1-dars testlari
1. Quyidagilardan qaysi biri jism?
A) Temir B) Mis C) Pichoq D) Tuz
2. Quyidagilardan qaysi birlari modda?
1) qoshiq 2) shakar 3) bo’r
4) suv 5) shtativ 6) shisha
A) 1,2,4,6 B) 2,3,4,6 C) 4,5 D) 2,4,6
3. Quyidagilardan qaysi birida oddiy modda haqida so’z boradi?
A) sulfat kislota tarkibida kislorod bor
B) baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi
C) qon tarkibidagi temir kislorod tashish uchun xizmat qiladi
D) Magniy xlorofill tarkibiga kirib fotosintezda qatnashadi
4. Quyidagilardan qaysilari oddiy moddaga tegishli?
1) kalsiy odam tanasining 2% qismini tashkil qiladi
2) fosfor o’z - o’zidan shu’la chiqarish xossasiga ega
3) vodorodning uchta izotopi bor – protiy, deyteriy va tritiy
4) kislorodning ikkita allotropik ko’rinishi mavjud.
5) kulrang selen fotoelement sifatida ishlatiladi.
A) 1,3,5 B) 2,4 C) 2,4,5 D) 2,5
5. O’zgarishlardan qaysilari to’g’ri amalga oshirilgan?
I. 0,0021 = 2,1∙10 -3 II. 1,82∙10 -4 = 0,00182
III. 0,035∙108 = 3,5∙106 IV. 2,61∙104 = 26100
A) I,II,III B) I,II,IV C) I,III,IV D) I,II,III,IV
6. Kimyoviy toza bo’lgan moddani aniqlang.
A) olmos B) dengiz suvi C) generator gazi D) benzin
7. Quyidagilardan kimyoviy toza moddalarni belgilang.
A) bronza B) tabiiy gaz C) havo D) soda
8. Qanday yo‘l bilan osh tuzi eritmasidan tuzni ajratib olish mumkin?
A) Filtrlash yo‘li bilan B) Bug‘latish yo‘li bilan
C) Magnit yordamida D) Ajratish voronkasi bilan
9. Moddalarni qattiq holatdan suyuqlanmasdan bug‘ holatiga o‘tib ketish hodisasiga ...................... deyiladi.
A) kondensatlanish B) sublimatlanish
C) dissosiyalanish D) konveksiyalanish
10. Sublimatsiya xossasiga ega bo’lgan birikmalarni ko`rsating.
I – Iod kristallari II – Muz
III – CO2 (qattiq) IV – Osh tuzi
A) I, II B) II, III C) I, III D) II, IV
11. Kimyoviy elementga tegishli bo’lgan xossalarni toping.
1) zichlik 2) rang 3) izotoplar
4) qaynash va suyuqlanish temperaturasi
5) elektron qobiq 6) yadro zaryadi
A) 2,3,6 B) 1,2,4 C) 1,5,6 D) 3,5,6
12. Suyuq holatdagi moddalar .............. .
A) molekulalari zich, hususiy hajmga ega, lekin shakli yo’q, bolg’alanadi, turg’un
B) molekulalari zich, hususiy hajmga ega, lekin shakli yo’q, bolg’alanmaydi va siqilmaydi, oquvchan
C) molekulalari zich, hususiy hajmga va shaklga ega, bolg’alanadi, turg’un
D) molekulalari siyrak, hususiy hajmi va shakli yo’q, siqiladi, uchuvchan
13. Qaysi hususiyat gazlarga taalluqli emas?
A) molekulalari orasidagi masofa katta
B) bolg’alanmaydi, lekin siqilishi mumkin
C) hajmi umuman yo’q
D) molekulalari siyrak, tartibsiz
14. 750 ml.li plastik idishdagi “MIRA” – kungaboqar moyi massasini aniqlang. (p = 0,86 g∙sm-3)
A) 645 B) 750 C) 800 D) 872
15. Quyidagilardan qaysi biri oddiy moddaga tegishli emas?
A) yadro zaryadi B) hid C) zichlik D) ta’m
16. Quyidagilardan fizikaviy hodisani aniqlang.
A) sutdan qatiq olish B) shamning yonishi
C) muzning erishi D) temirning zanglashi
17. Quyidagilardan kimyoviy hodisani aniqlang.
A) havodan kislorod olish B) temirning zanglashi
C) qalayning suyuqlanishi D) shamning erishi
18. Quyidagilardan qaysilari fizikaviy jarayon hisoblanadi.
1) sumalakning erishi.
2) sumalak pishirish.
3) temirning zanglashi.
4) kisloroddan ozon olish
5) havoni suyultirib kislorod olish.
6) suvni elektrolizidan kislorod olish
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,5 D) 1,2,5,6
19. Quyidagi jarayonlardan kimyoviy hodisani aniqlang.
1) oltingugurtni suyuqlanishi.
