Shovqin va elektromagnit ifloslanishlar


Shovqin va elektromagnit ifloslanishlarning oldini olish



Download 360,5 Kb.
bet15/16
Sana03.07.2022
Hajmi360,5 Kb.
#734638
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Shaxar va shovqin muammosi

2.3. Shovqin va elektromagnit ifloslanishlarning oldini olish.
Yuqoridagi keltirilgan shovqin va elektromagnit ifloslanishlardan himoyalanish uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va ular qo’llanilmoqda. Masalan, sanoat korxonalaridan (shovqindan) turar joylarni ma‘lum bir masofada (sanzona) qurish, uylarning panellarini maxsus tovush yutkich vositalar bilan qurish, avtomobillarga maxsus tovush yutkich (glushitel) lar o’rnatish, tovush chiqarib ishlaydigan mexanizmlarni tovush chiqarmaydigan mexanizmlar bilan almashtirish va shunga o’xshash ko’pgini ishlar amalga oshiriladi. Shovqinga qarshi kurashning asosiy usuli qo’shni xonadagi shovqin darajasini pasaytiradigan va tovush o’tkazmaydigan uskunalar o’rnatishdir. Devor va pardevorlarning tovush o’tkazmaslik xossasini oshirish yoki ularning og’irligini kamaytirish uchun oralig’ida havo tirqishi bo’lgan har xil to’siqlarni qo’llash tavsiya etiladi. Zichlovchi ashyolar sifatida yumshoq rezinalar, toshpaxta (asbest) chilvirdan, bitum shimdirilgan materiallardan, ruberoiddan foydalanish mumkin.
Shovqinni susaytirish uchun tovushni yaxshi yutadigan va bu bilan tovush to’lqinlari jadalligini pasaytiradigan tovush yutuvchi ashyolardan foydalaniladi.
Tovush energiyasini yutish printsipiga ko’ra hamma ashe va konstruktsiya 3 guruhga: g’ovakli, rezonans va donali tovush yutqichlarga bo’linadi. G’ovakli tovush yutkichlarga yog’och tolasidan, paxtadan, shisha toladan qilingan plitalar, tsementli fibralit, ftoroplast, kapron va mineral tolalardan yasalgan to’shaklar, shisha tola kiradi. Tovush yutadigan ashyolarning tovush yutish koeffitsienti ularning xossalariga, qalinligiga va joylashtirish usuliga bog’liq. Rezonans tovush yutkichlar ikkala tomoniga mato yopishtirilib, shovqin manbaidan ma‘lum masofada joylashtirilgan teshik-teshik ekrandan iborat. Ekran sifatida yog’och kipigidan va toshpaxtadan ishlangan plitalar, faner ishlatiladi.
Donali tovush yutqichlar tovush hajmiy jismlardan iborat bo’lib, ular xonaga bir-biridan 1500-2000 mm oraliqda osib qo’yiladi. Ular asosan serg’ovak ashyolardan tayyorlanadi. Donali tovush yutkichlarning afzalligi shundaki, ularni shovqin manbaining yonginasiga o’rnatish mumkin. Ishchini shovqinning to’g’ridan-to’g’ri ta‘siridan himoyalaydigan ekranlar shovqinning yuqori chastotali tarkibiy qismlarini pasaytiradi. Tovush soyasi yuzaga kelishi natijasida ekran ortida shovqin pasayadi. Bu soya tovush to’lqini uzunligining ekranning kundalang ulchamiga nisbatiga bog’liq. Agar texnik usullar bilan shovqinning sanitariya me‘yoriga qadar pasaytirib bo’lmasa, u holda shovqindan yakka tartibda himoyalash vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday vositalarga quloq tikmalari, quloq qopqoqlar, shlyomlar kiradi. Quloq tikmalar juda ingichka toladan qilingan, ba‘zan mum va parafin aralashmasi shimdirilgan, quloqqa tiqib qo’yiladigan paxta yoki doka bo’lagidir. Konus shaklidagi qattiq (ebonit, rezina) tikmalar ham bo’ladi (shovqinni 5-20 DB ga pasaytiradi).
Tovush quvvati 120 DB dan yuqori bo’lgan shovqindan himoyalanish uchun shlyomlardan foydalaniladi.
Elektromagnit maydon ta‘siridan himoyalanishda ham maxsus himoya zonasi mavjud bo’lib, unga qattiq rioya qilinadi. Masalan, quvvati katta bo’lgan qisqa to’lqinli radiostantsiya turar joylardan uzoq quriladi.
Maxsus himoya zonasi ikkiga bo’linadi: qattiq rejimli va foydalanish chegaralangan zonalarga bo’linadi. Qattiq rejimli zona faqat radiostantsiyalarga taaluqli bo’lib, uning ta‘sir doirasida kuchlanish 20 v/m dan oshmasligi kerak. Bu zona quriqxonada ham o’rab qo’yiladi. Foydalanish chegaralangan zonada esa kuchlanish 20 v/m dan kam bo’lishi kerak. Qattiq rejimli zonaning kengligi 50-100 m, chegaralangan zona kengligi esa 500-600 m bo’ladi. Qattiq rejimli zona hududida binolar qurish taqiqlanadi.
4. Titrash, ultratovush va infratovushlardan himoyalanish.
Texnologik uskunaning ashyoviy sig’imi kamaytirilgani holda uning tezligini oshirilganda ularning titrashi kuchayadi. Titrash (vibratsiya) tebranishlar chastotasi, titrlashdagi siljish amplitudasi va titrash tezligi bilan ifodalanadi. Uzoq vaqt mobaynida titrash ta‘sirida bo’lish yomon ta‘sir e‘tibgina qolmasdan, balki og’ir kasbiy – titrash kasalligiga olib keladi. Inson organizmiga ta‘sir ko’rsatish tarziga ko’ra titrashlar mahalliy va umumiy bo’ladi.
Titrashdan himoyalanish uchun amortizatorlar va yakka tartibda himoyalash vositalar sifatida qo’lqop hamda poyabzal qo’llaniladi. Amartizatorlar sifatida kigiz, rezina, po’lat prujinali titrov kamaytirgichlar vash u kabilardan foydalaniladi.
Binolarning tarkibiy qismlariga motorlar, mashinalarning titrashini kamaytirish maqsadida poydevorlarining ostiga rezinalardan, polivinil smolalardan tayyorlangan, shisha tola bilan kuchaytirilgan qistirmalar qo’yiladi.
Titraydigan mashina va asboblar bilan ishlaydigan ishchilarni xizmat vaqtidan tashqari ishlatish man etiladi. 16 yoshga to’lmagan yoshlar, xomilador ayollar, oshqozoni og’riydigan va qon bosimi bor kishilarga bunday uskunalarda ishlash man etiladi.
Ultratovush muhit 11200 dan 109 Gts gacha doirada mexanik tarzda tebranmada yuzaga keladi. Sanoatda detallarni tozalash va yog’sizlantirish, metallarga mexanik ishlov berish uchun 18000-30000 Gts chastotali ultratovush tebranishlari keng qo’llaniladi. Ultratovush odamga havo muhiti orqali, shuningdek, suyuq muhit va qattiq jismlar orqali ta‘sir qiladi. Ultratovushli qurilmalarda ishlaydigan ishchilarning boshi og’riydi, tez charchaydi, yaxshi uxlay olmaydi, Ko’zi xiralashadi, og’zi qurib qolaveradi, qorni og’riydi, ishtaxasi bo’lmaydi, tanasi va terisining harorati ko’tariladi, yurak urushi susayadi, qon bosimi pasayadi hamda termoregulyatsiyasi pasayadi. Ultratovush bilan ishlayotganda yakka tartibdagi himoya vositalari sifatida shovqin so’ndirgichlar va maxsus qo’lqoplardan foydalanish lozim.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishda va transportda infratovush chastotali tovush keng tarqalgan. U katta ventilyator, ichki yonuv dvigatellari ishlayotganida paydo bo’ladi.


Xulosa
Hozirgi kunda qulay va so’nggi yutuqlardan yaratilgan texnikalardan foydalanish yoshlar uchun urf bo’lgan. Lekin qurilma qanchalik ko’p funksiyalarni o’z ichiga qamrab olgan bo’lsa, shunchalik o’zidan ko’p elektromagnit to’lqinlarini kuchliroq chiqaradi.
Tebranishlarni o‘rganishda biz aytgan edikki, fizikaviy tabiatiga qarab tebranishlar ikkiga, ya’ni mexanik va elektromagnit tebranishlarga bo‘linadi.
Elektromagnit tebranishlar deb zaryadlar, toklar, elektr va magnit maydonlari kuchlanganliklarining o‘zaro bog‘liq davriy o‘zgarishiga aytiladi.
Shunga o‘xshash jarayonlar tebranish konturi deb ataluvchi sistemada elektr tebranishlari hosil bo‘lganda ro‘y beradi.
Demak elektromagnit hodisa va tebranishlar kuchili bo’lganda organizmga ta’sir ham shuncha kuchli bo’ladi. Men ushbu mustaqil ishimda ana shu organizmga salbiy ta’sir etuvchi elektromagnit maydon haqida uning ziyonli tomonlari haqida yoritishga harakat qildim.
Tengdoshlarim va yosh avlodga uni tushuntirish umidida bilim va malakalarimni oshirdim. Keyingi ta’limdagi faoliyatim davomida bu bilimlarim tayanch vazifasini o’taydi degan umiddaman.



Download 360,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish