Fizik Analiz Usullari
Miqdoriy analizda fizik analiz usullaridan radiometrik va mass-spektrometrik analiz usullari ko’p qo’llaniladi.
Radiometrik analiz –tekshirilayotgan modda tarkibidagi radioaktiv elementdan chiqayotgan nurlanishni o’lchashga asoslangan. Unda aralashma tarkibidagi radiaktivlik xususiyatiga ega bo’lgan izotoplar miqdori aniqlanadi.
Miqdoriy analizda mass-spektrometriya usuli ham keng qo’llaniladi. Elementlarning izotoplaridan iborat aralashma tarkibini o’rganishda bu usuldan foydalanish mumkin.
Mass-spektrometriya usuli elektr yoki magnit maydoni ta‘sirida hosil bo’lgan ionlangan atom va molekula yoki radikal oqimlarning massasini aniqlashga asoslangan
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. X.Raxmatov, A.Gevorgyan, N.Boboqulov, Z.Qurbonova.
2. «Fizik kimyoviy analiz usullari». Qarshi «Nasaf» - 2003.
3. O.Fayzullaev. «Analitik kimyo». Toshkent – 2006.
4. M.Mirkomilova. «Analitik kimyo». T.: 2002.
3. Xromatografik va elektrometrik analiz usullari
Reja:
1. Xromotografik analiz usulida qo’llaniladigan ionitlar.
2. Ion almashinish xromotografiyasining qo’llanilishi.
Suyultirilgan eritmalarning ionlar yordamida kontsentrlash.
Selitra tarkibidagi nitratlar miqdorini aniqlash.
Elektrometrik analiz va uning qo’llanilishi.
Eritmalarning pH qiymatini potentsiometrik usulda aniqlash.
Xromotografik analiz asosan ikki maqsad uchun qo’llaniladi:
1. Aralashma xolidagi ionlarni bir-biridan ajratish;
2. Suyultirilgan eritmalardagi ionlarni yigib kontsentratsiyasi yuqori bo’lgan eritma hosil qilish.
Bu ikki tadbirni bajarish uchun ionitlar (kationit va anionitlar) dan foydalaniladi. Laboratoriya sharoitida kuchli kislotali kationitlardan Ku-1, Ku-2, Ku-23 va shular kabilar juda ko’p ishlatiladi. Ularning almashtirish sigimi ( 1g ionitga yutiladigan ionning milli-ekvivalent massasi bilan o’lchanadi.) . Ancha yuqori bo’lib urtacha 4-5 milli –ekvi/g ga teng. Kationitlar o’zlari yuvilayotgan eritma tarkibidagi kationlarni yutadi va ularning o’rniga N+ ionlarini eritmaga chiqaradi, Ammo usha eritma tarkibidagi anionlarni va dissotsilanmaydigan molekulalarni mutlaqo yutmaydi. Shuning uchun kationlarni anionlardan va organiq birikmalardan ajratish kationlar yordamida osongina amalga oshiriladi.
Anionitlar kationitlarning aksicha; eritmadan faqat anionlarni yutadi, ammo kationlarni va organiq birikmalarni mutlaqo yutmaydi. Anionitlar o’zlarini yuta olish sigimiga kura yuqori asosli (masalan AV-17, AV-16), urta asosli (EOE-10 P) va past asosli ( AN-2F, AN-1) bo’ladi.
Analiz uchun ionitlarni to’g’ridan-to’g’ri ishlatib bo’lmaydi. Ular keyingi qo’llanilishini xisobga olingan xolda statik va dinamik sharoitlarda ishlatish uchun tayyorlanadi. Analiz statik sharoitda olib borilsa, ya‘ni biror idishdagi eritmaga ionit solinib, eritmadagi ionlar bilan ionit orasidagi muvozanat vujudga keladigan sharoitda o’tkazilsa, ionit ham xuddi shunday usul bilan analizga tayyorlanadi.
Dinamik usullar bilan olib boriladigan (ya‘ni) ionit biror kolonkaga joylashtirilib, u orqali eritma o’tkaziladigan bo’lsa) analizlar uchun qo’llaniladigan ionitlar dinamik sharoitda ishlash uchun tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |