Induksion tigel pechining ishlash prinsipi.
Turg’unboyev Javohir (FarPI).
Induksion tigel pechlar po‘lat o‘zaksiz induksion pechlar bo‘lib, ularning asoosiy xususiyatlari ushbu pechlarda qizdirilayotgan elektr o‘tkazuvchi jismlar o‘zgaruvchan elektromagnit maydon hosil qilayotgan induktor bilan birgalikda ikkita o‘zaro induktiv bog‘langan tokli konturni tashkil qiladi.
1-rasmda induksion tigel pechlarning sxemasi keltirilgan. Induksion tigel pechlar tarkibida o‘zgaruvchan tok manbasiga ulanuvchi induktor-(1), eritilayotgan metall-(2) va yuqori haroratlarga bardosh beruvchi tigel-(3) ko‘rsatilgan. Rasmdagi belgilanishlar: Nu - induktor balandligi; Du - induktor diametri; du - induktorning kesim yuzasi bo‘yicha diametri; dm - tigel diametri; hm- tigel balandligi.
1 - rasm
ITP lar manbadan iste’mol qilayotgan tok chastotasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
1. Sanoat chastotasida ishlovchi induksion tigel pechlar [50 Gs], manbaga pasaytiruvchi transformatorlar orqali ulanadi ;
2. Baland chastotalarda ishlovchi induksion tigel pechlar [500 Gs-10000 Gs], manbaga mashinali generatorlar orqali ulanadi;
3. YUqori chastotalarda ishlovchi induksion tigel pechlar [50 - 400 kGs] , manbaga lampali generatorlar orqali ulanadi.
Induksion tigel pechlar tomonidan iste’mol qilinayotgan tokning minimal chastotasi qizdirilgan metallning solishtirma elektr qarshiligi ““ (om.sm) va magnit singdiruvchanligi ““ larni hisobga olgan holda tigel diametri dm qiymatiga ko‘ra quyidagi tengsizlik orqali aniqlanadi.
[Gs] (1)
Induksion tigel pechlar ning turi, pechning sig‘imi va ishlab chiqaruvchanligini aniqlash metallni eritilishi bo‘yicha texnologik jarayon oldiga qo‘yilgan vazifa va eritilishi zarur bo‘lgan metall miqdori bilan aniqlanadi. Pechning quvvati esa IKP larning ekspluatatsion xarakteristikalarini yoritish uchun belgilangan paragrafdagi (4) - (8) tenglamalardan foydalangan holda aniqlanadi.
Tigelning foydali hajmi:
[sm3] (2)
bu erda
- 1 soatdagi ishlab chiqaruvchanlik [t / soat ] ;
- metallni yuklash va eritilgandan so‘ng to‘kish uchun ketgan vaqt
- eritilgan metallni solishtirma og‘irligi
Induksion tigel pechlar elementlarining o‘lchov razmerlari o‘rtasida quyidagi munosabatlar aniqlangan:
(3)
Bunda ko‘rsatilgan raqamlarning kichik qiymatlari sig‘imi 500 kG gacha bo‘lgan va katta qiymatlari esa sig‘imi 3 tonnagacha bo‘lgan induksion tigel pechlarga mansubdir.
nisbatining aniq qiymati ma’lum bo‘lganda, tigel diametri quyidagi tenglama bilan aniqlanadi.
[sm] (4)
Induksion tigel pechlarning f.i.k.si induktor va metall orasidagi masofaga bog‘liq va umumiy f.i.k. qiymati:
=eliss (5)
bu erda:
el - elektrik f.i.k; el =0,60,8
iss- issiqlik f.i.k; iss=0,480,68
Induksion tigel pechlar uchun ga teng bo‘lib, reaktiv quvvatni iste’molini kompensatsiya qilish uchun elektr sxemada kondensator batareyalarni ulash ko‘zda tutilgan.
Induksion tigel pechlar konstruksiyasiga kiruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |