Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таoлим вазирлиги



Download 224 Kb.
bet2/2
Sana09.07.2022
Hajmi224 Kb.
#760054
1   2
Bog'liq
pechlar Javohir tezis

induktor ko‘p hollarda suv bilan sovutiluvchi, kesim yuzasi doira, oval yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi mis trubkalaridan yasaladi. Mis trubkaning devori qalinligi 1,3  ga teng deb olinadi (bu erda  - elektr tokining mis o‘tkazgichga sizib kirish chuqurligi).
Metallarni eritish jarayonida f.i.k. ning qiymatini kattalashtirish maqsadida, pechning tigeli kichik elektr qarshiligiga ega bo‘lgan, tok o‘tkazuvchan materialdan yasaladi (po‘lat, grafit). Po‘latdan yasalgan tigel qalinligi 30 - 40 mm, grafitdan yasalgan tigel qalinligi esa 30 - 70 mm ni tashkil qiladi.
Baland chastotada (500 - 10 000 Gs) ishlaydigan induksion tigel pechlarning ulanish sxemasi umumiy holda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.



2-rasm

Baland chastotada ishlaydigan induksion tigel pechlar sxemasi.


Sxema tarkibiga kiruvchi asosiy jihozlar quyidagilar:


- dvigatel D va generator G tizimidan iborat elektr mashinali chastota o‘zgartirgich. (amalda VEP, OPCH va VPCH seriyadagi o‘zgartirgichlar qo‘llaniladi);
- dvigatelni manbaga ulovchi magnit ulagich PM ;
- S1 va S2 dan iborat kondensator batareyasi. Eritilayotgan metall va shu metallni eritishdagi quvvat koeffitsienti miqdoridan kelib chiqib kondensator batareyasi tarkibidagi sig‘imni o‘zgartirish imkoni bor (ushbu sxemada KT kontaktorining kontakti orqali qo‘shimcha sig‘imni zanjirga ulash yoki uni zanjirdan uzish ko‘zda tutilgan).
- chiziqli kontaktorlar KG ;
- ajratgich ( raz’edinitel) ;
- o‘lchov asboblari va boshqaruv jihozlari;
- kuchlanish transformatori TN va tok transformatori TT.
Sxemada U1 va U2 orqali birinchi va ikkinchi pechning induktorlari ko‘rsatilgan. Mashinali chastota o‘zgartirgichdan foydalanish effektivligini oshirish maqsadida bitta chastota o‘zgartirgich zanjiriga navbatma navbat P1 va P2 pereklyuchatellar yordamida birinchi va ikkinchi pechlarni ulash imkoniyati bor. Pechlar chastota o‘zgartirgich zanjiriga bir pechda erigan metallni to‘kish va yangi metall bilan to‘ldirish davrida ulanadi.
Kuyida sanoat chastotasida ishlovchi induksion tigel pechlar sxemasi keltirilgan.



3-rasm
Sxema tarkibiga kiruvchi asosiy jihozlar, bular elektr manbasi (1); bir fazali pechni manbaga ulash zarurati uchun kondensator( 3) va drossel (4) dan iborat uchala fazadagi yuklamani muvofiqlashtiruvchi simmetrlash qurilmasi; kondensator batareyasi (5); pech (6); kommutatsion shkaf (8); pechni og‘diruvchi gidravlik qurilma (7); pech induktorlarini sovutishga mo‘ljallangan sirkulyasion qurilma (10); kontaktor (2) va havo xaydash qurilmasi (9).
Mazkur sxema bo‘yicha ishlovchi induksion tigel pechlar asosan malum sig‘imdagi pechlarga mansub bo‘lib, cho‘yan eritishda 0,8- 8 tonnagacha va rangli metall yoki engil qorishmalarni eritishda 0,6 dan 3 tonnagachani tashkil qiladi.
3 - rasmda keltirilgan pechning umumiy narxi 2-rasmda keltirilgan induksion tigel pechlar ning faqat elektr mashinali o‘zgartirgichi narxiga nisbatan 70 - 90 foizni tashkil qilib, elektr energiyasining behuda sarfi baland chastotadagi induksion tigel pechlar ga nisbatan 10 foizga kamdir.
Induksion tigel pechlarning uchinchi turi - yuqori chastotalarda ishlovchi induksion tigel pechlar bo‘lib, ular lampali generatorlar orqali manbaga ulanadilar.
Ular asosan kichik gabaritli pechlar bo‘lib, asosan kichik miqdordagi metall yoki qorishmalarni eritish orqali, laboratoriya sharoitida yangi markadagi metall (qorishma) olish uchun ishlatiladi.
Induksion tigel pechlar boshqa turdagi pechlarga nisbatan quyidagi afzalliklarga egadirlar:
1) nisbatan osonlikcha yuqori haroratlar hosil qilish, buning oqibatida induksion tigel pechlar larda yuqori haroratda eruvchi metallarni va shuningdek, qiyin eruvchan metallar ishtirokida qorishmalarni eritish imkoniyati mavjud;
2) metall bilan yoqilg‘i (issiqlik manbai) yoki elektrodlar o‘rtasida hech qanday kontakt yo‘qligi sababli kimyoviy jihatdan tarkibi toza metall yoki qorishma olish imkoniyati;
3) eritish jarayonida hosil bo‘luvchi elektromagnit kuchlar ta’sirida eritmaning doimiy qorishib borishi ;
4) vakuum va neytral atmosferada eritish jarayonlarini amalga oshirish ;
5) induksion tigel pechlar konstruksiyasining nisbatan soddaligi, pechni kichik maydonga joylashtirish imkoniyati, katta issiqlik energiyasi konsentratsiyasini hosil qilish evaziga katta ishlab chiqaruvchanligiga ega bo‘lish.
Hajmi 2,5 tonnaga teng yoki undan katta hajmdagi pechlar, chastotasi 50 Gs bo‘lgan manbaga, birlamchi kuchlanishi 6 yoki 10 kV bo‘lgan, ikkilamchi kuchlanishi esa yuklama ostida boshqariluvchan pasaytiruvchi transformator orqali ulanadi. Hajmi 2,5 tonnadan kichik bo‘lgan pechlar esa chastota o‘zgartirgichlar orqali manbaga ulanadi. Pechning quvvati uning sig‘imi va ishlab chiqaruvchanligiga bog‘liq. Induktordagi kuchlanish 500 - 1700 V ga teng.
Dastlabki qizdirish uchun mo‘ljallangan pechlar (mikser) ning quvvati pech quvvatiga nisbatan kichik bo‘ladi. Masalan, hajmi 10 tonna bo‘lgan mikser (ICHTM - 10 - cho‘yanni dastlabki qizdirish uchun belgilangan mikserli induksion tigel pechi) quvvati 750 kVt ni tashkil qilsa, hajmi 10 tonnalik cho‘yan eritish tigel pechi ICHT - 10 ning quvvati esa 2300 kVt ga teng. Po‘lat eritish uchun belgilangan induksion tigel pechlarning ishchi harorati 1600 - 1700 S, cho‘yan erituvchi pechlarda esa ishchi harorat 1400 - 1450 S ga teng.
Download 224 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish