10-jadval
Mehnat sig’imi
Ishning nomi
|
Mehnat sig’imining ta’mirlashdagi ish turlari bo’yicha taxminiy taqsimlanishi (%)
|
Stanokda baja
riladigan ishlar
|
Chilan
garlik va yig’ish
|
Te
mir
chi
lik
|
Pay
vand
lash
|
Durad
gorlik va bo’yoqchilik
|
Tunukachilik
|
Traktorlar ta’miri:
|
|
|
|
|
|
|
Zanjirli
|
13,5
|
75,6
|
4,0
|
2,9
|
2,0
|
2,0
|
G’ildirakli
|
11,5
|
80,0
|
3,5
|
2,0
|
1,5
|
1,5
|
Kombaynlar ta’miri
|
9,0
|
78,5
|
2,5
|
3,5
|
4,5
|
2,0
|
Avtomobillar ta’miri
|
18,0
|
65,3
|
5,5
|
2,7
|
6,0
|
2,0
|
Qishloq xo’jalik mashinalari ta’miri
|
8,0
|
68,0
|
12,0
|
5,0
|
5,0
|
2,0
|
Traktorlarga texnik xizmat ko’rsatish
|
5,0
|
86,0
|
3,0
|
5,0
|
-
|
1,5
|
Qishloq xo’jalik mashinalariga texnik xizmat ko’rsatish
|
5,0
|
83,0
|
5,0
|
5,0
|
1,0
|
1,0
|
Chorvachilik fermalaridagi mashinalar ta’miri
|
8,0
|
68,
|
12,0
|
5,0
|
5,0
|
2,0
|
Asbob va moslamalar tayyorlash
|
35,0
|
52,0
|
5,0
|
6,0
|
1,0
|
1,0
|
Ehtiyot qismlar tayyorlash
|
78,0
|
10,0
|
5,0
|
5,0
|
1,0
|
1,0
|
Boshqa qishloq xo’jalik ishlari
|
39,0
|
21,0
|
8,0
|
15,0
|
12,0
|
5,0
|
Bu ma’lumolardan foydalangan holda ta’mirlash ishlarining yillik hajmini bajarish uchun ixtisosliklar va oylar bo’yicha talab etilgan ishchi kuchi jadvalini ta’mirlash korxonasining yuklanish jadvaliga qarab tuzish mumkin.
6.2. Mashina va jihozlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni rejalashtirish. Texnikaviy me’yorlash va mehnatga xaq to’lash
Ta’mirlash uchun maxsus ish joylar ko’yidagi tartibda bajariladi.
Ta’mirlash fronti ta’mirlash korxonasida bir vaqtda tutgan obyektlar (mashinalar, agregatlar) soni bilan ifodalanadi. Ta’mirlash fronti quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
bunda tr - ishlab chiqarish tsikli jadvalidan aniqlanadigan, obyektning ta’mirda turish vaqti; - obyektning hisobiy ta’mirlash takti.
Agar bundan ta’mirlash fronti butun son bilan ifodalanmasa, uning qiymati eng yaqin katta songa butunlab olinadi.
Ishlab chiqarish tsikli davomiyligi, binobarin, obyektning ta’mirlashda turish vaqti to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo’lsa, oylik, kvartal, yillik ta’mirlash kalendar jadvalini tuzish mumkin. Buning uchun grafikka vertikal bo’yicha ta’mirlanadigan obyektlarning raqamlari, gorizontal bo’yicha oy kunlari (dam olish va bayram kunlarisiz) yozib quyiladi. Birinchi obyekt qarshisiga obyektning ta’mirlanish davomiyligi kunlariga mos keladigan uzunlikdagi to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Ikkinchi obyekt qarshisiga xuddi shunday uzunlikdagi, biroq birinchi chiziqdan bir takt kattaligicha qisqaroq chiziq chiziladi. Obyektlarning hamma raqamlariga shunday chizib chiqiladi.
6.3. Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash sifatini nazorat qilish va mashinalarni saqlashni tashkil etish
Ta’mirlash korxonasining ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishni belgilab beruvchi asosiy ko’rsatkichlariga: ta’mirlash takti, mashina (obyekt)ning ta’mirlashda bo’lish vaqti va ta’mirlash fronti kiradi.
Ta’mirlash takti - vaqt oralig’i bo’lib, u o’tishi bilan ta’mirlash korxonasiga ta’mirlangan qilingan obyekt (mashina, agregat) kiradi yoki ta’mirlashdan chiqariladi (11-jadval).
Bir xil ta’mirlash obyektlari bilan uzluksiz va bir tekisda ta’minlanib turadigan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash korxonalari uchun ta’mirlash takti () quyidagicha hisoblab topilishi mumkin:
bunda Fk.v.- ixtisoslashtirilgan ta’mirlash korxonasining yillik vaqt fondi;
n - bir yil ichida ta’mirlash qilinishi lozim bo’lgan obyektlar (mashinalar, agregatlar) soni.
"Agrosanoat"ning umumiy ishlarga mo’ljallangan ustaxonalarida hamda xo’jaliklarning yirik ustaxonalarida bir xil nomli obyektlarni (mashina modellarini) ta’mirlash yilning ma’lum davrida bajariladi, ta’mirlash takti esa quyidagicha hisoblanishi mumkin:
bunda Fu.v. - tegishli modeldagi mashinalar bo’yicha ta’mirlash ishlari hajmi bajarilishi kerak bo’lgan davrda ustanoxonaning vaqt fondi;
n1 - mazkur modeldagi mashinalar soni.
Mashinalarni modellar bo’yicha ketma-ket ta’mirlashni tashkil qilinganda, yuqoridagidek hisoblab topiladi.
Mazkur rusumdagi mashinalarni (har xil modeldagi traktorlar, kombaynlar va boshqalarni) aralash ta’mirlash ishlarini rejalashtirilganda hamda mashinalarning ta’mirlashga modellar bo’yicha kelishi tartibga solinmaganda, ta’mirlanadigan mashinalarning hamma modellarini biror modelga nisbatan shartli birliklarda ifodalash va ustaxonaning vaqt fondini bu aralash modelli mashinalar ta’mirlash davr uchun aniqlash zarur. Shartli birliklarga aylantirish quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |