Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар
Халқаро иштирокчилар ҳамкорлигида республика илмий-амалий анжумани материаллари
77
TASHQI MUHITNING TURLI HARORATLI SHAROITLARIDA ESHKAK
ESHUVCHILAR QONIDA LAKTAT VA MOCHEVINA MIQDORINING O`ZGARISHI
Xo`jabekov M.A., o`qituvchi
Samarqand davlat universiteti, Samarqand, O’zbekiston
Ma’lumki, intensiv mushak faoliyati davomida qonda laktat va mochevina miqdori keskin
o`zgaradi [1, 2, 3]. Bu holatda oqsil almashinuvi va aerobog’lovchilar katabolik jarayonlari faollashish
oqibatida ro`y beradi. Oqsil katabolizmi va uning tiklanishi ushbu kutilmagan holatlarda moslashganlik
darajasiga bog’liq.
Shu sababli, ishlarimizda eshkak eshuvchilar qonida laktat va mochkvinalarning miqdori
sportchinisiklik turlarida tayyorgarlik mashg’ulotlarini o`rgandik. Tashqi muhitning haroratiga qarab,
ikki hafta mashg’ulotlar jarayonida O’zbekiston baydarka va kanoyeterma jamoalari eshkakchilari
qonida laktat va mochevina miqdori o`zgarishi dinamikasini o`rgandik. 15-17 yoshdagi 18 eshkakchi
o`g’il bolalar qon tarkibi o`rganildi. Tadqiqotlar mashg’ulotgacha (boshlang’ich mashg’ulotlar)
mashg’ulot davomida (7 va 15 kecha – kunduz davomida) va har bir mashg’ulot tugagach, bir sutkadan
keyin (16 sutkada) 18-20º C va 35-36º C haroratda olib borildi.
Olingan natijalar tahlili shuni ko`rsatadiki,18-20º S haroratda ikki haftalik intensiv jismoniy
yuklamalar moddalar almashinuvi holatiga, ta’sir ko`rsatadi xususan katabolik jarayonlar buzilishiga
sabab bo`ldi. Intensiv mashg’ulotlarga moslashish birinchi bosqichlarida sportchilar qonida mochevina
miqdorining keskin oshishi bunga dalolat bo`ladi. Shu tarzda, mashg’ulotlar 7- kunda yosh eshkakchilar
qonida mochevina miqdori (P<0,05) boshlang’ich ma’lumotlar bilan qiyoslanganda oshdi
(boshlang’ich 3,5±0,6 mmol/l, 7-kun 6,8±0,8 mmol/l, 15-kun maksimum (8,2±0,7 mmol/l)ga yetdi.
Maxsus jismoniy yuklamalarni bajarishda qonda laktat miqdori ham o`zgaradi. Misol uchun
kundalik intensiv mashg’ulotlari 7 – kunida laktat miqdori 2,2±0,3 mmol/l dan 8,8±1,1 mmol/l ga oshdi,
15 – kuni laktat miqdorining keskin ko`tarilishiga aerob-anaerob energiya ta’minoti o`tishi sabab
bo`ldi, ya’ni jismoniy faoliyat aerob-anaerob rejimida bajarildi. Maxsus yuklama sharoitida kundalik
mashg’ulotlari 15-kuni tugugach, laktat miqdori asta sekin pasayib, boshlang’ich miqdoriga qaytadi.
18-20
0
S haroratda yosh eshkakchilar intensiv mashg‘ulotlari jarayonila olingan ma’lumotlari
tahlilidan ma’lum bo‘ldiki, qonda laktat va mochevina miqdori oshishi ikki haftalik mashg‘ulotlar
tugagach, 1 sutkaning so‘ng me’yorlashdi. Bu qulay sharoitda mashg‘ulotlar samaradorligi haqida
xulosa beradi. Ma’lumki intensiv jismoniy yuklama va qonda laktat va mochevina miqdorining oshishi
arasida bevosita bog‘liqlik mavjud. Ie tarzda, 50% maksimal kislorod iste’molini talab qiladining quyi
va me’yoriy yuklamalarda qonda miqdor deyarli o‘zgarmaydi, 50-80% ga maksimal kislorod
iste’molini (MKI) talab qilayotgan faoliyatda laktat miqdori oshadi.
Bizning va boshqa olimlar ma’lumolari shuni ko‘rsatdiki, MKIning 50-60% ni talab qiladigan
jismoniy yuklamani bajarish uchun u eng yuqori chegarasi bo‘lib, uning ortig‘i organizmida laktat
ishlab chiqarish jarayonini kuchaytiradi.
D.Ulmor va D.Kostinlarning fikrlariga ko`ra (1992) jismoniy yuklama oyoq mushaklariga nisbatan
qo‘l mushaklariga ko‘proq tushsa qondagi laktat miqdori ko`proq oshadi. Eshkakchilarda asosiy
og‘irlik qo‘l mushaklariga to‘g‘ri kelganligi bois, ularning qonida laktat miqdori oshadi.
Ushbu olingan natijalardan shunday xulosa chiqarish mumkinki faollashishi intensiv jismoniy
faoliyatda simpato-adrenal va atsetilxolin tizimlari funksiyalari kuchayishiga bog‘liq. Intensiv jismoniy
yuklama sharoitida ishchi mushaklar tuqimalarida gipoksiyaning kuchayishi qonda laktat miqdori
oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hatto tinch holatda ham skelet mushaklarida gipoksiya mavjudligini
tahmin qilish mumkin bo`ladi.
Mochevina va laktat miqdori sportchilar tayyorlanganligi va malakasiga bog‘liqligini aytib o‘tish
zarur. Jismoniy yuklamaning aynan bir xil intensivligi va hajmida laktat miqdori sportchilar qonining
tarkibida ularning shu sport turi bilan shug`ullanish darajasiga qarab o`zgaradi. Buning sababi, yaxshi
tayyorlangan sportchilar MKI har doim kamroq shug‘ullangandan ko‘ra yuqoriroq bo‘ladi.
Eshkak eshish sporti ustasi va ustaligiga nomizod sportchilarda mochevina va laktat miqdori
o‘zgarishi dinamikasi va yuklama hajmi orasida bevosita bog‘liqlik kuzatildi. Unda ertalabdanoq
sutkalik mashg`ulotlardan so‘ng, mochevina va laktat miqdori to‘liq tiklanadi, bu esa jismoniy
yuklamalarga organizm adaptatsiyasi va sportchilar organizmi funksional imkoniyatlari muqobilligi
haqida dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |