Shukur Xolmirzayev hikoyalarida murakkablashgan sodda gaplar stilistikasi



Download 366,5 Kb.
bet13/17
Sana23.01.2022
Hajmi366,5 Kb.
#402344
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi

-Hamid?

Habibullo xotinining o’g’lining nomi bilan chaqirayotganini eshitib va uning yoning kelganini bilib, qomatini ko’tardi. (Qushlar qishlovdan qaytdi) .

Dialogik nutqda qo’llangan otinoyilar, Habibjon kabi undalmalar logik jihatdan butun gapga qaratilgan bo’lib, xitob va murojaat orqali muloqotni boshlashga xizmat qilmoqda.

2.Baho xarakteristikasi ifodalovchi undalmalar emotsional-ekspressiv buyokda ega bo’lib, faqat nutq adresatini ifodalamay, uni xarakterlaydi, unga munosabat bildiradi. Ularni konnotativ, ya’ni sub’ektiv munosabat – salbiy va ijobiy munosabatlarni ifodalash uchun qo’llaymiz.

Bu hol quyidagi faktorlar bilan bog’liq:

1)Undalma o’z leksik ma’nosiga ko’ra baho ifodalaydi. Bu ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin: - Ha, esa mayli , og`ajon. Ehtiyot bo`lasiz-da. Tag`in chiqib-netib bizning… (Bandi burgut) . Yoki E, qadrdon, haliyam shu gaplarga ishongim keladi. Siz ishonmang, mayli. (Bandi burgut)

2) Baho xarakteri, undalmaning obrazliligi unga qo’shilgan sub’ektiv munosabat ifodalovchi affikslarda yoki aniqlovchi olgan undalmalarda ko’rinadi: - Kimni so’kdingiz, Zumradbonu? (Kuzda bahor havosi). - Xolajon, yirtqich qushlar o`zlarining atrofidagi tovuq jo`jalariga teginmaydi, - dedi Yo`ldosh. (Bandi burgut)

Aniqlovchi olgan undalmalarda: - Hurmatli o’rtoqlar! – deb palag’da, xuddi keksalarga xos vazmin-shang’i ovozda boshladi. (Qushlar qishlovdan qaytdi).

Ko’rinadiki, undalmalar tinglovchini biror narsaga undash bilan birga, so’zlovchining subyektiv munosabatini ham ifodalaydi, yani “...murojaat birliklari... konnotativ manoga egadir”18, bunga ekspressivlikni sintaktik yo’l bilan ifodalash deb ham qaraladi19.

3) Baho ifodalashda intonatsiyaning ham roli kattadir. Un­dalmaning turli intonatsiya bilan aytilishi uning turli ma’no ottenkalari ifoda qilishini ta’minlaydi. Bu, ayniqsa, undal­ma undov so’zlar bilan kelganda yaqqol seziladi: E, qadrdon, haliyam shu gaplarga ishongim keladi. Siz ishonmang, mayli. (Bandi burgut) Rahmat, xola,-dedi u. ko`zi qanotlarini yozganicha bizga tikilib yotgan burgut-da. – U nima? Nima qilasiz uni? Qayerdan ushladingiz? (Bandi burgut)

Ba’zan undov so’zlarning o’zi undalma vazifasida keladi. Bu vaqtda so’zlovchi nutqi qaratilgan shaxs kontekst yoki situatsiyadan bilinib turadi va asosan personaj nutqida qo’llanadi: Hoy, menga to’g’risini ayt, ayollarning lozim kiyishiga ruxsat berilganmi? (Qushlar qishlovdan qaytdi) yoki Hoy, esingizni yig’ib, a, o’tiring (Qushlar qishlovdan qaytdi).

4)Undalmaning baho xarakteristikasini ifoda qilishida egalik hamda -jon, -xon, -cha, -choq affikslaridan foydalaniladi: - Xolajon, yirtqich qushlar o`zlarining atrofidagi tovuq jo`jalariga teginmaydi, - dedi Yo`ldosh. (Bandi burgut); Ha, esa mayli , og`ajon. Ehtiyot bo`lasiz-da. Tag`in chiqib-netib bizning… (Bandi burgut). He, enaboyim-e... Bu bayramda, menimcha, paranji nomi tilga olinishi kerak edi-da. (Qushlar qishlovdan qaytdi)

-cha affiksli so’zda salbiy ma’no bo’rtib turadi: - Kir-e, yetimcha! Zaharingga ellik gramm otib ol! (O’zbek bobo)

So’zlashuv uslubida undalmaning III shaxs egalik affiksi bilan kelshi kuzatiladi: Voy, otasi, keldingizmi? kabi. Bu holat Sh.Xolmirzayev hikoyalarida kuzatilmadi.

5)So’zlashuv uslubida buyruq maylining II shaxs birlik formasining undalma vazifasida kelish hollari uchraydi: -Hu, enag’arlar, - deb shodlanib kuldi Habibullo.

6)Undalmalarning takrorlanib kelishi ham baho xarakteris­tikasi ottenkasini kuchaytiradi. Bu badiiy uslub uchun xarakterlidir. Takroriy so’z holida keladi: Domla-domla, qizishmang, - Sulton u kishiga mute’ ekanini anglatish uchun yelkasini qiyshaytirdi. (Navro’z, Navro’z..).

Takror qo’llanayotgan undalmaning har birida subyektiv munosabat ifodalovchi affikslarning kelishi fikrni kuchaytiradi: Joniqul Jondorning dodlab yuborishiga oz qoldi. – Domlajon, domlajon... (Navro’z, Navro’z..) Takrorlanayotgan undalma takror undov so’zlardan tuzilganda ham xitob ma’nosi kuchayadi: Xay-xay, u odamni oraga qo’shmang, - dedi Sulton. (Navro’z, Navro’z..)

7)Undalmalar gradatsiya (kuchaytirish) uchun xizmat qiladi. Bunda undalmalar ma’no jihatidan yaqin, ko’chma yoki sinonim so’z bo’ladi: Senga ko’nglimni ochyapman-da, bolam. Jigarim. (Qushlar qishlovdan qaytdi) – Rahmat, chirog’im, rahmat, - dedi Aleksandra qat’iyat bilan (Tanholik).

8) Undalma ism va sharif yoki ism va familiya tuzilishida bo’lishi mumkin: Keyin Tolstoyga yuzlandi: - Lev Nikolayevich, tashqariga chiqib tursak... (Tanholik)

Ma’lum shaxsga qaratilgan undalmalar ba’zan so’zlashuv us­lubida jon so’zi bilan keladi. Bu vaqtda undalma iltijo ottenkasiga ega bo’ladi: -Menga qara, baraka topkur. Meni- tinch qo’ying. Jon uka, tinch qo’ying(Tanholik)

kabi. Sh.Xolmirzayev asarlarida bu kabi tuzilish kuzatilmadi.

Badiiy nutqda asli bir gap shaklida bo’lgan konstruksiyalar ham undalma vazifasida keladi. Bularning ma’lum qismi frazeologizmga aylanib ketgan. Undashni kuchaytirish uchun undalma bo‘lakdan oldin hoy, ey, ho kabi ta'kid undovi ishlatiladi: -Hu, enag’arlar, - deb shodlanib kuldi Habibullo (O’zbek bobo)

Albatta, avvalo undalmalar so’zlovchi nutqi qara­tilgan shaxsni ifodalaydi:




Download 366,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish