ANOD NAGRUZKASINI TO’R XARAKTERISTIKASIGA TA’SIRINI O’RGANISH.
Bu mashqda anod zanjiri qarshilikka ega bo’lgan holat uchun lampaning to’r xarakteristikasi olinadi. Olingan xarakteristika oldingi olingan xarakteristikadan farqli bo’ladi. Chunki lampadagi anod kuchlanishi doimiy bo’lmay, balki R1 qarshilik orqali olinayotgan kuchlanish bilan anoddagi kuchlanish orasidagi farqdan iborat bo’ladi. Bu mashq anod nagruzkalari har hil bo’lgan hollar uchun ham takrorlanadi.
GRAFIKLARDAN OLINADIGAN NATIJALAR.
Lampaning anod va to’r xarakteristikalaridan uning asosiy parametrlari-statik kuchaytirish koefficienti, ichki qarshiligi va to’r xarakteristikasining egriligi aniqlanadi. Lampaning kuchaytirish koefficienti quyidagicha fizik ma’noga ega. Anod tokining kattaligi anod va to’r kuchlanishlariga bog’liqdir. Ammo bu ikki kuchlanish anod tokiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Lampaning to’ri katodga yaqin joylashgani uchun to’rga berilgan kuchlanish anodga berilgan kuchlanishga qaraganda anod tokiga ko’proq ta’sir ko’rsatadi.
Anod tokining o’zgarishiga bir hil tasir ko’rsatadigan anod va to’r kuchlanishlarini orttirmalarini nisbati bilan o’lchanadigan kattalikka uch elektrodli lampaning kuchaytirish koefficienti deyiladi.
Ya’ni Ia=const bo’lganda
(1)
bo’ladi.
3-rasm
Kuchaytirish koefficientini topish uchun anod to’r xarakteristikalarining chiziqli sohasidan anod tokining bir xil orttirmasiga to’g’ri kelgan Va va VT topilib, ularning nisbati olinadi. Lampaning kuchaytirish koefficienti >1 bo’ladi. Chunki, doimo Va > VT bo’ladi.
3-rasmda triodning anod va to’r xarakteristikalari va bu xarakteristikalardan Va va VT larni qanday topilishi ko’rsatilgan.
Lampaning ichki qarshiligi VT =const bo’lganda formula bilan aniqlanadi. Ya’ni, u to’r kuchlanishi o’zgarmas bo’lganda anod kuchlanishidan anod toki bo’yicha olingan hosilaga teng. Bu hosilani nisbatdan farqi bor. Tajribada Ri ichki qarshilik lampaning anod xarakteristikasiga o’tkazilgan urinmaning og’maligidan topiladi:
(2)
Lampa to’r xarakteristikasini egriligi esa VT=const bo’lganda (2) formula bilan aniqlanadi. Tajribada u tur xarakteristikasining umumiy o’q bilan xosil qilgan burchak tangensi bilan aniqlanadi va birliklarda o’lchanib, anod tokining to’r kuchlanishiga bog’liqligini ifodalaydi. Boshqacha aytganda grafikda to’r kuchlanishining funkciyasini ifodalaydi. Lampaning biz ko’rib o’tgan uch parametri orasida quyidagicha munosabat bor:
(3)
Do'stlaringiz bilan baham: |