyasi. 
2.YUQX usulida moddalarning ajralishida omillarning ta‘siri 
3. YUSYUQX usullarining ishlash pritsiplari 

Yupqa qatlam xromatografiya usuli yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan universal 


usul bo‘lib, hozirgi vaqtda oddiyligi, tez bajarilishi, iqtisodiy jihatdan afzalligi 
tufayli farmatsevtika amaliyotida ko‘p foydalanilmoqda. Usul sorbent bilan 
qoplangan shisha, folga, plenka yuzasida kapillyar kuchlar ta‘sirida moddalarning 
harakatlanishi natijasida bir-biridan ajralishiga asoslangan. 
YQX usulidan moddalarning chinligi, tozaligi va miqdorini aniqlashda keng 
foydalaniladi. 
Mazkur usulda qo‘zg‘aluvchan faza sifatida ko‘pincha suv va ba‘zida 
boshqa erituvchilar yoki ularning aralashmalari ishlatiladi. Qo‘zg‘aluvchan faza 
qo‘zg‘almas faza (yupqa qatlamli sorbent)ga tomizilgan aralashmani o‘zida 
eritadi va ulami turli tezlikda har xil masofadagi o‘rinlarda taqsimlanishiga olib 
keladi. 
Yupqa qatlam xromatografiyasi usulida erituvchilar aralashmasini shunday 
tanlash kerakki, bunda xromatogrammada birikmalar simmetrik joylashib, Rfqiymati 0,5 ga yaqin bo‘lishi kerak. YQXda qo‘zg‘almas qattiq faza - sorbent 
sifatida maxsus ‗‗xromatografiya uchun‖ tayyorlangan silikagel, aluminiy oksidi, 
KSM rriarkali silikagel, silikagel bilan aluminiy oksidi aralashmasi, sellyuloza, 108

kizelgur, poliamid ishlatiladi. Sorbent tanlashda aniqlanuvchi modda funksional 


guruhlarining xususivati va soni ham ahamiyatga ega. 
YQX usuli — sorbent mahkamlangan va mahkamlanmagan plastinkalarda 
olib boriladi. Sorbent qatlamini mahkamlash uchun 5±20% gacha bog‘lovchi 
modda qo‘shiladi. Bog‘lovchi moddalarning ajralish jarayoniga ta‘sir etmasligi 
kerak. Shunday bog‘lovchilarga gips, kraxmal, agar-agar kiradi. 
Sorbenti mahkamlangan yupqa qatlamli plastinka tayyorlash uchun 5 g 
KSM markali silikagel, 0,2 g kalsiy sulfat va 12 ml suvdan iborat aralashma 
chinni havonchada shisha tayoqcha bilan bir xil quyuqlikda bo‘lgunicha 
aralashtiriladi. Tayyorlangan aralashmani o‘lchamlari 13x18 (14x16; 8x15) sm 
keladigan shisha plastinka ustiga quyib maxsus moslama yordamida qatlam 
qalinligi bir tekis bo‘lgunicha (250-500 mg) tekislanadi. Keyinchalik plastinka 
gorizontal holatda quritish shkafida 120
0
C haroratda 1 soat davomida quritiladi. 
Plastinkalar suvsiz kalsiy xlorid solingan eksikatorlarda saqlanadi. 
Xromatografik kamera sifatida og‘zi oyna yoki ishlov berilgan qopqoq bilan 
yopilgari tagi uassi shisha idishlai (kristallizatoilar, eksikator va h.k.) ishlatiladi. 
Kamera sathini 5—7 mm ga qo‘zg‘aluvchan faza — erituvchilar aralashmasi 
solinadi. Kamerani to‘yintirish maqsadida uning devoriga erituvchi bilan 
shimdirilgan filtr qog‘oz joylashtiriladi. Namunani yuborishdan avval plastinka 
chekkasidan 1,5—2 sm masofada o‘tkir qalam yoki igna bilan dog‘larning 
boshlang‘ich - start chizig‘i belgilanadi. Plastinkaning qarama-qarshi chekkasida 
namunaning nomi yoziladi. Namuna mikropipetka yoki mikroshprits yordamida 
tomiziladi. Sifat tahlilini o‘tkazishda kapillyardan foydalaniladi. Namuna start 
chizig‘iga diametri 3-4 mm bo‘lgan dog‘ ko‘rinishida tomiziladi. Namuna 
plastinkaning pastki qismidan 1,5-2 sm yuqorida, yon tarafidan esa 2 sm 
masofada tomizilishi kerak. Agar plastinkaga bir necha namunalar tomizilishi 
kerak bo‘lsa. ular orasidagi masofa 2 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Xromatografiyalash uslubi 3 xil bo‘ladi. 
1. Yuqoriga ko‘tariluvchi xromatografiyada plastinka vertikal holatda 
joylashtiriladi, erituvchilar aralashmasi pastdan yuqoriga qarab harakat- lanadi. 
2. Pastga qarab harakatlanuvchi xromatografiyalashda erituvchi alo- hida 
idishga solinib, kameraning yuqori qismiga joylashtiriladi. Erituvchi filtr qog‘oz 
yordamida beriladi, ya‘ni xromatografiya qog‘ozining bir uchi erituvchiga 
solinsa. ikkinchi uchi kameraning pastki qismiga tushiri- ladi. 
3. Aylanali xromatografiyalashda erituvchi solingan Petri idishida diametri 2 
mm kattalikda tirqish bo‘ladi. Aniqlanuvchi modda qog‘ozga tomiziladi. 
Tirqishga filtr qog‘oz o‘rnatiladi va erituvchiga solinadi. 
Xromatogrammada hosil bo‘lgan dog‘lar 2 xil usulda ochiladi: kimyoviy va 
fizikaviy. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish