Xo‘jalik aktivlarining manbalari. Korxona ixtiyoridagi barcha aktivlar ikki manbadan tashkil topadi:
Xususiy kapital
Majburiyatlar
Mulkga egalik qilish huquqiga muvofiq aktivlar va ularning manbalari quyidagi tenglik ko‘rinishida ifodalanadi:
AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYATLAR A = XK + M Xususiy kapital – bu korxonaning majburiyatlarini chegirib tashlagandan so‘ng qoladigan aktivlaridir. Yuqoridagi tenglikga muvofiq:
XUSUSIY KAPITAL = AKTIV - MAJBURIYATLAR
XK = A - M Korxonalarning xususiy kapitalini shakllanishining asosiy manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Ustav kapitali (UK) –bu korxonaga uning ta’sischilari tomonidan kiritilgan mablag‘lar majmuasi.
Qo‘shilgan kapital (QK) – bu aksiyalarni sotish va nominal qiymatlari o‘rtasidagi ijobiy farq, shuningdek chet el investorlarini ustav kapitaliga kiritgan mablag‘lari bo‘yicha vujudga kelgan valyutalar o‘rtasidagi ijobiy farqlar summasi.