2) oltingugurtning yonishi.
3) shisha pishirish.
4) shishani maydalash.
5) shakarning erishi.
6) shakarning ko‘mirlanishi.
A) 1-2-3 B) 2-4-5 C) 1-4-5 D) 2-3-6
20. Quyidagilardan qaysilari kimyoviy jarayon?
1) qo`rg`oshining suyuqlanishi
2) temirning xlorlanishi
3) kalsiy karbonatning parchalanishi
4) kislotadan vodorodning siqib chiqarilishi
5) iodning sublimatlanishi
6) osh tuzining suvda erishi
A) 2,3,4 B) 2,3,4,6 C) 1,2,3,4 D) 3,4,5,6
21. Quyidagilardan qaysilari fizikaviy jarayon?
a. muzning erishi
b. magniyning xlorlanishi
c. sutning achishi
d. naftalinning sublimatlanishi
e. metanning yonishi
A) a,d B) b,c,e C) a,c,d D) faqat a
22. Atomning tarkibini ifoda qiladigan to’laroq ta’rifini ko’rsating.
A) kimyoviy moddaning barcha xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarracha.
B) Musbat zaryadli yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan iborat elektroneytral zarracha.
C) Kimyoviy jihatdan bo`linmaydigan eng kichik zarracha.
D) Yadro zaryadi bir xil bo`lgan atomlar to`plami
23. Molekula – bu …..
A) Kimyoviy jihatdan bo`linmaydigan eng kichik zarracha.
B) Musbat zaryadli yadro, manfiy zaryadli elektronlardan iborat.
C) Moddaning barcha kimyoviy hossalarini o`zida saqlovchi eng kichik zarracha.
D) Turli kimyoviy element atomlaridan tuzilgan modda.
24. Molekula to’g’risidagi noto’g’ri fikrni aniqlang.
A) Molekula atomlardan iborat
B) Molekulalar fizikaviy jarayonlarda o’zgarmay qoladi
C) Molekulalar doimo harakatda bo’ladi
D) Molekulalar kimyoviy hodisalarda o’zgarmay qoladi
25. Faqat kimyoviy elementlar berilgan qatorni aniqlang.
A) uglerod, olmos, azot, ozon
B) azot, ozon, vodorod, kislorod
C) ozon, kislorod, olmos, vodorod
D) uglerod, kislorod, vodorod, azot
26. Metallmaslar berilgan qatorni ko’rsating.
A) azot, oltin, vodorod, kislorod
B) uglerod, oltingugurt, brom, selen
C) osmiy, kislorod, vodorod, ftor
D) xrom, mis, temir, aluminiy
27. Qaysi qatorda aktiv metallar berilgan?
A) Cu, Hg, Ag, Pt, Au
B) Fe, Co, Ni, Sn, Pb
C) Mg, Ca, Sr, Ba, K
D) K, Li, Fr, Cs, Ra
28. Passiv metallni aniqlang.
A) rux B) qalay C) simob D) qo’rg’oshin
29. Oddiy moddalar berilgan qatorni aniqlang.
A) ozon, olmos, karbid, grafit, generator gazi
B) malaxit, azot, vodorod, xlor, suv gazi
C) fullerin, temir, argon, lantan, qaldiroq gaz
D) berilliy, ksenon, bo‘r, oq fosfor, sintez gaz
32. Oddiy moddalarni ko`rsating.
1) ozon 2) suv 3) olmos
4) silan 5) grafit 6) karbid
7) oq fosfor 8) qizil fosfor 9) fosfin
A) 2,4,6,9 B) 1,3,4,6,7 C) 1,2,4,5,9 D) 1,3,5,7,8
30. Quyidagilardan qaysi birida allatropiya hodisasi kuzatilmaydi?
A) vodorod B) kislorod C) fosfor D) oltingugurt
31. Allotropik shakl o`zgarishlarga ega bo`lmagan moddani aniqlang.
A) qalay B) surma C) uglerod D) ftor
32. Allotropik shakl o`zgarishlariga ega bo`lgan to’rtinchi guruh elementini aniqlang.
A) uglerod B) fosfor C) kremniy D) azot
33. Fosforning qaysi modifikatsiyasi grafitga o’xshaydi?
A) oq B) qizil C) qora D) binafsha
34. Tarkibida allotropik shakl o`zgarishli elementlar bo`lgan moddalarni toping.
1) N2H4 2) KBr 3) FeS2 4) LiF
5) CH4 6) HNO3 7) SnCl4 8) Fr2Se
A) 2,4,5,7 B) 1,3,4,6,8 C) 3,5,6,7,8 D) 1,3,5,7,8
35. Kislorod molekulasining massasi uglerod-12 izotopining massasini 1/12 qismidan necha marta katta?
A) 16 B) 32 C) 2,657∙10-23 D) 5,31∙10-23
Do'stlaringiz bilan baham: |