Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар
Халқаро иштирокчилар ҳамкорлигида республика илмий-амалий анжумани материаллари
57
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganib, ularni o‘quv
muassasalarimizga olib kirish zarurligi uqtirilgan.
Keyingi o‘n yillar ichida yaratilgan, pedagogikaga bag‘ishlangan adabiyotlarda “Pedagogik
texnologiya”, “Yangi pedagogik texnologiya”, “Ilg‘or pedagogik texnologiya”, “Progressiv pedagogik
texnologiya” kabi tushunchalar ko‘p uchrab turgani bilan, ularning o‘zbek tilidagi maromiga etgan
ta’rifi hali tuzilmagan.
Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistonning
ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya
amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar.
Bu yerda nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiya – ularning
milliy nazariy asosini
yaratish va amaliyotga tadbiq etish zarurati tug‘ildi, degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Jamiyati-
mizga qanchadan qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni etishtirib kelgan pedagogika
uslublari mavjudki, ularning eskirib, talabga javob bermay qolgan va mafkuralashtirilgan joylarini
o‘zgartirib, milliy tus berib, foydalanaversa bo‘lmaydimi?- degan mulohazalar ham yo‘q emas.
Chunki:
Birinchidan – jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan
mamlakatlar qatoridan o‘rin
olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samardorligini oshirish
maqsadida eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;
Ikkinchidan – an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli
“Axborotli o‘qitish” sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tavsiflanib,
o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining
tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar
manbaiga aylanib qolganligi;
Uchinchidan – fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin
ko‘payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
To‘rtinchidan –kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik
bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik
tafakkurga o‘tib borayotganligi;
Beshinchidan – yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or
bilim berish
usuli hisoblangan ob’ektiv borliqqa majmu yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qildishidadir.
Pedagogik texnologiya yuqorida sanab o‘tilgan beshta sababiy shartlarning barcha talablariga
javob beradigan ta’limiy tadbirdir.
Shu kundagi ijtimoiy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda
ijtimoiy-gumanitar, umumkasbiy fanlar bilimlar doirasiga ham yangi texnologiyani joriy etishni taqozo
etmoqda.
Ta’lim texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ilmiy muammo sifatida maxsus
tadqiqotlar olib borishni ko‘zda tutadi. Bunda, eng avvalo quyidagilarni aniqlash lozim:
Ta’lim texnologiyalarini ilmiy ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish uchun ijtimoiy-
pedagogik
asoslar mavjudligini aniqlash;
Ta’lim majmu sifatida nimani anglatishi va qanday tarkibiy qismlardan tashkil topganligini
belgilash;
Ta’lim texnologiyasining funksional majmui jarayon sifatida nimalardan iboratligini aniqlash;
Ta’lim texnologiyalari Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadlariga qay darajada to‘g‘ri
kelishi va uni baholash mumkinligini ko‘rsatib berish;
Pedagogik texnologiyaning majmular nazariyasining asosiy qonuniyatlariga mosligini
nazoratda tutib turish yo‘l-yo‘riqini ishlab chiqish.
SHuni aytish joizki, ta’lim
texnologiyalari, pedagogika ilmining tadqiqot ob’ekti sifatida aniq
fanlarni o‘qitish uslubi bo‘libgina qolmay, ijtimoiy fanlarni o‘qitishga ham yangicha yondashuv sifatida
qayd qilinishi lozim.
Jamiyatimiz jadallik bilan tarqqiy etib iqtisodiy va siyosiy mavqei kundan kunga ortib bormoqda.
Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa, ta’lim va tarbiyada depsinish va umumiy taraqqiyotdan orqada
qolish sezilmoqda. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yo‘llaridan biri ta’lim va tarbiya jarayonini
qabul qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir.