Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар
Халқаро иштирокчилар ҳамкорлигида республика илмий-амалий анжумани материаллари
175
завқланиши, тетик кайфиятда бўлиши ҳамда эмотсионал- ижобий хатти- ҳаракатларни таркиб
топишини таьминлайди.
4-5 ёшли болалар учун ҳаракатли ўйинлар.
«Қизил, сариқ, яшил»
Ўйинга тавсиф: Болалар майдонча атрофида айлана бўлиб турадилар, ўқитувчи қўлига
3 хил рангдаги байроқчалар (қизил, сариқ, яшил) бўлади. Болалар майдон атрофида айланиб
юрадилар, яшил ранг кўтарилганда югуради,сариқ рангда юради, қизилда эса тўхтайдилар. Хато
бажарган иштирокчилар ўйинни тарк этадилар. Ўйин шу тариқа давом этади.
Хулоса: Бу ўйин орқали болалар йўлда ҳаракатланиш қоидаларини (светофор ва унинг
рангларида қандай ҳаракатланиш кераклиги тўғрисидаги билимлар, шу билан бирга диққат ва
жисмоний жиҳатларни ривожланишига ёрдам беради.
«Доира ичи»
Ўйинга тавсиф: Болалар майдончага чизилган доира ичига туриб оладилар, ўқитувчи
бир маротаба ҳуштак чалса доира ташқарисига икки маротаба чалса доира ичига кириб
оладилар. Доира ичига кира олмаган иштирокчи ўйиндан чиқиб кетади. Ўйин шу тариқа давом
этади.
Хулоса: Бу ўйин болада чаққонлик, тезкорлик, зийраклик ва бошқа шахсий ва жисмоний
сифатларни шаклланишига ёрдам беради.
Адабиётлар:
1. Халқ
сўзи
2018-йил
15-февраль
“Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Ш.М.Мирзиёевнинг раислигида 14-февраль куни мактабгача таьлим тизимини ислоҳ
қилиш ва ривожлантириш бўйича кўрилаётган чора-тадбирлар натижадорлиги
таҳлилига бағишланган видеоселектор йиғилиши”.
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA MILLIY VA HARAKATLI O’YINLARNI
O’TKAZISH METODIKASI
Muxitdinova N.M., ўқитувчи, Olloyorova D.T., talaba
Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O’zbekiston
“Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”,- deb bilgan
Respublikamizning birinchi prezidenti I.A.Karimov mustaqillikning ilk kunlaridan jismoniy madaniyat
va sportni yuksaltirishga alohida diqqat e’tiborni qaratgan edilarki, qisqa fursatda dunyoning o’nlab
mamlakatlarida yurtimiz bayrog’i ko’tarilib,Vatanimiz madhiyasi yangradi.O’zbek sportchilari
epchilligi, kuch- qudratda, aql-idrokda, tafakkurda, mahoratda nimalarga qodirligini ko’rsata oladi.
Umuminsoniy qadriyatlarning milliy mohiyati bo’lmish sport va jismoniy tarbiya davlat siyosatiga
aylangan istiqlol zamonida sog’lom avlodni tarbiyalash va shakllantirish bosh vazifalardan
hisoblanadi.Shunday ekan,biz har bir o’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiya va sport ruhida
tarbiyalashimiz kerak. Milliy harakatli o’yinlarni mashg’ulot davomida qo’llash bolalarga katta
qiziqish uyg’otadi,ularni kayfiyati va boshqa ruhiy sifatlariga ta’sir ko’rsatadi. Tariximizdan meros
bo’lib qolgan o’zbek xalq milliy o’yinlari hayotda tadbiq etishga kengroq yo’l ochib berilishi, uni
ommaviy tus oldirilishi, oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda, dam olish joylarida,
har xil marosim va bayramlarda uni tashkillashtirish o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga ijobiy
ta’sir ko’rsatadi. Milliy xalq o’yinlari qadim qadim zamonlardan boshlab, xalq marosimlarida, urf-
odatlarda mustaqil bir soha sifatida musobaqalarda keng qo’llanilgan bo’lib, ming yillar davomida
rivojlanib, takomillashib kelgan.O’zbek xalq o’yinlari o’ziga xos urf-odatlaridan, turmush
sharoitlaridan, yashash iqlimi, tarixiy obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo’lib, shularga
yarasha jinsiga, yoshiga, salomatligiga ko’ra qo’llaniladi. (1). Ta’kidlash joizki, o’zbek xalq o’yinlari
va umuman harakatli o’yinlar ancha yutuqlarga ega. Ma’lumki, o’zbek xalq o’yinlari o’z ichiga harakat
jihatidan har xil jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarni qamrab oladi. Harakatli
o’yinlar tizimining har bir bo’g’inlaridagi yagona maqsad; bolalarni hayotga, mehnat va Vatan
himoyasiga tayyorlash ishini amalga oshirishdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy
tarbiyalashning vazifalari, ularni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda beriladi. Hozirgi kunda
jismoniy tarbiya va sportga juda katta ahamiyat berilmoqda. Chunki biz texnika taraqqiy etgan davrda
yashamoqdamiz, bu esa insoniyat mehnatdan ozod bo’lib, eng xavfli kasalliklarga olib keluvchi kam
Do'stlaringiz bilan baham: |