4. Shovqinga qarshi kurash usullari 5. Shovqin to 'suvchi qopqoq, ekran va kabinalar 6. Shovqinga qarshi shaxsiy muhofaza aslahalari 7. Infra va ultra tovushlardan saqlanish Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida shovqinga qarshi kurash masalalari muhim masalalar qatoriga kiradi. Bu masala asosan., mashinasozlik sanoatida transport vositalarini ishlatishda energetika sanoatida juda jiddiy masala bo'lib turibdi.
Shovqinning oqibatlari ma'lum. U birinchi navbatda ishlab chiqarishda mehnat qilayotgan kishilarni ma'naviy toliqtiradi, shovqin chiqaruvchi mashinalarni ishlatayotgan ishchilar va ishlab chiqarish jarayonini boshqarayotgan operatorlar ishiga xalal berib, ularni har xil xatoliklarga yo'l qo'yishlariga olib keladi. Bu esa o'z navbatida ishlab chiqarish jarohatlanishlari kelib chiqishining asosiy manbayi hisoblanadi.
Katta shovqin ta'sirida insonning asab sistemalari zirqillaydi, eshitish organining faoliyati susayishiga sabab bo'ladi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash muhim ijtimoiy ahmiyatga ega bo'lib, inson salomatligini saqlashi bilan katta ahamiyat kashf etadi.
Odam uchun yoqimsiz har qanday tovushlar shovqi deb ataladi. Jismlarning bir-biriga urilishi, ishqalanishi va muvozanat holatining buzilishi natijasida hosil bo'lgan havoning elastik tebranishi harakati qattiq, suyuq ya gazsimon muhitda to'lqin hosil qilib tarqaladi. Bunda muhit zarralari muvozanat holatiga nisbatan tebranish hosil qiladi va bu tebranish tezligi to'Iqinlar tarqalish tezligidan ancha kichkina bo'ladi. Gazsimon muhitda shovqin tezligi quyidagicha ahiqlanadi:
bunda, -gaz adiabati ko'rsatgichi (havo uchun =1.4); st - gazning bosimi; p — gazning zichligi.
Normal atmosfera sharoitida (T = 293 °K va Pst = 1034 GPa) tovush tezligi C havoda 344 m/s ga teng.
Tovush to'lqinlari ma'lum chegaragacha tarqalishi mumkin. Mana shu chegara oraliq tovush maydoni deb ataladi. Tovush maydonidagi har bir nuqtada havo zarralarining harakat tezligi vaqt birligida o'zgarib turadi. Bir lahzada kuzatilgan havo to'liq bosimining ta'sir kuchidan xoli bo'lgan havoning o'rtacha bosimiga nisbati tovush bosimi deb ataladi va R bilan belgilanada. Tovush bosimining o'lchov birligi Pa.
Odam qulog'iga tovush bosimining o'rta kvadrat miqdori ta'sir qiladi.
P2 = 1/T0 ToP 2(t)dt
o Chiziqlo'rtacha Vaqt bo'yicha odam qulog'iga T0 30- 100 ms davomida paydo bo'ladigan bosimni bildiradi.
Tovush bosimining tebranish tezligiga nisbati tebranish amplitudasiga bog'liq emas. U P/V=pc (Pa-s/m) ga teng. Bunda: p — muhitning solishtirma akustik qarshiligi. Bu qarshilik havo uchun 410 Pa s/m, suv uchun 1,5-106 va po'lat uchun 4,8-107 Pa s/m ga teng/
Shovqin to'lqinlari tarqalganda ma'lum miqdordagi eneigiya bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko'chiriladi. To'lqin tarqalayotgan normal yo’nalishning keltirilgan yuza birligiga vaqt birligida muhitning qandaydir nuqtasidagi o'rtacha energiya oqimi tovushning shu nuqtadagi intensivligi deb ataladi va I bilan belgilanib, Vt/m2 bilan o'lchanadi.
I=P2/pc
Tovushga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilashda keng qo'llaniladigan tovush intensivligi va tovush bosimi birliklari juda katta chegaralarda o'zgarib turadi (masalan, intensivlik 1016 marta, bosim esa 108 marta). Odam qulog'i tovushning mutlaq o'zgarishini emas, nisbiy o'zgarishini farqlaydi.
Shuning uchun tovush birliklarini aniqlash uchun tovush intensivligi va bosimning darajasi birligi kiritilgan. Bu birlik odam qulog'i eshitishi mumkin bo'lgan eng minimal tovush intensivligi va bosimiga asoslanib, bu birliklar I=10-14 Vt/m2 va R=2-10-5 Pa ni tashkil qiladi. Bundan, agar I / Io=0 bo'lsa, bu miqdor bir (Bel) B deb qabul qilingan.
I =102Б, I =1003Bvah.k
I0 I0
Odam qulog'i B birlikdagi tovushning o'ndari birini ham yaxshi farqlaydi. Shuning uchun sanoat korxonalarida shovqinni o'lchashning dB birligi qabul qilingan.
Tovush darajasi quyidagicha aniqlanadi.
Tovush bosimi bo'yicha esa
L=lg P2/P0=20 Ig P/P0, dB
Tovush darajasini intensivligi bo'yicha aniqlash, asosan, akustik hisoblash ishlarida qo'llaniladi, bosim bo'yicha aniqlash esa shovqinni o'lchash va uning inson organizmiga ta'siri darajasini belgilaganda qo'llaniladi. Chunki inson organizmi shovqinning intensivligini emas, bosimning o'rta geometrik miqdorini sezadi.
Agar biron nuqtaga bir nechamanbaning shovqini ta'sir qilayotgan bo'lsa, ularning darajasi emas, balki intensivligi qo'shiladi.
I=I1+I2+…+In
Ularning darajalarini aniqlashda esa ayrim intensivliklarningj minimal eshitilish miqdoriga nisbati olinadi:
10 lg I =10lg( I1 + I2 +…+ In ), yoki
I0 I0 I0 I0
L=10lg(10L/10+10L/10+…+10L/10)
Bu ko’lrilgan ifodalarninig amaliy ahamiyati sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish vaqtida yaxshi bilinadi. Chunki agar korxonada o'rnatilgan bir necha shovqin manbayi bo'lgan taqdirda, ularning bir nechasining shovqini kamaytirilsa, u umumiy shovqin darajasiga hech qanday o'zgarish kiritilmasligi mumkin. Ammo ish joylarida bar xil shovqin chiqaruvchi mexanizmlar bo'lsa, unda birinchi navbatda eng kuchli shovqin chiqaruvchi sistemani kamaytirishdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Agar biror sanoat korxonasida bir xil darajada shovqin chiqaruvchi bir necha mexanizm o'rnatilgan bo'lsa, unda umumiy shovqin darajasi quyidagicha aniqlanadi:
L=Li+10 Ign
L1 —bitta mashina chiqaryotgan shovqin.
Odam qulog'i ma'lum chastotadagi tovushlami eshitish qobiliyatiga ega. Bu chastotalar 16 Gs dan 20000 Gs gacha bo'lgan diapazonni tashkil qiladi, 16 Gs dan kichik va 20000 Gs dan katta bo'lgan chastotadagi tovushlami odam qulog'i eshitmaydi va u tovushlar infra va ultra tovushlar deb ataladi.
Tovushga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilashda shovqinning o'rta geometrik chastota oraliqlari belgilangan. Bu oraliqlar quyidagicha belgilanadi.
O'rta geometrik chastota oraliqlari: 63 (45-90) (qavsda shu chastotani ifodalaydigan chegara miqdorlar berilgan), 125 (90-180), 250 (180-355), 500 (355-710), 1000 (710-1400), 2000 (1400-2800), 4000 (2800-5600), 8000 (5600-11200).
Shovqinlar GOST 12.1.003-76 ga asosan spektral va vaqt bo’yicha tavsiflariga asosan sinflarga bo’inadi
19-rasm. Tovush chegarasini belgilovchi chiziqlar.
Spektr bo'yicha shovqinlar tonal tovushlar (elektr arraning tovushi) va keng polosali (reaktiv dvigatel tovushi) bo'lishi mumkin. Vaqt bo'yicha tavsifiga esa uning, doimiyligi (8 soat davomida 5 dBA gacha o'zgarsa) va o'zgaruvchanligi (8 soat davomida 5 dBA dan ortiq o'zgarca) hisobga olinadi. O'zgaruvchan shovqinlar o'z navbatida vaqt birligida uzluksiz (impuls) bo'lishi mumkin.