Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар
Халқаро иштирокчилар ҳамкорлигида республика илмий-амалий анжумани материаллари
43
1. Атаев А.К. Ёш ўсмирларга ўзбек курашини ўргатиш услубиёти. Жисмоний тарбия
институти ва олий таълим муассасалари жисмоний тарбия факультетлари учун ўқув
қўлланма. 2003 й.
2. Атоев А.Қ. Кураш . Тошкент. 1987 й.
3. Тошпўлатов Ж.Т. «Ўзбек кураши», Т., 2000 й.
4. Комил Юсупов. ,,Кураш халқаро қоидалари, техникаси ва тактикасиъъ Т., 2005.й
O`QUVCHI YOSHLARDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH
KONSEPTSIYASI
Farmonov O’.A., o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O’zbekiston
Jamiyatamizda ro`y berayotgan o`zgarishlar jarayonvda mustaqil fikr egasi bo`lgan, ma`lum
hayotiy maqsad asosida faoliyat olib boradigan, sog’lom turmush tarzi asoslari talablarga og’ishmay
rioya qiladigan shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish o`ta muhim vazifa sifatida kun tartibidan alohida
o`rin oldi. O`zbek modeli deya e’tirof etilgan uzluksiz ta`lim tizimi dorasida amalga oshirilayotgan
zamonaviy ta`lim-tarbiya konsepsiyasi mazmunida o`quvchi shaxsining har tomonlama uyg’un rivoj
topishi, shuningdek, mustahkam. qat’iy harakter va iroda egasi, jismonan hamda ruhan tetik o`quvchi
yoosharni kamolga etkazish nazarda tutilgan.
O`zbekiston Respubliasi mustaqillikka erishgach bozor iqtisodiyotiga o`tish, erkin, demokratik
jamiyat qurish, jamiyat ma`naviyatini yangalash, davlat va ijtimoiy kurilish sohalarida yuqori
natijalarga erishishda sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, hozirga yosh avlodning, qolaversa, butun
millatning sog’ligini asrash muhim masala hisoblanadi.
Sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish har- xil yo`nalishlarda olib borilishi lozim. Bu, bir
tomondan, talabalarga sog’lom turmushga oid ma`lum tibbiy va gigienik bilimlarni berishga, ularda
sog’lom turmush tarzining organizm rivojiga qanday ta`sir etishi tasavvurlarning uyg’otishga
qaratilgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, ta`lim-tarbiyada gigaenik qoidalarga amal qilish, o`zining va
atrofdagilarning sog’lig’yu, yashashini kundalik odatga aylantirish ko`nikmalarini shakllantarishga
bog’liqdir. Bu maqsadga sog’lom turmush tarzi ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek,barcha
tarbiya o`choqlari bilan hamjihatlikda o’rta umum talimda keng targ’ib qilinmog’i zarur[1].
Oliy ta`lim miqyosida esa Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi,
Ijtimoiy ta`minot va mehnat vazirligi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi, shuningdek, “Sog’lom
avlod uchun”, “Yoshlar itifoqi” yoshlar ijtimoiy harakati, “Iste’dod”, “Mehnuri”, “Nuroniy”, kabi
ko`plab nodavlat tashkilotlari o`zaro hamkorlikda aholi o`rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib
borishlari lozim, Sog’lom turmush tarzi bu-inson hayoti va salomatligi xavfsizligini ta`minlashga
xizmat qiluvchi ko`nikmalarga ega bo`lish asosida hayotiy faoliyatni yo`lga qo`yish hamda
salomatlikning yuqori darajada bo`lishiga erishishni ta`minlovchi ijtimoiy hodisadir.
Sog’lom turmush tarzi-inson turmush sharoitlari faol o`zlashtirish usuli bo`lib, kun tartibiga rioya
qilish, faol harakat asosida organizmni chiniqishidir, sport bilan shug’ullanish, to`la va sifatli
ovqatlanish, ovqatlanishning gigienik qoidalariga rioya qilish, muloqot va ekologik madaniyatga
erishish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida ma`naviy tarbiya o’shish, zararli odatlardan o`zini
tuta bilish demakdir[2].
O`quvchi yoshlarni komil inson sifatida jismonan baquvvat va ma`naviy jihatdan etuk qilib
voyaga etkazish-o`zi va atrofdagilar salomatligi qadriga etshiga, sog’lom turmush tarziga rioya
qilishga, shu jumladan, yomon odatlardan xoli bo`lishga hamda o`zining hayotdagi o`rnini anglash
masalalari yuzasidan mas`uliyatli qarorlar qabul qilishga odatlangan avlodga tarbiya berish masalasi
bo`yicha yechimlarning yangicha yo`nalishlari - hayotda o`z o`rnini faol egallashga qodir bo`lgan, boy
ma`naviy-ma`rifiy dunyoqarashli insonlarni jamiyatga yetkazib berishdir.
Uzluksiz ta`lim jarayoni uchun ishlab chiqilgan “Talaba yoshlarda sog’lom turmush tarzini
shakllantirshi” konsepsiyasi ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchilarga zaruriy holatlarda mas`uliyatli
qaror qabul qilishda yordam bershi, ularning o`ziga bo`lgan ishonchni kuchaytirish, shaxsiy fazilatlarga
to`g’ri baho bera olishga o`rgatish, ularga sog’lom turmush tarzini amalga oshirish uchun kerakli
sharoitlarni yaratib berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan[3].
Voyaga etgan yosh avlodning sog’lig’shi mustahkamlash va muhofaza qilish mamlakatiz
ijtimoiy rivojlanishining ustuvor yo`nalishlaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |