SPORT BILAN SHUG’ULLANISH MILLIY G’URURNI SHAKLLANTIRUVCHI OMIL
SIFATIDA
Zaxritdinov A.T., o’qituvchi
Guliston davlat universiteti, Guliston, O’zbekiston
Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар
Халқаро иштирокчилар ҳамкорлигида республика илмий-амалий анжумани материаллари
81
Bugungi kunda ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish mustaqil
davlatimiz uchun umummillat, umumdavlat miqyosidagi vazifa sanaladi. Bu ezgu maqsad yo’lida
amalga oshirilayotgan ishlarimizni izchil va qat’iyatlik bilan davom ettirish bugungi kun
siyosatimizning diqqat markazida turgan muhim masalalardan biridir.
Sport faolitini psixologik tahlil qilish masalalari ichida psixologlar diqqatini ko’proq sport faoliyatining
motivlari masalasi jalb etadi. Bir qator tadqiqotlarda be’vosita motivlar mavjudligi va ahamiyatli
ekanligi aniqlangan. Masalan, jismoniy mashqlarda mushaklar harakatidan rohatlanish, estetik
zavqlanish, musobaqalarga qatnashish ishtiyoqi va hokazolar, shuningdek, sport faoliyatining o’z
motivlari ham aniqlangan. Bular sog’lom, baquvvat bo’lish, o’zini himoya qila olish istagi, o’zini
mehnatga, jangovor harakatlarga tayyorlash, kelishgan, chiroyli qaddi-qomatga erishish va
hokazolardir.
Sport faolitining turli bosqichlarida bu motivlar dinamikasining rivojlanishi bir xil kechmasligi
tadqiqotlar asosida aniqlangan. Masalan, sport bilan shug’ullanishning dastlabki bosqichida kishini
jismoniy mashqlar qilishga be’vosita motivlar ta’sir qiladi. Bunda sportning ma’lum bir turi emas, balki
umumiy jismoniy harakatlarni bajarish istagi, jismoniy tarbiya darslaridagi topshiriqlarni bajarish
hohishi, badanning chigilini yozish uchun qilinadigan ixtiyoriy mashqlar va hokazolarning namoyon
bshlishi kuzatiladi.
Keyinchalik motivlar harakteri o’zgaradi. Tanlangan sport turi bilan shug’ullanish narijasida
sport faoliyati bilan shug’ullanishni davom ettirish uchun shu sport turiga nisbatan maxsus qiziqishning
ortishi, bu sohadagi bilimlarning o’sishi, sport texnikasini mukammal egallashdagi muvaffaqiyatlarga
erishishi kabi motivlar etakchilik qiladi. Nihoyat mahoratining yuksak bosqichda qo’lga kiritilgan sport
darajasini saqlab turish hohishi sportning ushbu turini yanada rivojlantirish istagi mamlakat sport
sharafini himoya qilish kabilar asosiy motivlar bo’lib xizmat qiladi. Sportchi musobaqalar davomida
og’ir ahvolga tushib qolganda, ko’z oldiga butun hayoti, oilasi, treneri, knga ishonch bilan qaragan
safdoshlari, el – yurti keladi. Shunda unga yangi kuch – quvvat kelib g’alabani ta’minlaydi. Sportning
tarbiyaviy ahamiyati xaqida gapirganda, shuni ham ta’kidlash joizki, u ko’p yoshlarni bekor va
maqsadsiz ko’chalarda daydib yurishdan saqlaydi.
Bir qator tadqiqotlarda (A A Laliyan, P
A Rudik) shu narsa aniqlanganki sportchilarni musobaqalarga jismoniy texnik vataktik jixatdan
tayyorlash bilan bir qatorda ularni musobavalarga maxsus psixologik tayyorlash zarurati muhim
axamiyat kasb etar ekan. Bu tayyorgarlik sportchining irodaviy sifatlarini rivojlantirishga, o’z kuchiga
ishontirishga bo’ladigan musobaqaning xarakteri uning ko’lami raqiblarning xususiyatlari bilan
tanishtirishga kiritilishi kerak. Bini musobaqada texnik va taktik jixatdan yaxshi tayyorlangan
sportchini o’rta darajadagi sportchi engib ketadi. Bu sportchining psixologik tayyorgarligi bilan bog’liq
masala.
Bu motivlar yorqin ijtimoiy yo’nalganlik harakteriga ega bo’ladi. Ya’ni sportchining shaxsiy
motivlari ijtimoiy motivlarga bo’ysundiriladi. Bu esa sportning tarbiyaviy ahamiyati borligini, odam
shaxsini rivojlantiruvchi rolini yana bir bor ko’rsatadi. Sport sohasida faoliyat ko’rsatayotgan
shaxslarni motivatsiyasi nihoyatda turlicha bulib, har bir shaxsda o’z mohiyatidan kelib chiqishi sport
psixologiyasida ta’kidlab kelinadi. Faoliyatga turtki vazifasini o’tovchi omil jamoa bulib
harakatlanuvchilarda boshqa bir ko’rinishda bo’lsa, yakka tartibda sport musobaqasida katnashuvchi
sportchilarda umuman boshqa bir ko’rinishda bo’lishi tabiiy bir xol desak hoto bo’lmaydi.
Tanlangan sport turi bilan shug’ullanish natijasida shu sport turiga nisbatan maxsus
qiziqishning ortishi sportchida, shu sohaga oid bilimlarning o’sishi, mashhur sportchilar hayoti va
faoliyati haqida ma’lumotlar to’plash, sportdagi dastlabki muvaffaqiyatlar natijasida sport bilan
shug’ullanish motivlari kuchayadi. Sport mahoratining yuqori bosqichida qo’lga kiritilgan sport
darajasini yuksak jismoniy va ruhiy ko’rsatkichni saqlab turish hohishi (soxranenie sportivnoy formu),
sportning ushbu turini yanada rivojdantirish istagi va nihoyat mamlakat sport sharafini himoya qilish
kabi xohishlar asosiy motivlardan biri bo’lib chiqadi.Bundan keyingi motivlar yorqin ijtimoiy
yo’nalganlik xarakteriga ega buladi. Bunda sportchining shaxsiy motivlari ijtimoiy motivlarga
bo’ysundiriladi. Masalan, bir vazndan boshqa vaznga o’tish komanda manfaati uchun yirik
musobaqalarda g’oliblar sharafi uchun mamlakat bayrog’ining ko’tarilishi, davlat madhiyalarining
chalinishi kabi holatlar sportchilarda faxr tuyg’ularini tug’diradi. Ko’p sportchilar bunday paytlarda
Do'stlaringiz bilan baham: |